To‘liq injil xristianlari, xristiane polnogo Yevangeliya - protestantlikdagi eng yirik yo‘nalishlardan biri bo‘lgan pyatidestyaniklikning ikkinchi nomi. “Injil”ga haqiqatan amal qiluvchi sof e’tiqod vakillari deb bilganlari uchun ham o‘zlariga nisabatan shunday nomni ishlatadilar.
Fanatizm, fanatizm, fanaticism – mutaassiblik.
Samoviy kitoblarda ezgu g‘oyalar talqini
QUR’ON (arabcha-o‘qimoq, qiroat qilmoq) – islom dinining muqaddas kitobi. U Muhammad alayhissalomga 23 yil, ya’ni 13 yil mobaynida Makkada va 10 yil davomida Madinada nozil qilingan. U 114 sura va 6274 oyatdan iborat bo‘lib, har bir suraning o‘z nomi bor.
|
TAVROT (qadimgi yahudiyga «tora» - qonun) – yahudiylik dinining muqaddas kitobi. U Muso payg‘ambarning ilohiy Qonunlarini o‘z ichiga olgan besh kitobi, ya’ni Muqaddas Kitob (Bibliya)ning «Ibtido», «Chiqish», «Levit», «Cho‘lda» va «Amrlar»degan besh kitobidan iborat. Ba’zi adabiyotlarda Qadimgi Ahdda uchraydigan kitoblarning hammasini (39 kitob) yoki Bibliyani ham «Tavrot» deb ishlatish hollari ham uchraydi.
|
INJIL – “Yangi ahd” – yunon (qadimgi grek) tilida yozilgan xudoning Iso vositachiligida odamlar bilan yangi ahdlashuvi bo‘lib, xristianlik aqidalari 27 bo‘limda jamlangan. Injil (Yevangeliya) so‘zi yunon tilida xushxabar degan ma’noni bildiradi. Injilda Iso Masihning tug‘ilishi, hayoti, yaratgan mo‘jizalari, ta’limotlari, gunohkor odamlarni qutqarish uchun o‘lib, qayta tirilgani bayon qilinadi.
|
ZABUR – diniy manbalarga ko‘ra, Dovud payg‘ambarga nozil bo‘lgan ilohiy kitob. Bibliya (grekcha – kitoblar) – yahudiylik va xristianlik dinidagilarning muqaddas kitoblari to‘plamining xristianlik paydo bo‘lmasdan oldin yaratilgan birinchi va katta qismi Qadimgi Ahd («ahd» - Xudoning insonlar bilan maxsus aloqasi) «Tavrot» va «Zabur»ni o‘z ichiga olgan.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |