Apostol, apostol, apostle (yunoncha — “elchi”) – xristian ta’limotiga binoan Isoning eng yaqin yordamchilarining unvoni. Ularning asosiylari 12 ta: Pyotr (Simon Ionin), Andrey, Ioann, Iakov Zevedeev, Filipp, Varfolomey, Matfey, Foma, Iakov Alfeev, Faddey, Simon Kananit, Iuda Iskariot (Isoni sotgan havoriy), Matfiy (Iudadan so‘ng uning o‘rnini egallagan). Bulardan tashqari yana 70 nafar havoriylar mavjud bo‘lgani xristian adabiyotlarida qayd etiladi.
Bibliya, Bibliya, The Bible (yunoncha - “kitoblar”) – yahudiylik va xristianlik dinlarining asosiy muqaddas manbai. Yahudiylar “Bibliya”si “Kitve kadesh” va “Tanax” ham deb nomlanadi. Xristianlar tomonidan tan olinadigan Bibliya “Qadimgi Ahd” va “Yangi Ahd”dan iborat bo‘lib, umumiy hisobda 66 kitobdan iborat..
Zabur, Psaltыr, psalter – Dovud payg‘ambarga tushirilgan kitob. “Qadimgi Ahd” tarkibiga kiritilgan bo‘lib, turli qo‘shiq va madhiyalardan iborat.
Ikona, Ikona, icon – xristianlikdagi avliyolar portreti tushirilgan rasmlar. Ular cherkovlarda ibodat buyumi bo‘lib xizmat qiladi.
Ilohiy Kitob, Nebesnaya Kniga, Holy Book – Alloh tomonidan payg‘ambarlarga nozil qilingan Zabur, Tavrot, Injil va Qur’on kabi kitoblar.
Indulgensiya, Indulgensiya, – katolik cherkovi tomonidan dindorlarga qilingan yoki qilinishi mumkin bo‘lgan gunohlarni kechirish haqida beriladigan guvohnoma. U pul yoki cherkov oldidagi xizmatlar evaziga beriladi.
Injil, Yevangeliya, The New Testement - (yunoncha - “Yevangelie”) “Yangi Ahd"dagi Mark, Matto, Luqo va Yuhannolardan rivoyat qilingan kitoblar nazarda tutiladi. Ularda Iso Masihning hayot yo‘li va mo‘jizalari bayon qilingan.
Kardinallar kollegiyasi, Kollegiya kardinalov, Board of cardinals – Rim katolik cherkovidagi oliy kengash. Papa o‘rni bo‘shab qolganda uning vazifasini bajarish va yangi Papani saylash vazifalarini bajaradi.
Kirxa, Kirxa, Kirkha (nemischa – “cherkov”) – lyuteran cherkovlarining nomi.
Kostel, kostel, roman catholic church (polyakcha, chexcha. – “cherkov”) – Rim katolik cherkoviga qarashli ibodatxonalarga nisbatan ishlatiladigan atama. Ushbu atama pravoslav yoki protestant cherkovlariga. nisbatan qo‘llanilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |