Respublika ta'lim markazi “umumiy o‘rta ta'lim maktablari uchun
b) Funksional gruppalarni biror modda bilan bogʻlab eritma muhitini oʻzgartirish
Download 6.01 Mb.
|
kimyo tavsiya to\'liq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlar
b) Funksional gruppalarni biror modda bilan bogʻlab eritma muhitini oʻzgartirish:
Probirkaga 1 ml glikokol eritmasidan quyib unga fenolftaleindan 1 tomchi qoʻshing va eritma qizil rangga boʻyalguncha natriy ishqoridan tomchilatib qoʻshing. Soʻngra 1 ml formalin qoʻshing. Aminogruppaning formaldegidga bogʻlanishi natijasida eritma kislotali boʻlib indikatorni rangsizlantiradi. Reaksiyani ifodalovchi tenglamasini yozing. Topshiriqlar: 1. Glikokol eritmasiga fenolftalein qoʻshilganda eritma qizil rangga boʻyalguncha qancha ml natriy ishqoridan foydalanildi? 2. Eritmaga formalin ta’sir ettirilganda indikatorni rangsizlantirish sabablarini tushintiring. d) Aminokislotalar tuzlarini olinishi: Probirkaga glikokolning eritmasidan tahminan 1 ml quying. Unga mis sulfat eritmasidan tomchilatib qoʻshing. Misning eruvchan kompleks tuzi hosil boʻlganligidan suyuqlik och koʻk rangga boʻyaladi. Agar, laboratoriya xonasida kumush nitratning 1%li eritmasi boʻlsa ushbu tajribani shu tuz bilan bajarib kumushli glikokol tuzining choʻkmasini hosil qilish mumkin. e) Glikokolga nitrit kislotaning taʻsiri: Toza probirkaga glikokolning eritmasidan 0,5 ml yangi tayyorlangan natriy nitrit eritmasidan 0,5 ml va xlorid kislotaning eritmasidan 0,5 ml solib chayqating. Bunda gaz puffakchalari chiqishini kuzating. Bu reaksiya 2 bosqichda borishini inobatga olib reaksiya tenglamasini yozing. Ajralayotgan gaz erkin azot gazidir. Eslatma: Agar, ajralib chiqayotgan azot hajmini oʻlchash imkoni boʻlsa ushbu reaksiyadan foydalanib aminokislotalar va oqsillardagi aminogruppalarni miqdorini aniqlash mumkin. OQSILLAR Peptid deb, oqsillarning asosini tashkil etuvchi ikki yoki undan ortiq aminokislotalarni polikondensatlanishidan hosil bo'lgan moddalar deb qarash mumkin. Ular ikki aminokislota qoldig‘idan tashkil topgan bo‘lsa – dipeptid, uchtadan – tripeptid va hokazo deyiladi. Har qanday peptidlarni molekulalari uzun zanjiridan tashkil topib, ikki uchga ega, birinchi uchi amino gruppa – NH2 hisobiga azot bilan tugaydi, ikkinchi uchi esa karboksil esa – COOH hisobiga uglerod – C bilan tugaydi. Oqsillar α-aminokislotalarning qoldiqlaridan tashkil topgan yuqori molekular murakkab organik birikmalardir. Aminokislotalar soni 100 tagacha boʻlgan yuqori molekular birikmalar peptidlar (10 gacha boʻlganlari oligopeptid, undan yuqorilari polipeptid) 100 dan ortiqlarini shartli ravishda oqsillar deb atash qabul qilingan. Download 6.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling