Respublika ta'lim markazi “umumiy o‘rta ta'lim maktablari uchun
MAVZU: Plastmassalar va ularning xalq xo‘jaligida ishlatilishi
Download 6.01 Mb.
|
kimyo tavsiya to\'liq
- Bu sahifa navigatsiya:
- AMALIY MASHGʻULOTI. PLASTMASSALARNING XOSSALARINI TAJRIBALAR ASOSIDA OʻRGANISH.
MAVZU: Plastmassalar va ularning xalq xo‘jaligida ishlatilishi.
Amaliy mashgʻulot. Plastmassalarning xossalarini tajribalar asosida o‘rganish. Plastmassalarni aniqlashga oid tajribalar Plastmassalar (plastik massalar) deb tarkibi, asosan, polimer moddalardan iborat materiallarga aytiladi. Plastmassalar qizdirishga nisbatan o‘z holatini turlicha o‘zgartiradi. Masalan, polietilen parchasi qizdirilsa, u yumshaydi va qovushqoq-oquvchan holatga o‘tib, o‘z shaklini oson o‘zgartiradi. Lekin, u sovitilganda qotadi va unga qanday shakl berilgan bo‘lsa, o‘sha shaklni saqlab qoladi. Moddalar qizdirilganda o‘z shaklini o‘zgartirib, sovitilganda o‘sha o‘zgartirilgan shaklni saqlab qolish xossasi termoplastiklik deb ataladi. Plastmassalarning bunday termoplastiklik xossasi ularni qayta ishlashda katta ahamiyatga ega. Termoplastiklik xossaga ega bo‘lgan polimerlar termoplastik polimerlar deb, ularga polietilen, polipropilen, polistirol, poliakril efirlari va hokazolar misol bo‘ladi. Ba’zi plastmassalar qizdirilganda oldin suyuqlanadi, so‘ngra esa yumshaydigan va suyuqlanib ketmaydigan qattiq holatga o‘tadi. Polimerlarning bunday xossasi termoreaktivlik deb ataladi. Yuqori temperatura va bosimda termoreaktiv polimerlarning tarmoqlangan molekulalari o‘zaro kimyoviy reaksiyaga kirishib, fazoviy tuzilishga ega bo‘lgan polimer hosil bo‘ladi. Bu jarayon qaytmasdir, ya’ni polimerning dastlabki holati qayta tiklanmaydi. Bunday materiallar o‘zini termoplastlikligini yo‘qotadi va yanada mustahkam bo‘lib qoladi. Termoreaktiv polimerlarga fenolformaldegid va mochevina formaldegid smolalar misol bo‘ladi. Plastmassalar tarkibiga ko‘ra oddiy va kompozitsiyali bo‘lishi mumkin. Oddiy plastmassalar faqat polimer molekulalaridan tashkil topgan bo‘ladi (polietilen, polistirol, polipropilen va boshqalar). Kompozitsiyali plastmassalar ko‘p komponentli bo‘lib, ularda polimerlardan tashqari to‘ldiruvchi, plastifikatorlar, stabilizator, bo‘yoqlar va hokazolar bo‘ladi. To‘ldiruvchilar plastmassalarning qattiqligi, mexanikaviy puxtaligi, organik erituvchilar, kislota va ishqorlar singari agressiv moddalar ta’siriga barqarorligini oshirish va ularning tannarxini arzonlashtirish maqsadida qo‘shiladigan moddalardir. To‘ldiruvchilar sifatida gips, kaolin, taxta va paxta chiqindilari, shisha tolasi, qurum va boshqa arzon mahsulotlar ishlatiladi. Plastifikatorlar plastmassalarning erish temperaturasini pasaytiradigan, plastikligini oshiradigan, ulardan buyumlar tayyorlashni osonlashtiradigan moddalardir. Plastifikator sifatida ko‘pgina yuqori temperaturada qaynovchi quyi molecular suyuqliklar, ya’ni murakkab efirlar, uglevodorodlarning galoidli hosilalari ishlatiladi. Stabilizatorlar — plastmassalarning havodagi kislorod, yorug‘lik va boshqa omillar ta’sirida parchalanish va oksidlanish reaksiyalariga chidamliligini oshiradigan, ya’ni ularning boshlang‘ich fizik-mexanik ko‘rsatkichlarini saqlab qolishga yordam beradigan birikmalardir. AMALIY MASHGʻULOTI. PLASTMASSALARNING XOSSALARINI TAJRIBALAR ASOSIDA OʻRGANISH. Download 6.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling