Республикаси олий ва


Nutqi tо„liq rivojlanmagan bolalar nutq faoliyatining о„ziga xos


Download 64.76 Kb.
bet5/15
Sana30.04.2023
Hajmi64.76 Kb.
#1407720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
07114fe061cf4572842b94bbb61eb5b0

Nutqi tо„liq rivojlanmagan bolalar nutq faoliyatining о„ziga xos


xususiyatlari
Nutqning tо‗liq rivojlanmaganligi muammosini ilk bor nazariy jihatdan R.YE.Levina asoslab bergan. Nutqning tо‗liq rivojlanmaganligi deb, intellekti normada bо‗lgan nutqning fonetik-fonematik, leksik-grammatik tomondan rivojlanmaganligiga aytiladi. Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalarda tovushlar talaffuzi va ularni eshitib farqlash u yoki bu darajada buzilgan bо‗ladi, morfemalar sistemasini о‗zlashtirish kо‗nikmalari yaxshi egallanmaydi. Lug‗at boyligi yosh normasidan ham miqdor ham sifat kо‗rsatkichlari bо‗yicha orqada qoladi; bog‗lanishli nutq yetarlicha rivojlanmaydi. (V.K.Vorobyeva, B.M.Grinshpun, V.P.Gluxova, R.YE.Levina, G.B.Filicheva, G.V.Chirkina).(8)
Nutqning tо‗liq rivojlanmaganligi bolalarda nutqiy potologiyaning tobora murakkab shakllari: alaliya, afaziya, shuningdek, rinolaliya, dizartriya, duduqlanish xollarda - qachonki bir paytning о‗zida lug‗at boyligi yetishmasligi, nutqning grammatik kо‗rilishi va fonetik-fonematik rivojlanishida nuqsonlar aniqlanganida kuzatiladi. Bunday bolalarning nutqiy tajribasi cheklangan, til vositalari takomillashmagan bо‗ladi. Nutqiy muloqotga ehtiyoj yetarlicha qondirilmaydi. Sо‗zlashuv nutqi, qashshoq, kam sо‗zli ma‘lum vaziyat bilan uzviy bog‗liq va shu vaziyatdan tashqarida tushunchalarsiz bо‗lib qoladi. Bog‗lanishli monologik nutq mavjud bо‗lmaydi yo katta qiyinchilik bilan rivojlanadi va sifat jihatdan о‗ziga xosligi bilan xarakterlanadi. Nuqson tabiatining turlari har xil bо‗lishiga qaramay bunday bolalarda nutqiy faoliyat tizimining buzilishini kо‗rsatuvchi bir xil belgilar mavjud bо‗ladi. Eng asosiy belgilardan biri nutqni ancha kech shakllanishi hisoblanadi; birinchi sо‗zlar 3-4 yoshda, ba‘zan esa, 5 yoshda paydo bо‗ladi. Nutqning grammatikasi buzilgan va fonetik tuzilishi aniq emas. Birinchi qarashda unga aytilgan gapni tushunish deyarli yaxshi hisoblanganida mazmunli (ekspressiv) nutqning ortda qolishi ancha aniq kо‗rsatkich hisoblanadi. Bunday bolalarning nutqi tushunarli emas.
Nutqiy faollik yetarli emasligi kuzatiladi, yoshi ulg‗ayib borgan sari unga maxsus
ta‘lim berilmasa, keskin pasayib ketadi. Biroq bolalar о‗z nuqsoniga ancha tanqidiy qaraydilar. Nuqsonli nutqiy faoliyat bolalarda sensorli, intellektual va affektiv irodaviy sohalari shakllanishiga salbiy ta‘sir kо‗rsatadi. Diqqat-e‘tiborning yetarli darajada mustahkam emasligi, uning boshqarish imkoniyatlari cheklanganligi kuzatiladi. Bolalarda ma‘noli, mantiqiy xotirasi nisbatan saqlanib qolgan bо‗lsa ham, ularning verbal xotirasi pasaygan eslab qolish maxsuldorligi zararlangan bо‗ladi, ular murakkab kо‗rsatmalarni, topshiriqlarning ketma-ketlik tartibini va elementlarini esdan chiqarib qо‗yadilar. Juda ham bо‗sh bolalarda esga olish faolligi past bо‗lishi, idrok etish faoliyatining rivojlanish imkoniyatlarini cheklanganligi bilan tо‗ldiriladi. Nutqiy buzilish va psixik rivojlanishning boshqa tomonlari о‗rtasidagi bog‗liqliq tafakkurning о‗ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Bolalar о‗z yoshiga mos fikrlash operatsiyalarini egallab olishni umumiy tо‗la shart-sharoitlarga ega bо‗lib turib, ularda sо‗z mantiqiy tafakkur rivojlanishi ortda qoladi va bunday bolalar maxsus о‗qitishsiz analiz-sintez, taqqoslash va umumlashtirishni egallashda qiyinchilikka duch keladilar. Umumiy jismoniy xolsizlanish va logomotor (harakatlanish) vazifalari sust rivojlanishi bilan birga harakatlarining rivojlanishida ba‘zi bir ortda qolishlar ham ularga xosdir. Bular harakatni boshqarish yomonligi, meyorli harakatlarni bajarishda ishoncheizligi, bajarish tezligi va chaqqonligining pasayishi bilan ifoda etiladi. Eng katta qiyinchiliklar sо‗z kо‗rsatmalari bо‗yicha harakatlarni bajarishda aniqlanadi. Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar normal rivojlangan bolalardan topshiriqni bajarishda masofa vaqt, tafakkur kо‗rsatkichlarida ortda qoladilar, xarakatlar ketma-ketlik tartibini buzib, uni tashkil etuvchi qismlarni qoldirib ketadilar. Masalan: tо‗pni qо‗ldan-qо‗lga yumalatish, uni katta bо‗lmagan masofadan uzatish, qо‗lni almashtirib tо‗pni yerga urish, chap va ung oyog‗ida sakrash, musiqa eshitib ritmik xarakatlar bajarish.
Nonutqiy jarayonlarni tо‗g‗ri baxolash nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar atinik
rivojlanishi qonuniyatlarini aniqlash va shu bilan birga ularning о‗rnini tо‗ldirishi imkoniyatlarini aniqlash uchun zarurdir. Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalarni shunga
о‗xshash - nutqiy rivojlanishi orqada qolgan bolalardan farq qilishi kerak. Shuni nazarda tutish kerakki, nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalarda odatiy muddatlarda kundalik sо‗zlashni nutqini tushunish, atrof-muhitga bо‗lgan hissiy tanlash munosabati rivojlanadi. Nutqiy va ruhiy rivojlanish о‗rtasidagi aloqaning yо‗qolishi diagnostik belgilardan biri bо‗lib xizmat qilishi mumkin.
Bu belgi bunday bolalarning ruhiy rivojlanishi odatda nutqiy rivojlanishdan kо‗ra ancha о‗tib borishda namoyon bо‗ladi. Ularni ajratib turadigan narsa nutqiy kamchiliklarga tanqidiy qarashlaridir. Nutqning boshlang‗ich patologiyasi nutqiy intellekti meyordagidek ishlashga halaqit qilib, ma‘lum darajada saqlanib qolgan akliy qobiliyatlari shakllanishini orqaga tortadi. Ammo sо‗zlashuv nutqi yuzaga kelish va xususan nutqiy qiyinchiliklar yо‗qolib borishi bilan ularning intellektual rivojlanishi normaga yaqinlashadi. Nutqi tо‗liq rivojlanmaganlikni nutqiy rivojlanishini orqada qolishi kabi kо‗rinishlardan farq qilish uchun analizni chuqur о‗rgatib chiqish va bolaning nutqiy kо‗nikmalarini tahlil qilib chiqish kerak bо‗ladi. Anamnezda kо‗p hollarda markaziy nerv sistemasida katta buzilishlar haqidagi ma‘lumotlar berilmaydi, bu esa motorli vazifalarda, ruhiy ta‘mirlanishlarida va umuman xulqida katta saqlanish ta‘minlaydi. Faqatgina yengil tug‗ma jarohati mavjudligi, bolaning ilk davridagi davomli somatik kasalliklar mavjud bо‗ladi: noqulay nutqiy muhit ta‘siri tarbiyadagi xatoliklar, muloqotning yetishmasligi va nutqiy rivojlanishi normal borishni sekinlashtiruvchi omillar qatoriga kiritishi mumkin. Bunday xollarda, eng avval, nutqiy kamchilikni qaytarish dinamikasi о‗ziga diqqatini qaratadi.
Nutqiy rivojlanishi ortda qolgan bolalarda nutqiy xatolar nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalarga nisbatan tasodifiy hisoblanadi. Bunday bolalarda nutqiy kо‗nikmalar hajmi normasi ortda qoladi, ularga о‗zidan kichik bо‗lgan bolalarga xos xatoliklarga yо‗l qо‗yish odatdir. Yosh normativlardan ma‘lum darajadagi cheklanishlarga (xususan, tovushlar doirasidan) qaramay, bolalar nutqi uning
kommunikativ vazifalarni ta‘minlaydi, ba‘zi xollarda esa aytarli tо‗la xulqning
boshqaruvchisi hisoblanadi. Ularda о‗z-о‗zidan (spontan) rivojlanishga intilish, ishlab chiqilgan nutqiy kо‗nikmalardan erkin munosabatlarda foydalanish ancha aniq ifoda etiladi, bu esa nutqiy kamchiliklarni maktabga chiqqunga qadar tо‗ldirib turish imkonini beradi.
R.YE.Levina о‗zining tadqiqot ishlarida alohida nutqiy kamchiliklarning kо‗rinishini ifodalash va til vositalari xolatini hamda kommunikativ jarayonlarini aks ettiruvchi bir qator kо‗rsatmalar bо‗yicha bolaning anomal rivojlanish xolatini tasavvur etishdan ilgari surilishiga imkon beruvchi materiallarni ishlab chiqdi. Anomal nutqiy rivojlanishni bosqichma-bosqich dinamik tuzilishni о‗rganish asosida past darajadagi rivojlanishdan yanada yuqoriga о‗tishni belgilovchi о‗ziga xos qonuniyatlar ham ochib berildi. Har bir daraja о‗sha bog‗liq nutq komponentlarini shakllanishni orqaga tortuvchi birlamchi va ikkilamchi nuqsonlarning namoyon bо‗lishi ma‘lum nisbatlari bilan xarakterlanadi. Bir darajadan ikkinchi darajaga о‗tish yangi til imkoniyatlarini paydo bо‗lishi, nutqiy faollikning oshishi, nutqning sabablilik asoslarini о‗zgarishi va unga predmet-ma‘noli mazmunini о‗sishi tо‗ldiruvchi imkoniyatlarini shakllanishi bilan aniqlanadi. Bolaning individual siljishi tempi birlamchi nuqsonning birligi va uning kо‗rinishi bilan belgilanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni buyumlarning shakli, katta-kichikligi va rangi bilan tanishtirish hamda ularda bu xossalarni tо‗g‗ri idrok qilish kо‗nikmalarini rivojlantirish masalasi sensor tarbiya sohasiga kiradi. Bu tarbiya qanchalik tо‗g‗ri xal qilinsa, bolalarning faqat aqliy tarbiyasigina emas, balki estetik, jismoniy va xatto ahloqiy tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli bо‗ladi. YA‘ni bola umuman samarali rivojlanib boradi.
Nutqning tо‗liq rivojlanmaganligini R.YE.Levina uch daraja bilan belgilaydi: nutqiy aloqa vositalarning umuman yо‗q bо‗lishidan to fonetik-fonematik va leksik- grammatik jihatdan rivojlanmaganlik elementlariga ega bо‗lgan mukammal nutq buzilishigacha.


20
Nutq tо‗liq rivojlanmaganlikning 1-darajasi nutqning bо‗lmasligi bilan xarakterlanadi. Bunday bolalar nutqsiz bolalardir.4-6 yoshdagi bunday bolalarning lug‗at boyligi kambag‗al, noaniq bо‗ladi.Nutqiy tovushga taqlid qilish, tovushlar kompleksi bilan chegaralangan bо‗ladi.Narsa va hodisalarning farq qilmagan holda ifodalash, sо‗zlarning kо‗p ma‘noga ega bо‗lishi xarakterli xususiyat hisoblanadi: ―tu tu‖ mashina paravoz, samolyot, qayiq; ―taq‖- yiqildi, tushirib yubordi,sindirdi,buzdi. Bu bolalarning passiv lug‗ati aktiv lug‗atiga nisbatan ancha boyroq lekin nutqni tushunish pasaygan bо‗ladi, ular kо‗p sо‗zlarning ma‘nosini tushunmaydilar. Tovushlar talaffuzida turg‗unlik bо‗lmaydi, tovushlar bir biri bilan almashtiriladi, fonematik о‗quv buzilgan bо‗ladi. Nutq tо‗liq rivojlanmaganligining bu darajasiga ega bо‗lgan bolalar uchun tovushlar analizi bо‗yicha berilgan topshiriqlar tushunarsiz bо‗ladi.
Nutq tо‗liq rivojlanmaganlikning 2-darajasi dastlabki keng qо‗llaniladigan odatdagi bо‗lishi bilan harakterlanadi.Bolalar oddiy jumlalardan foydalana biladilar, ma‘lum lug‗at boyligiga ega bо‗ladilar. Ular narsalar, hodisalar, alohida belgilar nomini ajrata oladilar. Lekin bunday bolalarda nutqning qо‗pol darajada rivojlanmaganligi yaqqol ifodalangan bо‗ladi. Ular ikki-uch sо‗zdan iborat gaplardan foydalanadilar. Lug‗at boyligi shu yoshga mos keladigan normadan kam bо‗ladi. Umumlashtiruvchi sо‗zlarni bilmaslik kuzatiladi. Harakat, belgisini bildiruvchi sо‗zlardan foydalanishda qiyinchiliklar kuzatiladi, predmet nomini va boshqa belgilarni bilmaydilar. Kelishik formalarini chalkashtiradilar, fe‘l sonini ot soniga moslashtira olmaydilar.
Nutqning fonetik tomoni shu yoshga mos keluvchi normadan orqada qoladi. Shunday kamchilikka ega bо‗lgan bolalar bо‗g‗inlar о‗rnini almashtiradilar, undoshlar ketma- ket keladigan tovushni qisqartiradilar.
Nutq tо‗liq rivojlanmaganligining 3-darajasi nutqda leksik grammatik va
fonetik-fonematik jihatdan rivojlanmaganlik elementlari kuzatiladi. Bolalar nutqqa ega bо‗lgan holda kishilar bilan aloqa bog‗lay oladilar, lekin buni ota-ona ishtirokida,
21
ularning muayyan tushuntirishlari yordamida bajaradilar. Bunday bolalar uchun erkin holda aloqada bо‗lish juda qiyin. Tovushlarni talaffuz qilishda ularni bir-biridan ajrata olmaslik, tovushlar guruhini artikulyatsiya jihatdan osonroq bо‗lgan tovushlarga almashtirish ba‘zi hollarda tovushlarni buzib talaffuz qilish bu bolalar uchun xarakterlidir. Lug‗at xam orqada qolgan bо‗ladi, lug‗at boyligi analizida leksik holatlarning о‗ziga xosligi kо‗rinadi. Tekshirishda gaplarda, sо‗zlarni oxirgacha gapirmaslik kabi turg‗un grammatik xatolar kuzatiladi. Kо‗pchilik hollarda ular qо‗shimcha qо‗shilish bilan sо‗z ma‘nosining о‗zgarshini tushunib etmaydilar.

Download 64.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling