Muqaddas Kitob – «Bibliya» va uning tarkibiga kiruvchi kitoblar nomi.
Muqaddas rivoyatlar – «Bibliya» tarkibiga kirmagan, cherkov avliyolari tomonidan qabul qilingan hujjatlar va nomalar.
Muqaddas Ruh – xristianlikda Xudoning uch ko‘rinishidan biri. Muqaddas Ruh dunyoning yaralishida ishtirok etgan, Bibi Maryam ham u orqali Isoga xomilador bo‘lgan.
Mutaassiblik, , fanatizm, fanaticism – o‘z g‘oyasini «to‘g‘ri» deb, boshqacha fikr egalarini tan olmaslik va ularni buzg‘unchilikda ayblash.
Oq va qora ruhoniylar – pravoslav ruhoniylari qatlami. «Oq» ruhoniylar oila qurish huquqiga ega, «qora» ruhoniylarga esa oila qurishi mumkin emas.
Ota Xudo – Xristianlikda Xudoning uch ko‘rinishidan biri va asosiysi. Ota Xudo dunyoni yaratgan bo‘lib, uchlikning qolgan ko‘rinishlari (O‘g‘il Xudo va Muqaddas Ruh) undan kelib chiqqan.
Panislomizm, panislamizm, – XIX asrning oxirlarida O‘rta Sharqda vujudga kelgan islom mamlakatlarini yagona bayroq ostida birlashtirish g‘oyasini ko‘tarib chiqqan siyosiy oqim.
Papa, Papa, pope – katolik oqimining bosh ruhoniysi.
Pastor, pastor, pastor (lotincha - cho‘pon) – protestantlikdagi cherkov rahbari. Pastorlar ommaviy ibodatlarda ma’ruzalar o‘qish va cherkovning ichki faoliyatini boshqarish bilan shug‘ullanadi.
Pasxa, pasxa, Easter (yunoncha, ivritcha – “yonidan o‘tish”) – xristianlikdagi asosiy diniy bayramlardan biri. Iso Masihning qayta tirilgan kuni sharafiga nishonlanadi. Hozirgi kunda Pasxa kuni Oy-Quyosh kalendari asosida hisoblanib, har yili o‘zgarib turadi.
Patriarx, , patriarx, patriarch – (qad. yunon. «ota, asos soluvchi») ortodoksal cherkovdagi (pravoslavie) oliy diniy martaba bo‘lib, undagi 14 ta avtokefal – mustaqil cherkovlar boshliqlari shu nom bilan ataladilar.
Pozitivizm, pozitivizm, positivism – falsafada XIX asrning 30-yillarida vujudga kelgan, pozitiv (aniq) fanlarni birdan-bir haqiqiy bilimlardir, deb e’tirof etgan oqim.
Do'stlaringiz bilan baham: |