Respublika ta'lim markazi “umumiy o‘rta ta'lim maktablari uchun
-tajriba. Foll reaksiyasi
Download 6.01 Mb.
|
kimyo tavsiya to\'liq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foll reaksiyasi
- Ningidrin reaksiyasi Xulosa: Ningidrin reaktsiyasi a-aminokislotalarni aniqlash imkonini beradi Nazorat savollari: Denaturatsiya nima YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR
3-tajriba. Foll reaksiyasi
Tarkibida Oltingugurt boʻlgan aminokislotalar sistein va sistin qoldiqlarida ishqoriy gidroliz paytida oltingugurt ajralib, sulfidlarni hosil qiladi. Sulfidlar qoʻrgʻoshin asetat bilan oʻzaro ta'sirlashib, qora yoki jigarrang-qora qoʻrgʻoshin sulfid choʻkmasini hosil qiladi. Jarayon: 1.Tomizgich yordamida probirkaga 5 tomchi tuxum oqsilini eritmasini soling. 2. Yuqoriga 30% li ishqor eritmasidan 5 tomchi qoʻshing 3. Olingan aralashmani shisha tayoq bilan yaxshilab aralashtiring. 4. Yuqoridagi aralashmaga 2 tomchi qoʻrgʻoshin asetat eritmasini qoʻshing. 5. Olingan aralashmani spirt lampasida sekin qaynatib oling. 6. Bir muncha vaqt oʻtgach, jigarrang-qora yoki qora rang paydo boʻladi. Foll reaksiyasi Xulosa: Fol reaksiyasi tarkibida oltingugurt boʻlgan aminokislotalarni aniqlash imkonini beradi. Nazorat savollari: oqsillar tarkibiga qanday elementlar kiradi? (Uglerod, vodorod, azot, kislorod, oltingugurt) 4-tajriba. Ningidrin reaksiyasi Reaksiya a-pozitsiyasidagi amino guruhlarga xos bo'lib, oqsil molekulasida a-aminokislotalarning borligidan kelib chiqadi. Proteinni ningidrin suvli eritmasi bilan qizdirganda, aminokislotalar oksidlanib, parchalanib, karbonat angidrid, ammiak va tegishli aldegid hosil boʻladi. Qaytarilgan ningidrin ammiak va oksidlangan ningidrin molekulasi bilan quyuq binafsha-koʻk birikma hosil qiladi: Jarayon: 1. Probirkaga 5 tomchi tuxum oqsilining 1% li eritmasidan soling. 2. Ustiga 3 tomchi 0,5% li ningidrin eritmasi solib, qaynatiladi. 3. 2-3 daqiqadan soʻng pushti, qizil, keyin koʻk-binafsha rang paydo boʻladi. Proteinda a-aminokislotalarning mavjudligini koʻrsatadigan modda. Ningidrin reaksiyasi Xulosa: Ningidrin reaktsiyasi a-aminokislotalarni aniqlash imkonini beradi Nazorat savollari: Denaturatsiya nima? YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR Yuqori molekular birikmalar xossalari jihatidan past molekular birikmalardan tubdan farq qiladi. Bu hol polimer molekulalarining juda kattaligi va polidispersligi bilan tushuntiriladi. Yuqori molekular birikmalar (YMB) kelib chiqishi boʻyicha 3 ga boʻlinadi: tabiiy, sintetik va suniy. Tabiiy YMB larga oʻsimlik va hayvonot dunyosida keng tarqalgan va ularning hayoti uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan selluloza, kraxmal, oqsillar, nuklein kislota va tabiiy kauchuklar va boshqalar kiradi. Sunʻiy YMB tabiiy yuqori molekular birikmalarni kimyoviy qayta ishlash natijasida hosil qilinadi. Sintetik YMB larga sintetik-plastik massalar, kauchuklar va sintetik tolalar kiradi. Sintetik YMB tabiatda uchramaydigan kichik molekulali birikmalardan, polimerlanish va polikondensatlanish reaksiyalari asosida sintez qilib olinadi. YMB ko'pincha polimerlar (grekcha «poli» — ko'p, «meros» — qism ma'nosiga ega) ham deb ataladi. Molekulalari o'zaro kovalent bogʻlar orqali birikib, polimer hosil qiladigan quyi molekular moddalar monomerlar deyiladi. Masalan, quyidagi reaksiyada: Etilen(monomer) polietilen(polimer) Polimer molekulalani makromolekula ham deyiladi. Makromolekulada koʻp marta takrorlanadigan atomlar guruhini elementar zveno deyiladi. Polimer molekulasidagi n qiymati monomerning necha molekulasi birikib, makromolekula hosil qilishini koʻrsatadigan son boʻlib, polimerlanish darajasi deyiladi. Polimerning molekular massasi (M) uning elementar zvenosining molekular massasi (m) bilan polimerlanish darajasi (n) ning koʻpaytmasiga teng, yaniM =m*n YMB larning fizik va mexanikaviy xossalari koʻp jihatdan ularning molekular massasiga va tabiatiga bogʻliq. Molekular massaning ortib borishi bilan quyi molekular moddalar uchun xarakterli boʻlgan diffuziya, uchuvchanlik singari xossalar asta-sekin yoʻqolib, makromolekulalarning oʻziga xos (boʻkish, yuqori qovushqoqlik, qizdirilganda haydalmasdan parchalanish kabi) xususiyatlari paydo boʻladi. Download 6.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling