Respublikamizda aholiga transport xizmati ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan, jamoat transporti ishini takomillashtirish masalalariga yo‘naltirilgan vazifalar ustuvor xususiyatga EGA bo‘lmoqda
I BOB. YO‘LOVCHILARNI TASHISH UMUMFOYDALANISH TRANSPORTI
Download 0.74 Mb.
|
YO‘LOVCHILARNI TASHISH UMUMFOYDALANISH TRANSPORTI (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. Avtomobil transportidagi iqtisodiy islohotlar
I BOB. YO‘LOVCHILARNI TASHISH UMUMFOYDALANISH TRANSPORTI
Tayanch so‘zlar va iboralar: transport, transport vositasi, avtobus, yo‘nalishli taksi, yengil avtomobil, tramvay, trolleybus, metro, yo‘nalish, yo‘lovchi transporti, yo‘lovchi transporti xizmati. 1.1. Avtomobil transportidagi iqtisodiy islohotlar Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda transportning ulushini oshirish borasida ba’zi imkoniyatlardan foydalanishning samaradorligi kam bo‘lsada, boshqa tomondan ustunliklar ham mavjud. Ma’lumki, suv transportining umumiy tashish tannarxi boshqa transport turlariga qaraganda arzon hisoblanadi. Lixtenshteyn va O‘zbekiston dunyodagi yagona dengiz transportiga chiqish uchun kamida ikki davlat chegarasini kesib o‘tishga majbur bo‘lgan davlatlar hisoblanadi. Bu esa, mamlakat uchun tashish xarajatlarini oshishiga olib keladi. Biroq bosqa tomondan mamlakatimiz O‘rta Osiyoning markaziy qismida joylashgan bo‘lib, Markaziy Osiyoning barcha davlatlari (shimol va shimoli-g’arbdan Qozog’iston, janubi-g’arbdan Turkmaniston, janubdan Afg’oniston, janubi-sharqdan Tojikiston va sharqdan Qirg’iziston) bilan umumiy chegaraga ega bo‘lgan yagona davlat hisoblanadi. Biz bilan qo‘shni (uzoq qo‘shni) hisoblanuvchi davlatlar o‘zaro aloqalarini rivojlantirishda transport harakatini bizning chegaralarimiz orqali o‘tkazmasligi iqtisodiy sarf-xarajatlarni oshirib yuboradi. Bundan unumli foydalanish, ya’ni, barcha qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, savdo aloqalarini mustahkamlash hisobiga eksport, import va tranzit salohiyatlarni oshirishga erishish mumkin. Markaziy Osiyo davlatlari ichida mamlakatimiz avtomobil yo‘llarining zichligi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga ega (1.1.1-rasm) [5]. Тoshkent shahrida yo‘l tarmoqlari zichligi 1 km.kv.ga 7.24 km. to‘g’ri keladi, umumqabul qilingan xalqaro me’yorga muvofiq 10 km. bo‘lishi lozim. O‘zbekistonda transport yalpi ichki mahsulotning 6,4 %ni (rivojlangan mamlakatlarda 8-12%), jami investitsiyalarning 7,4 %ni, xizmatlar bozori umumiy hajmining 29,5 %ni tashkil etadi. Uy xo‘jaliklari xarajatlarining o‘rtacha 10% transportga to‘g’ri keladi, shu bilan iqtisodiy tarmoqlarning oraliq iste’molining taxminan 10,3% va jami qo‘shilgan qiymatning 9,3% ni tashkil etadi [5]. 1.1.1-rasm. Markaziy Osiyo davlatlari avtomobil yo‘llari tarmoqlarining zichligi 2008-2018 yillar uchun sohaning qo‘shilgan qiymati ko‘rinishidagi maqsadli ko‘rsatkichi 4 022,9 dan 23 135,4 milliard so‘mgacha yoki 5,8 baravarga o‘sdi. Shu bilan birga, transportning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2018 yilda 2008 yilga nisbatan 11,5 dan 6,4 %gacha, transport sektorining asosiy kapitaliga investitsiyalar ulushi 26,4 dan 6,4 %gacha kamaydi. Yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sish sur’atlarining nisbatan yuqori bo‘lishiga qaramay, transportning (yalpi ichki mahsulotdagi) ulushi va transportga investitsiyalarning pasayish tendensiyasi davom etmoqda. I, % Yillar 1.1.2-rasm. Ichki transport infratuzilmasiga investitsiyalar hajmining mintaqalar bo‘yicha tahlili _________ – G’arbiy Yevropa davlatlari; --------- – Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari; --- · --- – Shimoliy Amerika; – – – – – – Yaponiya; –·· – Rossiya Federatsiyasi; – · – · – Avstraliya. Dunyoning turli davlatlarida transportning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni, ularga ajratiladigan investitsiyalar hajmi turlicha. 1.1.2-rasmda ichki transport infratuzilmasiga investitsiyalar hajmining mintaqalar bo‘yicha tahlili keltirilgan [23]. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling