Respublikasi oliy
Download 304.33 Kb.
|
Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi majmua
pedagogik topshiriqni bajarish jarayonidagi ota-onalar va tarbiya-chining muloqotida aks etadi. Pedagogik topshiriqning bir necha turla-rini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bolalar bilan uzluksiz(yakka, guruhiy, jamoaviy) ishlash, faol tarbiyaviy nuqtai nazarni talab etuvchi topshiriq: bolalarning qiziqishlari bilan bog‘liq to‘garak-larga rahbarlik qilish va boshqalar. Tarbiyachiga tashkiliy yordam ko‘rsatishni talab etuvchi topshiriq: ekskursiyani tashkil etishga yordamlashish(transport, yo‘llanma bilan ta’minlash); taniqli
kishilar bilan uchrashuv-larni tashkil etishga ko‘maklashish; guruh xonasini jihozlashga yordamlashish. Xo‘jalik vazifalarini hal etishga qaratilgan, ta’lim tashkilotining moddiy bazasini rivojlantirish va mustahkamlashni talab etuvchi topshiriq: xonalarni jihozlash, o‘quv jihozlari va qurollarini tayyorlashga ishtirok etish; ta’mirlash ishlariga yordam ber- ish. Pedagogik topshiriqlarning sanab o‘tilgan mazkur turlari ota-ona- larning ijtimoiy ishlarining barcha turlarini qamrab olmaydi. Ota-onalarga ular nima bilan shug‘ullanishni xohlayotganliklari bo‘yicha savol bilan murojaat va anketa to‘ldirishni tak- lif etish mumkin. Ota-ona va oila bilan individual ishlash. Bunda oilaga tarbiya-chining borishi, ota-onalar uchun suhbat o‘tkazish, ularga maslahat berish, ota-onalarni bolaning maktabgacha ta’lim muassasadagi hayoti bilan tanishtirish kabilar kiradi. Ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar. Bular ota-onalarning guruhiy va umumiy majlislari, ota-onalar maktabi, anjumanlar, shanbaliklar, savol javob kechalari. Ko‘rsatmali ishlar – tarbiyachi-metodist tomonidan MTT jamoasi bilan hamkorlikda yoki shaxsiy tashabbusi asosida sub’ektlar, ob’ekt va jarayon bilan bevosita tanishish maqsa- dida tashkil etiladigan amaliy-ko‘rsatmali tadbirlar sanaladi. Bu turdagi ishlar quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: Ko‘rgazmalar uyushtirish (bolalarning ishlarini namoyish qilish, ochiq eshiklar kuni, ota-onalar burchagi, ota-onalar uchun kutubxonalar tashkil qilish). Bolaning oilasini borib ko‘rish va oila a’zolari bilan yaqindan tanishish. Ota-onalar pedagogik ta’lim berish. MTTda ota-onalar bilan olib boriladigan jamoaviy ishlar quyidagi mazmunga ega: Pedagogik ma’ruzalar ota-onalarning e’tiborini tarbiyaning zamo-naviy muammolariga qaratishni maqsad qilib qo‘yadi. Mazkur shakl ota-onalarni tarbiya nazariyasi asoslariga doir tizimli bilimlar bilan qurollantirishni talab etadi. MTTning oila bilan olib boradigan ishlari Ko‘rsatmali ishlar. Pedagogik ma’ruza. Pedagogik majburiy o‘qish. Pedagogik ta’lim universiteti. Yillik ilmiy-amaliy konferensiya. Ochiq eshiklar kuni (yoki MTMda ota-onalar kuni). Ota-onalar majlisi Oilaga tashrif buyurish. Pedagogik topshiriq. Pedagogik maslahat Pedagogik majburiy o‘qishni ilk yosh guruhdanoq ota-onalar bilan boshlash lozim, chunki ayni shu paytda MTTga, pedagogik ma’rifat-parvarlikka munosa- bat paydo bo‘ladi. Agar birinchi mashg‘ulotni MTT mudiri o‘tib bersa, juda yaxshi bo‘ladi. Pedagogik majburiy o‘qishda parallel guruhlar birlashtirilishi ham mumkin. Ko‘pgina ta’lim muassasalarida ota-onalar uchun pedagogik ma’ruzalar va majburiy o‘qish bilan taqqoslaganda, ota-onalarning tarbiya nazariyasini egal-lashlari bo‘yicha murakkab ish shakllaridan biri hisoblangan pedago-gik ta’lim universiteti ishlaydi. Mashg‘ulotlar ham ma’ruza, ham seminar tarzida tashkil etiladi. Albatta, hamma ota-onalar audito-riyasi bun- day ish shakliga tayyor emas. Tez-tez ta’lim muassasalarida bunday «universitet» tizimi ishlari soddalashlashtirib turiladi, nomi o‘zgarmasdan qolsa ham, mazmuniga o‘zgartirish- lar kiritiladi. MTTda tarbiya jarayonini tashkil etish muammolari bo‘yicha ota- onalarning an’anaviy yillik ilmiy-amaliy anjumani shakllan-tiriladi. Oila tarbiyasiga doir dolzarb muammo aniqlab olinadi. MTT va oilada butun yil davomida uni nazariy va amaliy o‘rganish amalga oshiriladi. SHundagina anjuman haqiqatdan ham yakuniy bo‘lishi mum- kin. Ochiq eshiklar kuni yoki MTTda ota-onalar kuni juda kata tayyorgar-likni talab etib, odatda uni bolalar bir guruhni tugallab, keyingi bosqichga o‘tishlariga mo‘ljallanadi. MTT maxsus jihozlanadi, navbatchilar belgilanadi, ajoyib bayram dasturi tayyorlanadi. Download 304.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling