Jaholatga qarshi ma’rifat
Jaholat – arabcha “jahila” fe’lining o‘zagi bo‘lib, bilmaslik ma’nosini anglatadi. Islom dinidan oldingi davrni “johiliyat davri” deb atalishining sababi ham shunda. Kishilar bilimsizligi, johilligi tufayli qiz bolalarni tiriklay ko‘mganlar, ayollarni odam o‘rnida ko‘rmaganlar, ularning hech qanday haq-huquqlari bo‘lmagan, jamiyat jinoyat botqog‘iga botgan zamon bo‘lgan.
Islom dini kelgach, jaholat o‘rnini ma’rifat egalladi. U ayol-qizlar sha’nini ko‘klarga ko‘tardi, uch qiz tarbiyalab, ularni turmushga bergan ona jannatiy bo‘lishi, jannat onalar oyog‘i ostida ekanini baralla aytdi. Kishilar ma’rifatli bo‘la boshladilar.
Bugungi kunda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash jahon hamjamiyati uchun eng dolzarb masalaga aylandi. Shu jumladan, bizning yurtimizda ham begunoh kishilarning qoni to‘kilishi, obod joylar vayron bo‘lishi, aholi o‘rtasida vahima, parokandalik kelib chiqishining oldini olish maqsadida bu kabi ishlarni amalga oshirmoqchi bo‘lganlarga qarshi qat’iy kurash olib borilmoqda. Bu kurashning mohiyati, jumladan, Prezidentimizning “Hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasida chuqur o‘zgarishlar ro‘y berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda”,- degan fikrlarida o‘zining yorqin ifodasini topgan.
Afsuski, bugungi kunda ham jaholat turli ko‘rinishlarda o‘zligini namoyon qilmoqda. Shulardan biri, diniy bilimsizlikdir. Diniy savodi past bo‘lgan kishilar o‘zlarini islom dinining jonkuyarlari qilib ko‘rsatuvchi, aslida esa, hokimiyatni egallashni maqsad qilib qo‘ygan turli oqim vakillarining quruq va’dalariga aldanib qolmoqdalar, hatto, o‘zlarini qurbon qilishgacha yetib bormoqdalar. Bunday mudhish oqibatlarni keltirib chiqaruvchi bilimsizlikning oldini olishga davlatimiz katta e’tibor qaratilmoqda.
|
.
Mavzu bo‘yicha savollar
Missionerlik va prozelitizm so‘zlarining mazmun-mohiyati nimada?
Missionerlik tashkilotlari asosan qanday maqsadlarni ko‘zlaydi?
Zamonaviy sektalar tomonidan missionerlik faoliyatini olib borishda qanday uslublardan foydalanilmoqda?
Do'stlaringiz bilan baham: |