Respublika ta'lim markazi “umumiy o‘rta ta'lim maktablari uchun
Download 6.01 Mb.
|
kimyo tavsiya to\'liq
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-tajriba. Biuret reaksiyasi
- 2-tajriba. Ksantoprotein reaksiyasi
Kerakli reaktivlar: tuxum oqining suvli eritmasi, 10% natriy gidroksid(NaOH), eritmasi 30% natriy gidroksid eritmasi (NaOH), 1% mis sulfat eritmasi (CuSO4), 1% qo'rg'oshin asetat eritmasi (CH3-COO)2Pb, konsentrlangan nitrat kislotasi (HNO3), ningidrin(C9H6O4)ning 0,5% eritmasi
1-tajriba. Biuret reaksiyasi Ishqoriy muhitda oqsillar, shuningdek ularning gidroliz mahsulotlari - peptidlar mis tuzlari bilan binafsha yoki qizil - binafsha rang beradi. Reaksiya oqsillarda peptid bogʻlari borligidan kelib chiqadi. Rangning intensivligi polipeptid uzunligiga bog'liq. Jarayon: 1. Bitta tovuq tuxumini oqini sarig'idan ajratib oling. 2. Ajratilgan oqsilni 15-20 barobar ko'p distillangan suvda eritib oling. 3. Olingan aralashmani shisha tayoq bilan yaxshilab aralashtiring. 4. Keyin hosil boʻlgan eritmani 3-4 qatlam qilib oʻralgan filtr qogʻoz orqali filtrlang. 5. Tomizgich yordamida probirkaga 5 tomchi tuxum oqi eritmasini quying. 6. Keyin ustiga 10 tomchi 10% ishqor (NaOH) eritmasidan qoʻshing. 7. Aralashmani aralashtiring va ustiga 1-2 tomchi mis (II) sulfat eritmasi (CuSO4) dan qo'shing. 8. Qizil-binafsha rang paydo boʻladi, bu peptidlar mavjudligini koʻrsatadi. Xulosa: Biuret reaksiyasi oqsil molekulasidagi peptid bogʻlarini aniqlash imkonini beradi. Nazorat savoli: Oqsillar deb nimaga aytiladi? 2-tajriba. Ksantoprotein reaksiyasi Reaksiya ba'zi aromatik aminokislotalarga (fenilalanin, tirozin, triptofan), shuningdek ularni o'z ichiga olgan peptidlarga xosdir. Nitrat kislotasi ta'sirida sariq nitro birikma hosil bo'ladi. Bundan tashqari, nitro hosilalari gidroksidi bilan reaksiyaga kirishib, sariq-to'q sariq rangli natriy tuzini hosil qilishi mumkin. J arayon: 1. Probirkaga 5 tomchi tuxum oqsili eritmasini qoʻshing. 2. Devorning yuqori qismidan tomizgich yordamida 3-4 tomchi konsentrlangan nitrat kislota qo'shing. 3. Aralashmani suv hammomi yoki spirtli lampa yordamida sekin qizdiring. 4. Sariq cho'kma hosil bo'ladi. Eritma sovib tursin. 5. Buning uchun probirkani bir stakan sovuq suvga bir -ikki daqiqa botirib oling. 6. Sovutgandan so'ng, tomizgich yordamida devor bo'ylab probirkaga 30% NaOH eritmasidan 10 tomchi qo'shing, sariq rang to'q sariq rangga aylanadi. Xulosa: ksantoprotein reaksiyasi oqsillar tarkibida benzol xalqali aminokislotalarni aniqlash imkonini beradi. Nazorat savollari: Oqsillarni o'rganishning asoschisi kim? Download 6.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling