Республикаси олий ва
Download 64.76 Kb.
|
07114fe061cf4572842b94bbb61eb5b0
KirishPrezidentimiz tomonidan 2012 yilni ―Mustahkam oila yili‖ deb e‘lon qilinishi va Davlat dasturini ishlab chiqishi mazmunida yosh avlodni jismonan sog‗lom, aqlan teran, ma‘naviy yetuk, ya‘ni xar tomonlma rivojlangan komil inson bо‗lib yetishishiga jiddiy e‘tibor qaratilgan. Bu о‗rinda alxida yordamga muxtoj bо‗lgan bolalarni sog‗lomlashtirish, ularni sog‗lom tengdoshlar qatoriga qо‗shish, ijtimoiy moddiy jixatdan qо‗llab quvvatlash, mustaqil xayotga tayyorlash barcha tengdoshlari qatorida ta‘lim tarbiya berish, korreksion pedagogik, psixologik yordamni kо‗rsatish kabi masalalar davlat dasturida alohida qayd etilgan. О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 21 yilligiga bag‗ishlangan tantanali marosimida Respublika Prezidentining tashabbusi bilan 2014 yil ―Sog‗lom bola yili ― deb nomlanishi bejiz emas. Prezidentimiz о‗z ma‘ruzalarida sog‗lom bola – sog‗lom ota-ona oilasida vujudga keladi. Sog‗lom bola tug‗ilishida onaning 9 oy davomida о‗z vujudidagi farzandini dunyoga keltirishda sog‗lom bо‗lishi, shifokorlarning ona-bola sog‗ligi haqida qayg‗urishlari, onalik va bolalikni himoya qilishlari, ish joylarida, oilada, sog‗lom muhitni yaratish kabi bir qancha vazifalarni aytib о‗tdilar. 1 Har tomonlama rivojlangan barkamol inson shaxsini shakllantirish davrimizning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Vatanimizning kelajagi bugungi yosh avlodning ilmiy saloxiyati, iste‘dodi, mustaqil fikrlashiga bevosita bog‗liqdir. Shuning uchun ham bilimdon, keng dunyoqarashga ega barkamol va ma‘naviy yetuk shaxslarni tarbiyalab yetishtirish vazifasi, davlatimiz siyosatining ustivor yо‗nalish darajasiga kо‗tarilgan. 1 О‗zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 2014 yil. 3 b. Prezidentimiz I.A. Karimov «Kelajak avlod haqida qayg‗urish, sog‗lom, barkamol insonni, uning naslini tarbiyalab yetishtirishga intilish, bizning milliy xususiyatimizdir. Bizning ustivor siyosatimiz yosh avlodni aqlan teran, ma‘nan yetuk, jismonan sog‗lom, har tomonlama rivojlangan komil, zukko inson qilib voyaga yetkazishdan iboratdir. Bugungi kunda alohida yordamga muxtoj bolalar va о‗smirlarga nisbatan g‗amxо‗rlik, ularning xuquqlarini ijtimoiy qо‗llab-quvvatlash, ta‘lim-tarbiya jarayonini bu bolalarning ehtiyojini va qobiliyatiga mos ravishda tashkil etish, sog‗lom jamiyatga tenglashtirish ishlari о‗ta dolzarb masalalardan biridir‖. О‗zbekiston Respublikasida alohida yordamga muxtoj bolalar va о‗smirlarning ta‘lim mazmunini takomillashtirish masalalariga e‘tibori davlat tomonidan ortib bormoqda. О‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ―Ta‘lim tо‗g‗risida‖gi va ―О‗zbekistonda nogironlarni ijtimoiy himoya qilish tо‗g‗risida‖gi qonunda о‗z ifodasini topadi. Alohida ta‘limga muhtoj bolalarni ilk yoshdan tashhis qilish , ta‘limga tayyorlash, psixologik, tibbiy–pedagogik yordamlarni kompleks yо‗naltirilgan holda sifatli tashkil etish, meyoriy–huquqiy hujjatlarni takomillashtirish,umumta‘lim davlat standartlarini maxsus ta‘limning barcha yо‗nalishlariga moslashtirish ishlari jadal olib borilmoqda. Xalqaro miqiyosda imkoniyati cheklangan bolalarga о‗z imkoniyat va qobilyati darajasida maxsus yoki umuta‘lim muassasalarida ta‘lim berish, sog‗lom tengdoshlari orasida integratsiyalash tajribalari О‗zbekistonda ham keng targ‗ibot qilib kelinmoqda. Nutq faqat inson uchun xos bо‗lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidar. Nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir birlariga ta‘sir etadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi. Til – bu fonetik, leksik va gramatik vositalar sistemasidir. Gapiruvchi о‗z fikrini bayon etish uchun zarur bо‗lgan sо‗zlarni tanlaydi, ularni til grammatikasi qoidalariga asoslanib bog‗laydi va nutq a‘zolari artikulyatsiyasi orqali talaffuz etadi. Odam nutqi tushunarli va ma‘noli bо‗lishi uchun nutq a‘zolarining xarakatlari aniq va tо‗g‗ri bо‗lishi kerak. Nutqdagi asosiy funksiyalarning buzilishi kishi faoliyatiga albatta sal‘biy ta‘sir kо‗rsatadi, uning faolligini pasaytiradi, og‗ir ruxiy kechinmalar kelib chiqishiga sabab bо‗ladi. Masalan, ayrim sо‗zlarning notо‗g‗ri talaffuz etilishi kishini noqulay vaziyatga solib qо‗yishi bilan birga uni atrofdagilar bilan muomala qilishda qiynab qо‗yadi, u gapirganda о‗z fikrini tо‗la anglata olmaydi Olimlar nutq nuqsonini rivojlanmasligini turli aspektlarda tekshirib tadqiqot ishlarini olib borishgan. Gapirmaydigan bolalarga tashxis qо‗yish va ular bilan korreksion ish olib borishni tо‗g‗ri yо‗nalishini aniqlab beradi. L.S.Vigotskiy tomonidan bolaning psixik va rivojlanishida ta‘lim va tarbiyaning yetakchi roli haqidagi fikr ilgari surilgan. Ayni vaqtda neyrofizalogik tadqiqotlar tufayli bu fikr rivojlandi va tasdiqlandi. Bola miyasiga qanchalik kо‗p doimiy va xilma xil axborotlar oqimi kelsa, markaziy nerv tizimining funksional va anatomik jihatdan yetilishi shunchalik tez sodir bо‗ladi. Alohida funksional tizimlar rivojlanishini tezlashtirish imkoniyati muammosi xali tо‗liq о‗rganilmagan. Biroq, kelayotgan axborat oqimi bolaning yoshi, jismoniy va psixik xolatiga mos ravishda bо‗lishini hisobga olish lozim, chunki xar qanday ortiqcha yuklashlar markaziy nerv tizimi xolatiga salbiy ta‘sir kо‗rsatish mumkin. Klinik va psixolgo-pedagogik tekishirishlar, bu gurux bolalarida bilish faoliyatining xarakterli kamchiliklari mavjudligini kо‗rsatdi. Bunday bolalarninig oliy psixik faoliyatlarini tekshirish jarayoni, ularda alohida gnozis, praksis kо‗rinishlarining о‗choqli yetishmovchili mavjudligini kо‗rsatdi. Bu neyropsixologik va elektro ensefalografik tarqiqotlarda tasdiqlangan. Xususan, geometrik shakllardan nusxa olishdagi, rasm chizishdagi о‗ziga xos qiyinchiliklar, kо‗ruv-fazoviy gnozisning shakllanmaganligini kо‗rsatadi. Bu guruxdagi kо‗pgina bolalar umumiy motor kamchiligi bilan farq qiladilar, ular bir harakat turidan ikkinchisiga qiyinchilik bilan о‗tadilar. U yoki bu harakatli vazifalarni avtomatik tarzda bajara olmaydilar va hattoki oddiy ritmlarni ham amalga oshirolmaydilar. Umumiy va oral praksisning buzilishi, bunday bolalr uchun xarakterdidir. Kо‗rsatilgan buzilishlar odatda fonematik idorok buzilishi bilan uyg‗unlashadi. Bunday bolalarda µissiy-irodaviy soµaning shakllanmaganligi aqliy ish qobiliyatining pastligi, µissiy labillik, goµida µarakat qо‗zg‗aluvchanligi, yuqori affektiv qо‗zg‗alish, kо‗pincha telbanamo qiliqlar va eyforiya turi bо‗yicha kо‗tarinki kayfiyat ustunligi holati bilan birgalikda namoyon bо‗ladi. Ularning ayrimlari uchun aksincha, yuqori darajadagi tormozlanganlik, ishonchsizlik, sustlik, mustaqil emaslik xarakterlidir. Bu bolalr odatda lanj, tashshabbussiz, kam harakat bо‗ladilar. Ularning faoliyati samarasiz xarakterga egadir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutqning tо‗liq rivojlanmasligi masalasi yuzasidan R.YE. Levina, V.K.Orfinskaya, S.A.Kovshikov va boshqalar nutq rivojlanishini turli yо‗nalishlarda aniqlab korreksion ishlar olib borish usullarini kо‗rsatganlar. N.N.Traugott nutqni rivojlantirishni tashkil etish; R.YE. Levina ―Gapirmaydigan bolalar nutqini о‗rganish‖; G.I. Jarenkova esa ―Nutqning tо‗liq rivojlanmasligida grammatik tushunchalarning egallashdagi qiyinchiliklarni aniqlaganlar. Nutqning tо‗liq rivojlanmasligi muammosi yuzasidan. О‗zbekiston Respublikasida L.R. Mо‗minova ―Maktabgacha tarbiya yoshidagi nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalarda korreksion- pedagok ishlar sistemasini ishlab chiqqanlar(1991y); ―Nutqning fonetik va fonematik tomonidan buzilishi va uni bartaraf etish yо‗llari‖ yuzasidan M.Y. Ayupova (1992y); ―Nutqning rivojlanmasligini sabablarini ikki tillilik blingivizm‖ natijasi ekanligini о‗z tadqiqotlarida YE.A.Babayeva kо‗rsatib bergan. 1991 yilda I.G.Veretennikova «Tovushlar talaffuzini buzilishi» natijasida grammatik komponentlarini rivojlanmaganligini va kamchiliklarni korreksion ish yо‗llarini olib borilishi haqida ilmiy izlanishlar olib borganlar. X.M.Pо‗latova (1994) о‗z tadqiqot ishlarida ―Nutqning tо‗liq rivojlanmasligining sababini lug‗at boyligini rivojlanmasligini aniqlab lug‗at faoliyatini faollashtirish usullari‖ ni asoslab berganlar. Psixologiya fanida olimlar bilish faoliyatini о‗rganishga xissa qо‗shganlar. «Maxsus psixologiya» fanida Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar bilish faoliyati keng о‗rganilmagan va tadqiqot ishlari olib borilmagan. Maxsus adabiyotlarni yetarli darajada emasligi tadqiqot mavzuimizning dolzarbligini bildiradi. Download 64.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling