Respublikasi oliy


Download 304.33 Kb.
bet11/29
Sana16.06.2023
Hajmi304.33 Kb.
#1496518
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Bog'liq
Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi majmua

Qurilish materiallari bilan o‘tkaziladigan
o‘yinlarda bolalarning texnikaga qiziqishi ortadi, kuzatuvchanligi
rivojlanadi, ular geometrik jismlarning eng oddiy xususiyatlari bilan tanishadilar. Qurilish materiallari bilan bog‘liq o‘yinlarni o‘tkazishda quyidagi jihatlarni hisobga olish lozim:

  1. qurilish materiallari butun guruh bolalarining bir paytda o‘ynashlari uchun etarli bo‘lishi lozim;

  2. guruh xonasida qurilish materiallarini saqlaydigan, uni quradigan va bir necha kungacha saqlab qo‘yishning iloji bo‘lgan joy bo‘lishi kerak;

  3. qurilish materiallari uchun har bir detalga alohida xonachalari bo‘lgan g‘ildirakli shkaf bo‘lishi, uni bolalar istagan tomonlariga sudrab olib yurishlariga imkon yaratilishi kerak;

  4. qurilish materiallari saqlanadigan burchakda mayda o‘yinchoqlar, o‘yinchoqli odamlar, qushchalar, hayvonlar, transport bo‘lishi mumkin;

  5. bolalarning o‘zlari o‘yinchoq yasashlari uchun har doim kerakli material bo‘lishi zarur;

  6. bolalarga qurilish usullarini o‘rgatish lozim;

  7. qurilish materiallaridan ishlangan buyumlarni bir necha kungacha, hatto undan ko‘proq muddat saqlash kerak.

Qurilish-yasashga doir o‘yinlar uchun qum, suv, qor kabilar asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Qum bolalarning yozda o‘ynashlari uchun yaxshi material. Har bir guruhda ikkita- dan qum yashigi bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. SHunda hamma bolalar o‘ynash imkoni- yatiga ega bo‘ladilar. Qum bolalarning o‘ynashlari uchun eng qulay o‘yin vositasi bo‘lib hisoblanadi. Qum maxsus yashiklarda nam holatda saqlanadi.
Qumni saqlashga muayyan gigienik talablar qo‘yiladi. Ular:

    1. qum turli xil tosh, shishalardan tozalangan bo‘lishi;

    2. qum faqat namroq holda saqlanishi;

d) bolalarning salomatligiga xavf solmasligi kerak.
Kichik yoshdagi bolalarni qum bilan o‘ynashlari uchun bayroqchalar,
o‘yinchoqlar tayyorlab qo‘yilishi kerak. Suv bilan o‘ynaladigan o‘yinlar bilan kichik yoshdan boshlab shug‘ullanish mumkin. Suvda qo‘g‘irchoqni cho‘miltirish, o‘yinchoqlar bilan o‘ynash, katta yoshdagi bolalar esa suvda cho‘milishlari mumkin. Qor bilan o‘yna- ladigan o‘yinlar bolalarda quvnoq kayfiyatni uyg‘otadi. Buning uchun yog‘och belku- rakcha, qorni tashish uchun quticha ortilgan chana bo‘lishi shart. Kattalar yordamida qor uyumlaridan turli shakllar, qorbobo, qorqiz, hayvonlarning qiyofasini yasaydilar.
Didaktik o‘yinlar – o‘rganilayotgan ob’ekt, hodisa, jarayonlarni modellashtirish asosida talabalarning bilishga bo‘lgan kiziqishlari,
faolliklarini oshiradigan o‘quv faoliyati turi hisoblanadi. Bu kabi o‘yinlar tinglovchilar tomonidan ijtimoiy-foydali mehnat va o‘qish ko‘nikmalarini faol o‘zlashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning ahamiyati natijalar bilan emas, balki jarayonning mazmuni va kechishi bilan belgilanadi; bu kabi o‘yinlar bolalarni ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi, ulardagi turli psixologik zo‘riqishlarni kamaytiradi. Mazmuniga ko‘ra didaktik o‘yinlar ta’limiy o‘yin sifatida TTtarbiyalanuvchilarining yosh xususiyatlariga mos keladigan o‘yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o‘yinlarning muhim bel- gisi undagi qoidalarning mavjudligidir. O‘yinda o‘yin niyati, o‘yin qoidalari, o‘yin hara- katlari o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. O‘yin niyati o‘yin harakatlarining tabiatini belgilaydi. O‘yin qoidasi esa, o‘yin harakatlarini, vazifasini hal etishga va o‘yindagi hara- katlarni amalga oshirishga yordam beradi.
Didaktik o‘yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Bu o‘yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim jarayoni, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi. O‘yin qoidasiga rioya qilish, unga amal qilish o‘yin mazmunini boyitadi.
Didaktik o‘yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydalaniladi.
Bolaning kun tartibida didaktik o‘yin uchun vaqt va joy ajratilishi kerak. Bunday o‘yinlar mashg‘ulot jarayonida va o‘yindan tashqari vaqtlarda guruh yoki yakka-yakka o‘tkaziladi. Bunda o‘yin mazmuni va natijasi puxta aniqlanadi. Didaktik o‘yinlar jarayonida quyidagi qoidalarga amal qilinishi kerak: 2 Innovatsion ta’lim texnologiyalari / Muslimov N.A., Us- monboeva M.H., Sayfurov D.M., To‘raev A.B. – T,: “Sano-standart” nashriyoti, 2015. – 114-bet.

  1. navbatma-navbat ta’sir etish;

  2. so‘ralganda javob berish;

  3. o‘rtoqlari fikrini eshita olish;

  4. o‘yin jarayonida boshqalarga xalaqit bermaslik;

  5. o‘yin qoidasini bajarish;

  6. o‘z xatosini tan olish.

Didaktik o‘yinlarda bolalarning yosh va individual xususiyatlarini
hisobga olish lozim. O‘yinda o‘yin sur’ati va ritmi katta rol o‘ynaydi, juda sekin va bir tekisdagi temp bolani ko‘p kuttiradi, juda tez temp esa bolalarni hayajonga soladi, turli bahs-munozaralarga olib keladi. Kattalar tomonidan o‘yin ishtirokchilarini to‘g‘ri baholash muhim ahamiyatga ega.

Download 304.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling