Respublika ta'lim markazi “umumiy o‘rta ta'lim maktablari uchun


Download 6.01 Mb.
bet35/46
Sana23.10.2023
Hajmi6.01 Mb.
#1716734
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46
Bog'liq
kimyo tavsiya to\'liq

Tabiatda tarqalishi. Oqsillar oʻsimlik protoplazmasining asosini tashkil etadi. Ular hayvonlarning qoni, suti, muskul va togʻayi tarkibida boʻlib muhim hayotiy roʻl oʻynaydi. Oqsillar soch, tirnoq, teri, pat, jun, ipak tarkibiga ham kiradi. Shuningdek, tuxumning asosiy qismini tashkil etadi.
Hayvon va oʻsimliklar aʻzolarida oqsillar turli funksiyalarni bajaradi. Koʻpchilik gormonlar, enzimlar, fermentlar, antibiotiklar va toksinlar oqsil moddalardan tashkil topgan. Koʻp hollarda oqsillar hayvon hujayralari qobigʻini hosil qiladi va modda almashish jarayonida hujayralarning oʻsishida muhim rol oʻynaydi.
Sinflanishi. Oqsillar kimyoviy tarkibiga koʻra oddiy va murakkaboqsillargaboʻlinadi.
Oddiy oqsillar yoki proteinlargatoʻliq gidrolizlanganda faqat aminokislotalar hosil boʻluvchi oqsillar kiradi. Ular oqsillar orasida koʻpchilikni tashkil etadi.
Murakkab oqsillaryoki proteidlargagidrolizlanganda aminokislotalardan tashqari oqsil boʻlmagan tabiatga ega moddalar (uglevodlar, fosfat kislota, nuklein kislota va b.) ham hosil boʻladigan oqsillar kiradi.
Oqsillarning umumiy xossalari. Oqsillarning biologik faolligi ularning molekulasi fazoviy tuzilishi va kimyoviy tuzilishiga bogʻliq boʻladi. Oqsillar turli fizik xossalarga ega: baʻzilari suvda kolloid eritma hosil qilib eriydi (tuxum oqsili), baʻzilari tuzlarning suyultirilgan eritmalarida eriydi, uchinchilari umuman erimaydi (teri toʻqimalarining oqsillari).
Oqsillar denaturatsiyasi - bu oqsillar konfiguratsiyasining (ikkilamchi va uchlamchi strukturalarining) qizdirish, radiatsiya, kuchli kislota, ishqorlar, ogʻir metallar tuzlari, kuchli silkitish taʻsirida buzilishidir. Oqsillar denaturatsiyasida fazoviy tuzilish buzilishi (vodorod, tuz, efir, polisulfid bogʻlarining buzilishi) natijasida oqsillarning biologik faolligi ham yoʻqoladi.
Oqsillarga sifat reaksiyasi. Oqsillarga sifat reaksiyalaridan biri biuret reaksiyasi hisoblanadi. Biuret reaksiyasi: ishqoriy muhitda mis (II) sulfatning eritmasi binafsha rangga boʻyaladi. Biuret reaksiyasi —CO—NH— bogʻlar yoki peptid bogʻlar uchun xos reaksiyadir. Masalan, dipeptid — koʻk, tripeptid binafsha, yuqori peptidlar esa qizil rang beradi.

Download 6.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling