Respublikasi oliy


Download 304.33 Kb.
bet16/29
Sana16.06.2023
Hajmi304.33 Kb.
#1496518
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
Bog'liq
Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi majmua

Birinchi qoida. MTT va tarbiyachilarning oila va jamoatchilik bilan olib boradigan ishlari asosida ota-onalarning obro‘sini oshirish va
mustahkamlashga yo‘naltirilgan harakat va tadbirlar turishi kerak. Ota- onalar bilan masla- hatlashganda, hech vaqt «qilishingiz kerak», «majbursiz» kabi jumlalarni ishlatmaslik ma’qul. CHunki ko‘pchilik ota-onalar o‘z majburiyatlarini yaxshi biladilar, faqat ama- liyotda ular ana shu bilganlarini qanday amalga oshirish muammosiga duch kelish-lari mumkin. Tarbiyachi va ota- onalarning o‘zaro munosabatlarining yagona to‘g‘ri shakli – bu o‘zaro hurmat. Qachonki, nazorat shaklida tajriba almashish, maslahat va birgalikda muhokama, yagona qaror shakllantirilsa, ikkala tomon uchun ham qoniqish hosil qiladi. Bunday munosabatlarning qimmati shundaki, tarbiyachilarda ham, ota-
onalarda ham shaxsiy javobgarlik hissini, talabchanlik, fuqarolik burchini rivojlantiradi. Ota-onalarning ish joylariga «Rivojlanish haritasi», «Ochiq jur-nal» kabilarni olib borish kutilgan natijalarni bermaydi. Ota-ona-lar bilan suhbatda «qora ro‘yxat»dagi ma’lu- motlardan foydalanish ham yaxshi foyda bermaydi, chunki birinchidan, ota-onalarda bo- lala-ridan norozilik paydo bo‘ladi, ikkinchidan talim tashkilotiga nisbatan ularda salbiy munosabat shakllanadi. Keyin ota-onalar ta’lim tashkilotiga borgisi kelmasligi, ular bo- lalari haqida yomon fikr aytganliklari uchun ko‘ngli tortmasligini aytib arz qiladi. Ba’zan bunday holat oilada ota-ona munosabatlari yomonlashuviga
ham olib keladi. Oxir-oqibat bolada ta’lim tashkilotiga nisbatan ham, tarbiyachilarga nis- batan ham salbiy munosabat hosil bo‘ladi. Tarbiyachi tarbiyaviy ish shakl va metodlarini tanlashda qabul qilingan qaror va talab bolalar ko‘z oldida ota-onaning obro‘sini mus- tahkamlash va oshirishga imkon berishini hisobga olishi kerak.
Ikkinchi qoida. Ota-onalarning tarbiyalovchi imkoniyatlariga ishonish, ularning pedagogik madaniyati darajasi va tarbiyalashdagi faolligini oshirish. Ko‘pchilik ota-onalar psixologik
jihatdan barcha talablarni qabul qilishga tayyor bo‘lishsa ham, biroq shunday ota-onalar borki, bolalarni tarbiyalashga mas’uliyat bilan yondashish va bu jarayonni chuqur tushunishga doir etarlicha ma’lumotga va pedagogik tayyorgarlikka ega emas.
Uchinchi qoida. Pedagogik takt, oila hayotiga nojo‘ya aralashishga yo‘l
qo‘yilmasligi. Tarbiyachi – rasmiy shaxs, biroq u o‘z faoliyatida oila hayotining maxfiy tomonlariga, «boshqalar»dan sir saqlanadigan tomonlariga ham daxldor bo‘ladi. YAxshi tarbiyachi oila uchun begona bo‘lmaydi, ota-onalar yordam qidirganlarida ularning bu vaziyatdan chiqishlariga ishonadi, maslahat beradi. Oila qanday bo‘lishi, ota-onalar tarbiyachilar bilan qanday bo‘lishlariga qaramasdan, tarbiyachi hamma vaqt uddaburon, yordamga tayyor bo‘lishi kerak. Oila haqidagi hamma narsaga yaxshi tomondan e’tibor qaratishi, tarbiyada ota-onalarga yordam ko‘rsatishi kerak.
To‘rtinchi qoida. Oilaviy muammolarni hal qilishga doir qaror qabul qilishda ko‘tarinki ruh va kayfiyat, bolaning ijobiy sifatlari, oila tarbiyasining kuchli tomonlari, shaxsning muvaffaqqiyatli rivojlantirishga tayanish. Tarbiyalanuvchining harakterini shaklla-nishi qiyinchiliklarsiz, qarama-qarshi-liklarsiz kechmaydi. Agar bu jarayon shaxs rivojlanishi qonuniyatining namoyon bo‘lishi sifatida idrok etilsa, u holda mazkur qiyinchilik, qarama- qarshilik, kutilmagan natijalar tarbiyachining sarosimaga tushib qolishiga olib kelmaydi. Hammamizga yaxshi ma’lumki, yuzaga kelgan pedagogik vazifalarni hal etishning o‘nlab usullari mavjud, biroq ulardan faqat biri mazkur aniq vaziyat uchun to‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Ana shuning uchun ham maktabgacha pedagogikaga tayyor ko‘rsatma sifatida emas, shaxsga samarali ta’sir etishning umumiy qonuniyatlari haqidagi fan
sifatida qarash kerak. MTT va oila o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishda mudira, pedagoglar ja- moasi va ota-onalar birgalikda faol ishtirok etishlari lozim. SHundagina bola tarbiyasida kutilgan natijalarga erishish mumkin.
Ota-onalar bilan ishlashda quyidagi alohida ish shakllaridan
foydalaniladi: suhbatlar, maslahatlar, oilalarga borish, ayrim ota-onalarni bog‘chaga taklif etish, alohida esdaliklar va ko‘chma papka-lardan foydalanish.

Download 304.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling