Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023


Download 2.19 Mb.
bet58/171
Sana03.06.2024
Hajmi2.19 Mb.
#1899102
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   171
Bog'liq
Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshke

Papa, Papa, pope – katolik oqimining bosh ruhoniysi.
Pastor, pastor, pastor (lotincha - cho‘pon) – protestantlikdagi cherkov rahbari. Pastorlar ommaviy ibodatlarda ma’ruzalar o‘qish va cherkovning ichki faoliyatini boshqarish bilan shug‘ullanadi.
Pasxa, pasxa, Easter (yunoncha, ivritcha – “yonidan o‘tish”) – xristianlikdagi asosiy diniy bayramlardan biri. Iso Masihning qayta tirilgan kuni sharafiga nishonlanadi. Hozirgi kunda Pasxa kuni Oy-Quyosh kalendari asosida hisoblanib, har yili o‘zgarib turadi.
Patriarx, patriarx, patriarch – (qad. yunon. «ota, asos soluvchi») ortodoksal cherkovdagi (pravoslavie) oliy diniy martaba bo‘lib, undagi 14 ta avtokefal – mustaqil cherkovlar boshliqlari shu nom bilan ataladilar.
Post, Post, Fast ­ xristian dinidagi ro‘za. Post kunlari xristianlarga faqat o‘simlik mahsulotlarini yeyish ruxsat etiladi.
Presviter, presviter,presbyter (yunoncha, lotincha — “oqsoqol, jamoa boshlig‘i”) – xristian ruhoniylik ierarxiyasida yuqori o‘rinni egallovchi diniy lavozim. Qadimda yepiskoplar ham presviter deb atalishgan.
Rojdestvo, rojdestvo, cristmas – Xristianlikning asosiy bayramlaridan biri. Iso Masihning odam tanasida mujassam bo‘lib tug‘ilishi kuni munosabati bilan o‘tkaziladi. Ushbu bayram haqidagi ilk ma’lumotlar IV asrga tegishli xristian manbalarida qayd qilingan.
Rohib, Monax, monk, friar (yunoncha-monax – “zohid”) – xristianlikda dunyoviy lazzatlardan tarkidunyochilik qilib, faqat ibodat bilan shug‘ullanuvchi shaxs.
Tavrot, Tora, , Torah (ivritcha — “ta’limot, qonun”) – yahudiylik va xristianlik dinlarida tan olinadigan va Bibliya tarkibiga kiruvchi muqaddas manba. Tavrotning muallifi sifatida Muso payg‘ambar ko‘rsatiladi. Tavrot besh kitob: “Ibtido”, “Chiqish”, “Levit”, “Sonlar” va “Ikkinchi qonun”dan iborat.
To‘liq injil xristianlari, xristiane polnogo Yevangeliya - protestantlikdagi eng yirik yo‘nalishlardan biri bo‘lgan pyatidestyaniklikning ikkinchi nomi. “Injil”ga haqiqatan amal qiluvchi sof e’tiqod vakillari deb bilganlari uchun ham o‘zlariga nisabatan shunday nomni ishlatadilar.

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling