Oqsillarning biologik ahamiyati. Oqsillar tirik organizmlarning asosiy tarkibiy qismi boʻlib, ular barcha оʻsimlik va hayvon hujayralarining protoplazmalari va yadrolari tarkibiga kiradi. Hayot oqsillarning yashash usulidir. Hayvonlar organizmi oʻzining oqsillarini olayotgan oziqlaridagi oqsillar aminokislotalari hisobiga quradi.
Oziqda oqsil yetishmovchiligi yoki boʻlmasligi ogʻir kasalliklarga olib keladi. Oqsillarning oziq qiymati ulardagi aminokislota tarkibi, almashinmaydigan aminokislotalari bilan belgilanadi. Hayvonlar organizmiga oqsillar oʻsimlik va boshqa hayvon oziqlari bilan birga kiradi. Oshqozon va ichak fermentlari taʻsirida oqsillarning gidrolizi roʻy beradi. Bunda hosil boʻlgan aminokislotalar ichak devorlari orqali qonga soʻriladi, qon esa ularni toʻqima va hujayralarga yetkazadi. U yerda ulardan shu organizm uchun zarur boʻlgan oqsillar biosintezlanadi. Oqsillardan organizmning hujayra va toʻqimalari quriladi.
Hujayrada amalga oshadigan nozik va murakkab jarayonlar mohiyatini oʻrganish hozirgi kunning eng qiziqarli, dolzarb, muhim muammolaridandir. Bu muammoni yechish bilan ilgari faqat tirik organizmlarda roʻy berib kelgan jarayonlarni amalga oshirish imkonini bera oluvchi yangi biotexnologik jarayonlar yaratilishi mumkin.
Oqsil moddalarni oʻrganish tiriklik va hayotiy faoliyatni anglash, uni ongli ravishda boshqarish imkoniyatini beradi.
Tibbiyot uchun oqsil preparatlari: gormonlar, zardoblar, qon оʻrnini bosuvchilar ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega.
Mavzuga oid masalalarning yechimi.
1. 37,5 g massadagi nomalum aminokislotaning natriy ishqori bilan reaksiyasi natijasida 9 g suv hosil boʻlsa, shu reaksiyaga kirishgan aminokislotaning nomini aniqlang.
Masalaning yechimi:
Birinchi boʻlib masala shartida berilgan reaksiya tenglamasini yoʻzib olaylik.
Reaksiya tenglamasi asosida nomalum aminokislotaning molekulyar massasini hisoblansh uchun proportsiya tenglamasini tashkil etaylik.
Endi esa aminokislotar oʻrasidan molekulyar massasi 75 g teng boʻlgan moddani tanlaymiz. Bunday molekulyar massaga glitserin ega CH2(NH2)COOH
Do'stlaringiz bilan baham: |