Mark, Mark, Mark – “Injil” mualliflaridan biri. Havoriy Miro moyi (yunoncha - “xushbo‘y moy”) – xristianlikning yetti sirli marosimlaridan birida tanaga suriladigan xushbo‘y moy. Ushbu moy cherkov yepiskopi tomonidan oliy navli zaytun moyiga oq uzum vinosi, atirgul yaproqlari, binafsha, zanjabil ildizlari, muskat, atirgul, chinnigul va limon moylari kabi maxsulotlarni qo‘shib qaynatish orqali tayyorlanadi.
Mistitsizm, Mistitsizm, mysticism – (qad. yunon. «yashirin, sirli») ilohiyot olami bilan bevosita muloqot qilish mumkinligi haqidagi ta’limot.
Mitropolit, mitropolit, metropolitan – (qad. yunon. «bosh shahar, poytaxt, mitropoliya odami») pravoslav cherkovining poytaxt shaharlardagi oliy ruhoniylik unvoni.
Monastir, monastir, monastery – xristianlikda ruhoniylar jamiyatdan ajralib, faqat ibodat bilan shug‘ullanadigan joy, muassasa. Ayollar va erkaklar uchun mo‘ljallangan monastirlar mavjud.
Muqaddas yozuv, Xushxabar, Yevangeliya, The New Testement - – xristianlikning muqaddas kitobi “Injil”ga nisbatan ishlatiladigan nomlar.
Muqaddas kitob, Svyaщennaya kniga, Holy Book - Bibliya va uning tarkibiga kiruvchi kitoblar nomi.
Muqaddas rivoyatlar, Svyaщennыe skazaniya, Holy Sayings – Bibliya tarkibiga kirmagan, cherkov avliyolari tomonidan qabul qilingan hujjatlar va nomalar.
Muqaddas Ruh, Svyatoy Dux, holy ghost – xristianlikda Xudoning uch ko‘rinishidan biri. Muqaddas Ruh dunyoning yaralishida ishtirok etgan, Bibi Maryam ham u orqali Isoga homilador bo‘lgan hisoblanadi.
Ota Xudo, Bog Otes, God ( The Father) - Xristianlikda Xudoning uch ko‘rinishidan biri va asosiysi. Ota Xudo dunyoni yaratgan bo‘lib, uchlikning qolgan ko‘rinishlari (O‘g‘il Xudo va Muqaddas Ruh) undan kelib chiqqan hisoblanadi.
Oxirat, (sudnыy den, the Last day) – (arab. «boshqa, oxirgi, ikkinchi») bu dunyo oxiriga yetganidan keyin barcha qayta tirilib, qilgan amallariga yarasha mukofot yoki jazo oladigan ikkinchi hayot.
Do'stlaringiz bilan baham: |