Respublikasi oliy
Download 304.33 Kb.
|
Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi majmua
Ota-onalar burchagi va ko‘rgazma tashkil etish. Ota-onalar bur-chagi ularni tarbiyaga oid yangiliklar va pedagogik masalalar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etiladi. Ularga kito- blar, jurnallar, rasmlar, bolalarning ishlari, bolalar ovqatining xillari, bolaning uyidagi va oiladagi kun tartibi, ota-onalar uchun eslatmalar, e’lonlar joylashtiriladi. Burchak vaqti- vaqti bilan tarbiya vazifasiga qarab o‘zgartirib turiladi.
Pedagogik bilimlarni targ‘ib qilish bo‘yicha tashkil etiladigan ko‘r-gazmalar ko‘pincha ota-onalar konferensiyalari, majlislari,konsul-tatsiyalar oldidan tashkil etiladi. Unda xalq ta’lim to‘g‘risidagi qonun va qarorlar, MTT tarmoqlari va undagi tarbiyalanuvchilar sonining o‘sishini ko‘rsatuvchi diagrammalar, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim- tarbiya jarayonlari, bo- lalar hayotini aks ettiruvchi tasvirlar, kitob va o‘yinchoqlar, bolalarning ishlari o‘rin oladi. Ota-onalar burchagi oila bilan olib boriladigan ishning ko‘rgazmali usuli, uning did bilan bezatilishiga alohida e’tibor berilishi kerak. Bundan tashqari, ota-onalarga tarbiya to‘g‘risidagi filmlar namoyish etiladi, bular ko‘pincha ota-onalarni qiziq-tiradigan baxslar boshlanishiga sababchi bo‘ladi. Ota-onalar uchun ochiq kunlar tashkil etilishi ham makta- bgacha ta’limtashkilotlari ishida muhim o‘rin egallaydi. Bunday kunlarda ota-onalarga bo- lalarning mashg‘ulotlari, mehnat, o‘yin faoliyatlari, sayrlar va bolalarning jamoada o‘larining qanday tutushlari va shunga o‘xshashlar ko‘satiladi. Ota-onalar qo‘mitasi.(Xozirda kuzatuv kengashi) Ota-onalar qo‘mitasi «Maktabgacha ta’lim Tashkilotining» kuzatuv kengashi a’zolarining taklifiga binoan tashkilot roxbari tayinlanadi va ungayordam berish maqsadida ish rejalari tuziladi. U ota-onalarning umumiy majlisida bir yil muddatga saylanadi. Bu kengashga har bir yosh guruh ota-ona- laridan 1-2 vakil saylanadi.Kengashning asosiy vazifasi MTTga xo‘jalik va ta’lim- tarbiya ishlarida yordam berish, qo‘mita a’zolari, ota- onalar majlisi va kechalarni tayyorlash, o‘tkazish va boshqa ishlarda tarbiyachilarga ko‘maklashishdir. Ota-onalar qo‘mi-tasi bolalarning ota-onalar bilan tanishadi, bolalarni tayyorlash bo‘yicha ular bilan ish olib boradi.Kengash a’zolari har ikki oyda bir marta yig‘ilish o‘tkazadi. Ota-onalar qo‘mitasi mudiraning ish reja-lari va ishning axvoli to‘g‘risidagi ota-onalarni qiziqtiruvchi ba’zi masalalar xaqidagi ma’ro‘za va hisobotni eshitishga xaqlidir. Ota-onalar qo‘mitasining faoliyati xaqidagi hujjatlar MTTda saqlanadi. Aholi o‘rtasida pedagogik bilimlarni targ‘ib qilish. Pedagogik bilimlarni targ‘ib etish natijasida millionlab kishilar bolalarini oilada MTTda tarbiyalash tamoyillarini ongli ravishda anglab oldi. Korxonalarda, xo‘jaliklarda, jamoa joylarida, maxallalarda oilada bola tarbiyasi to‘g‘risida ma’ruzalar bilan chiqish, televideniya va radioeshittirishlar, ped- agogik targ‘ibot ishining keng ommalashgan vositalaridir.Targ‘ibot, shuningdek, vaqtli matbuot: «Maktabgacha ta’lim», «Halq ta’limi»,«Pedagogik ta’lim» kabi jurnallar, ko‘p sonli badiiy pedagogik, ilmiy ommabop va metodik adabiyotlarni chiqarish orqali ham amalga oshiriladi. Ota-onalar uchun maxsus peago-gika va ruxshunoslik, anatomiya va fiziologiya, oila tarbiyasi naza-riyasi va amaliyoti to‘g‘risida ma’ro‘zalar o‘qish, bolalar tarbiyasi to‘g‘-risida kinofilm va spektakllar namoyish qilish. Bu mashg‘ulotlarni turli so- halar bo‘yicha yuqori malakali tarbiyachi, aktyor,ruxshunos mutaxassislar olib boradi. Pedagogik targ‘ibot ishida quyidagi shartlarga amal qilish kerak: Pedagogik targ‘ib hayot, jamiyat qurilishi amaliyoti bilan bog‘lab olib borilishi lozim. Pedagogik targ‘ibot orqali keng jamoatchilikka bolalarni har tomonlama tarbiyalash ma- salalari va ularni amalga oshirish yo‘llari, ilmiy asoslangan usullari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi. Oila tajribasidagi ijobiy tajribalar, oiladagi bola tarbiyasida yo‘l qo‘yilgan xatolar va ularni oldini olish, bartaraf etish yo‘llari to‘g‘risida targ‘ibot ishlarini olib boriladi. Pedagogik targ‘ibotga tayyorlashda ota-onalar har xil saviyada ekanliklari xisobga olib, ular uchun tayyorlangan axborot material-lari ishonarli, ko‘rgaz- mali va ularning xis tuyg‘usiga ta’sir ko‘rsa-tadigan bo‘lishi kerak. SHunday qilib, MTM va ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini muntazam ravishda olib borgandagina oila tarbiyasi va ijtimoiy tarbiya o‘rtasidagi birlik o‘rnatilishi mumkin. MTTda ota-onalar uchun kechalar va to‘garaklar uyushtirishning ahamiyati MTTda ota-onalar bilan ishlashning eng samarali shakllaridan biri ochiq eshiklar ku- nidir. MTM ishining murakkabligi, ko‘p qirraliligi va uning bolalar tarbiyasidagi ahamiyatini tushunish uchun hamma ota-onalar MTTda bo‘lib turishlari kerak. Ochiq eshi- klar kuni jamoaning o‘z kalendar yillik rejasi bo‘yicha, harbir yoshdagi guruhning ma’lum rejimi bo‘yicha odatdagi mehnat kunidir. Bunday kunlarni yiliga 1-2 marta o‘tkazish tavsiya qilinadi. Ochiq eshiklar kunini o‘tkazish mo‘ljallanganda avval tayyorgarlik ishini o‘tkazish zarur, ya’ni, ota-onalarga bolalarni jismoniy chiniqtirish, ovqatlantirish, mashg‘u-lotlarning borshi, sayr qilish va boshqa ko‘pgina narsalarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishlari haqida ma’lum qilinadi. Ota-onalarga esa quyidagilar eslatiladi: bolalar bi- lan oddiy munosabatda bo‘lish, ularning faoliyatida imkoni boricha ishtirok etish, tarbiyachi mashg‘u-lot o‘tkazayotgap bolalar diqqatini chetga tortmaslik, o‘zining far-zan- diga hatto u diqqat qilmayotgan yoki biror narsani noto‘g‘ri qilayot-gan bo‘lsa ham tanbeh bermaslik, o‘z tassurotlarini, fikrlarini ko‘rik tugagandan so‘ng bolalar ishtirokisiz aytish mumkinligi kabi odob qoidalariga rioya qilishni iltimos qilinadi. Ochiq eshiklar kunini o‘tkazishga tayyorlanayotganda fotosuratchini taklif etish, keyinchalik esa «Ota-onalar bizning mehmonimiz» yoki «Bizda ochiq eshiklar kuni» mavzuida fotoko‘rgazma tashkil etish mumkin. Bu ko‘rgazma MTTga shu kun tashrif buyurmagan ota va onalarda ancha qiziqnsh uyg‘otadi. Bolalarrni tarbiyalash san’ati haqida ma’ruza va suhbatlar siklini tashkil etish mumkin. M: respublika, viloyat, tuman va mahallalardagi namunali oilalar tanlab olinib, oilalarda ota-onalar qarashidagi birlik, o‘zaro munosabatda rostgo‘ylik, samimiylik va mehnatsevarlik yuqori axloqiy g‘oyalarni shakllantiradi mazmunidagi suhbat va ma’ru-zalarni o‘tkazib turish samara beradi. Ota-onalar bilan MTT xodim-larining birgalikdagi faoliyatini tashkil etish va uning mazmuni maktabgacha tarbiya tashkiloti ishlayotgan sharoitlarga bog‘liqdir. Birgalikdagi faoliyat kerakli darajada amalga oshiriladigan joyda o‘zaro yordam, bir-birini tushunish, topshirilgan ishga javobgarlik holati vujudga keladi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida ota-onalar va boshqa oila a’zolari uchun o‘tkaziladigan kechalar mavzuli harakterga ega bo‘lib. «Musiqa va hayot», «Bola hayotida kitob», «Bola va tabiat» kabi mavzularni tanlash mumkii. Hamkorlikning bu shaklining o‘ziga xosligi shundaki, unda qisqacha axborotdan so‘ng yig‘ilganlarga bolalar, MTT xodimlari va ota-onalarning badiiy chiqishlarini ko‘rish tavsiya qilinadi. M: musiqiy rahbarning chiqishidan so‘ng bolalar o‘zlari o‘rgangan ashula, o‘yinlarni bajarishadi, sahn- alar ko‘rsatishadi yoki biror ertak sahna-lashtiriladi. Bunday kechalar uchun «Bolani qanday sevish kerak?», «Bolalar tarbiyasida otaning roli», «Biz o‘z bolalarimizni bilamiz- mi?», «Savol va javoblar kechasi» va h.k. mavzularni tanlash mumkin. Ota-onalarning bolalar yozuvchilari, shoirlarn, bastakorlari bilan uchrashuvlari foydalidir. Oila bilan ishlashning og‘zaki jurnal. yumaloq stol atrofida uchrashuv kabi shakllari yaxshi natija beradi, bunda pedagog, shifokor, huquqshunos va b. ishtirok etadi. Bolalar tarbiyasida zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda ota- onalarga yordam berish maqsadida ular uchun qisqa muddatli to‘garaklar tashkil etilib, undagi mashg‘ulotlarda bolalar kiyimini bichish va tikishni, to‘qishni, turli xil ovqatlar tayyorlashni o‘rganishadi. Ular bilan bolalar ashulalari o‘rganiladi, yasama o‘yinchoqlar tayyorlash san’ati o‘rgatiladi. Ota-onalar bilan o‘tkaziladigan savol va javob kechalari, ochiq eshiklar kunlari diqqatga sazovordir. Ota-onalarni tanlov harakteridagi tashkiliy- pedagogik ishlarga jalb qilish, M: yumshoq o‘yinchoq tayyorlash, suv va qum bilan o‘ynash uchun o‘yinchoqlar yasash, syujetli-rolli o‘yinlar, maydonchalarni ko‘kalamzorlashtirish uchun jihozlar tayyorlash muhim tadbirlardir. Bunday tanlovlar yillik rejada o‘z ifodasini topgan bo‘lishi kerak. Tanlov shartlarini umumiy ota-onalar majlisida muhokama qilish va ma’qullatib olish kerak. Faol ishtirokchi ota-onalarga tashakkurnoma e’lon qilib, ish joy- lariga ma’lum qilish kerak, bundan ular ma’na-viy qoniqish oladi. Bunday ishlarni o‘tkazishda katta yoshdagilarni ham yoddan chiqarmaslik kerak. Buvi va buvalarning ama- liy masla-hatlari, ularning boy hayotiy tajribalari yosh ota-onalar uchun ham, tarbiyachilar uchun ham qimmatlidir. SHunday qilib, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, u nikoh va qon- qarindoshlikka asoslanishi hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega. Bolalarni maktabga tayyorlashda oila alohida ahamiyat kasb etadigan maskandir. Oila bolani maktabga tayyorlashda tarbiyani har tomonlama, jumladan ma’naviy, axloqiy, aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyalarini birgalikda olib borish yaxshisamara beradi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar maktabgacha ta’limni uyda ota-onalarning mustaqil ta’lim berishi orqali yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha tarbiya muas- sasalarida, shuningdek, MTTga jalb qilingan bolalar uchun bolalar bog‘chasida, mak- tablarda, maxallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Oila sha- roitida ta’lim MTT bilan o‘zaro hamkorlikda tashkil etilsagina kutilgan natijalarga erishish mumkin. SHu maqsadda MTT oilalarga metodik yordam ko‘rsatadi. Bu boradagi pedagogik faoliyat jamoaviy va indi- viual ishlar shaklida amalga oshiriladi. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: Oila tushunchasiga ta’rif bering. Oilaning psixologik, ijtimoiy va iqtisodiy talqinini bayon eting. Qanday asoslarga ko‘ra oilaning vazifalarini tasnif etish mumkin? Jamiyatga munosabati bo‘yicha oilaning vazifalarini aytib bering. Insonlarga munosabati bo‘yicha oilaning vazifalariga nimalar kiradi? Pedagogik-psixologik adabiyotlarda hozirgi zamon oilasining qanday vazifalari ajratib ko‘rsatilgan? Oilaning tarbiyaviy funksiyasining mohiyatini tushun-tiring. Oila bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish qoidalarini bayon eting. MTTning oila bilan olib boradigan ishlarining nechta shaklini ajratib ko‘rsatish mumkin? MTTning oila bilan olib boradigan ishlarining jamoaviy shakllariga nimalar kiradi? MTTning olia bilan olib boradigan ishlarining individual shakllariga nimalar kiradi? mavzu. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA JISMONIY JIHATDAN TAYYORLASH Tayanch iboralar: bola, maktabga tayyorgarlik,jismoniy tay-yorgarlik, jismoniy rivojlan- ish, kun tartibi, chidamlilik R E J A: 1.Bolaning maktabda o‘kishiga jismoniy tayyorligi. 2.Jismoniy rivojlanganlik darajasi 3. Bolalarni maktabga tayyorlashda kun tartibining o‘rni Bolani maktabda o‘kishga jismoniy tayyorligi o‘kishning muvaf-fakiyatli bo‘lish- ida katta ahamiyatga egadir. Maktabga chikish muno-sabati bilan bola turmush tarzining kayta kurilishi, kun tartibining o‘zgarishi, jiddiy o‘kuv mehnati, darslarning davomiyligi undan sezi-larli jismoniy zo‘r berishni talab kiladi. Maktabga jismoniy tayyorlik ko‘pgina tarkibiy kismlardan tarkib topadi: 1.Maktabgacha yoshdagi bolalar salomatligining yahshi bulishi; 2.Organizimning chinikkanligi, ma’lum darajada chidamliligi va ish kobiliyati, kasalliklarga karshilik kursata olishi; Maktabgacha yoshdagi bolalarni mayda ko‘l motorikasining rivojlanganligi; Madaniy gigienik malakalarni egallanishini, ularda shahsiy gigiena qoidalariga rioya kilish odatini tarbiyalashni nazarda tutadi. Jismoniy tayyorlik bola maktabaga tayyorgarligining zarur tar-kibiy qismi hisobla- nadi. Maktabga etuklikni aniqlashda bola sog‘ligining holati va organizmning biologik etukligini baholash (antropometrik ko‘rsatkichlar suyak, mushak, nafas olish va yurak-to- mir tizimining) rivojlanganligini nazarda tutuvchi ko‘p omilli tahlildan, maktabga funksional tayyorlikni «Maktabga etuklik»ni asosiy ko‘rsatkichi va eng avvalo bir kator fiziologik funksiyala-rining rivojlanish darajasini baholashdan foydalaniladi. Bularga: ---- ---partada anchagina o‘zok muddat o‘tirish uchun zarur bo‘ladigan tormizlanish kobiliyatining rivojlanganligi; ----- harakatlarni yahshi boshkarish, jumladan yozish va rasm solishga alokador grafik va- zifalarni bajarishda zarur bo‘ladigan barmoklarning mayda harakatlari; ----- ijobiy va tormozlanishiga hos shartli alokalarni nisbatan tez hosil kilish hamda mus- tahkamlash, shuningdek ikkinchi signal sistemaning etarlicha ivojlanganligiga talluklidir. Kun tartibi, chiniktiruvchi muolajalar, muntazam jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, hilma-hil harakatli uyinlar va jismoniy mashklar faolharakat rejimi bo- lalarni maktabda o‘kishiga jismoniy tayyorligini ta’minlashning zaruriy shartlari hisobla- nadi. Jismoniy rivojlanganlik darajasi Mustakil tarzda jismoniy mashklarni bajara olish; Buyrukkka (start, stop) asoslanib yugura olish; Narvo‘n yordamida tepalikka chika olish va pastga tusha olish; Narvon ustida o‘tirib oldinga siljiy olish; 5 sekund davomida arkonda osilib turish; Arg‘imchok ucha olish; CHeklangan saf va chizik bylab yura olish; Kiya ko‘yilgan tahta ustidan yurib o‘ta olish; Bir oyokda kaldirgoch bo‘lib tura olish; Oyok uchlari bilan buyumlarni kisib ko‘tarish, pastga surish va bir joydan ikkinchi joyga ko‘chira olish; Joyidan turib 15-20 marta sakray olish, 70-8- sm o‘zunlikka sakray olish, 30 sm balandlikdagi to‘sikdan sakrab o‘tish; To‘htamasdan 2-3 minut davomida yugura olish; 100 metr masofani to‘htamasdan yugurib o‘tish; 10 metr masofani emaklab o‘tish; Safda to‘g‘ri turish va safni o‘zunasiga yurish; Saflanish va kayta saflanishni bilish; Musika ohangiga mos holda harakat kila bilish; Koptokni irg‘itish va ilib olish; Ilon izi shaklida yurish; To‘p-to‘p bo‘lib aylana bo‘ylab yura olish; Halk o‘yinlari «Kim chakkon», «Ok terakmi-ko‘k terak?», «Kuyonim kuyonim ne bo‘ldi?», «CHitti gul»... Bolalarni maktabga tayyorlashda kun tartibining o‘rni Kun tartibidagi aksariyat xollarda genetik va chiniktiruvchi muola-jalarni bajarish orkali bolaning bilim doirasi kengayadi. Akliy faolligi ortadi. U jasurlik, xallolik, batartiblik, ka’tiylik, mustakillik va shunga o‘xshash ijobiy xulk normalari va koidalarini xam egallab shakllanadi. Jismoniy tarbiya aksariyat xollarda butun gurux bilan bajariladi. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida harakatli o‘yin- larda bolalarda jamoatchilik uyushkoklik, intizomlilik kabi xislatlar shakllanadi. O‘kish uchun bolalar anchagina jismoniy va akliy kuch sarflashlari kerak. SHuning uchun ota-ona bola maktabga borguniga kadar uning to‘g‘ri jismoniy rivojlanishi va sog‘lom bo‘lib o‘si- shi g‘amho‘rlik kilishi juda muhimdir. Odatda, sog‘lom bola kasalmand va zaif bolaga nisbatan maktab tartibiga va butun dars davomida o‘zida jush urib turgan g‘ayratlarini tiyib jim o‘tirishga tezrok ko‘nikadi. Har bir bola anik kun tartibiga ongli ravishda rioya kilishiga bog‘lik . Bolani maktab rejimiga tayyorlashda, uning sog‘ligini mustahkam- lashda ertalab ma’lum vaktda o‘rindan turish, ovkatlanish va uykuga yotishga anik rioya kilinishi kerak. Har bir oila mehnat faoliyatining harakteri, maishiy sharoiti, bolalarning soni va shu kabilarga o‘z yashash tartibini o‘rnatadi. Birok bir narsani, ya’ni maktabgacha yoshdagi bolaning nonushtasi va tushligi o‘rtasidagi oralik 4 soatdan oshmasligini, tushlik va kechki ovkat o‘rtasidagi oralik – bir oz kattarok (6-7 soat), buning orasida engil ovkatlanish kechki choy bo‘lishi muhimdir. Bolaning bir sutkadagi uyqusi tahminan 11 soatni tashkil kilishi kerak. Bola tushlikdan sung 1-1,5 soat dam olishi, kechkurun u doimo bir vaktda, ya’ni 9 dan kechikmay uhlashi muhimdir. Bolalarni to‘g‘ri dam olishlari uchun kuyidagi koidalarga rioya qilish zarurdir: bola uhlaydigan honani yahshilab shamollating; bolani uhlashga yotishdan oldin tishini tozalashga, yuz-ko‘li, buyni, oyog‘ini yuvishga odatlantiring; bolaga o‘rinda nonushta kilishga aslo yul kuymaslik. Bolaning normal rivojlanishi uchun u toza havoda ko‘p harakat kilishi kerak. Tengdoshlari bilan chopsin, sakrasin, narsalarga tirmashib chiksin. Bola ochik havoda kish oylarida 4 soatdan kam bo‘lmasin, yozda esa deyarli butun kunini ochik havoda o‘tkazishi kerak. Bolaga uzzu-kun tinim bilmay lakillab yurishga yul kuyib bulmaydi, bunday ortikcha o‘yinkaroklikdan bola maktabning talabchan inti-zomiga ko‘nikishi kiyin bo‘ladi. Harakatli o‘yinlarning tinch mashg‘u-lotlar bilan almashinib turishini ko‘zatib borish zarur. Bolaning kundalik tartibga amal kilishi uchun asosan, kat’iy nazorat lozim. Bola kundalik tartibni bajarish majburiyligiga va hech kanday gap, iltimoslar, ma’lum vaktda ovkatlanmaslik hamda o‘ynamaslikka sabab bo‘la olmasligiga ko‘nikishi kerak. SHu bilan birga rejimning zarur-ligi va uning foydasini doimo tushuntirib borish lozim. Kun tartibining ahamiyati bola faoliyatining har hil turlarining almashinib turishini ta’minlashdir, bu esa yosh, o‘suvchi organizmni charchashdan sak- laydi, bolaning har tomonlama kamol topishiga imkon beradi. Masalan, kizikib ketib, stol- dan 40 minut davomida turmadi, lekin u faol harakat kilishi, ya’ni o‘ynashi, chopishi kerak. SHuning uchun u o‘ynab bo‘lganidan keyingina unga tinch o‘yin yoki mashg‘ulotni tavsiya kilish mumkin. Agarda ish shu yusinda ketsa, bola shunday tartibga rioya kilsa, u kay darajada bo‘lmasin asta-sekin o‘z faoliya-tini boshkarishga odatlanadi, bu uni kundalik va maktab rejimining asosiy koidalariga osongina ko‘nikishida kata ahamiyatga egadir. Olti yoshli bolaning kun tartibi 1. O‘rnidan turish, badan tarbiya mashklarini kilish, yuvinish, o‘rinni yig‘ishtirish. 8.00-8.45 2. No nushta 8.45-9.15 3. Sa yr 9.15-10.00 4. M ashg‘ulot 10.00-11.00 Och ik havoda o‘ynash, sayr kilish, ko‘ngil ochish. 11.00-12.45 Tu shlik ovkat 12.45-13.15 Ku nduzgi uyku 13.15-15.00 O‘zi yoktirgan ish bilan shug‘ullanish uchun bo‘sh vakt 15.00-16.00 9. Ke chki choy 16.00-16.15 Och ik havoda sayr kilish va o‘ynash 16.15-18.00 Kechki ovkat 18.00-18.30 Tinch uyinlar, kattalar topshirig‘iga ko‘ra ko‘lidan keladigan ishlarni bajarish 18.30-20.15 Uy kuga tayyorlanish, gigienik tadbirlar (tishni tozalash, yuvinish) 20.15-20.30 Tu ngu uyku 20.30 Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: Bolalarning maktabda o‘kishiga jismoniy tayyorligi nimalardan iborat? Bolalarni maktabga tayyorlashda kun tartibi qanday bo‘lishi kerak? Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari qaysilar? Jismoniy tarbiyaning birinchi darajaliy vazifalariga nimalar kiradi7 mavzu. BOLALARNING MAKTABTA’LIMIGA TAYYORLASHDA NUTKINI RIVOJLANTIRISH VA SAVODGA URGATISH Tayanch tushunchalar: ruhiyat, sog‘lom, tetik, rivojlantirish, ahloqiy sifatlari, o‘zlashtirish, me’yorli. R E J A: Maktabgacha yoshdagi bolalarni turli faoliyat yunalishlarida savod o‘rgatishga tayyor- lash. Tayyorlov guruhida nutq, o‘qish va savodga tayyorlash Bola nutqi rivojlanganligini aniqlash (savodxonlikka o‘rgatish). Bolalar nutqini o‘stirish va savodga tayyorgarlik Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi ko‘p jihatdan barkamol, intellektual salohiyatli avlod va unga ta’lim-tarbiya berish sifatiga bog‘liq. SHu bois Vatani, halqini sevadigan, istiqlol g‘oyalariga sadoqatli, mustaqil fikrlaydigan ijodkor shaxsni etishtirish davlatning ta’lim sohasidagi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. SHuning bilan birga ta’lim tizimidagi tub islohotlar orqali shaxs ma’naviy kamolotini ta’minlash mazkur yo‘nalish- ning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, bu haqda O‘zbekiston Respublika-sining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalash davlat ahamiyatiga molik muhim vazifalari- dan biri ekanligi ko‘rsatilgan. Maktabgacha ta’lim, umuman olganda, uzliksiz ta’limning birinchi bosqichi hisoblanib, u maktabda o‘qish uchun tayyor bo‘lgan sog‘lom va to‘laqonli shaxs sifatida shakllangan bolani tarbiyalashni ko‘zda tutadi. Bolani maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olishga tayyorlash uchun unga ona tilining barcha boyliklarini egallab olish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish zarur. Bola nutqining rivoji ko‘p jihatdan uning ruhiyatiga, sog‘lom, tetik o‘sishiga. Ahloqiy sifatlariga o‘quv dasturini o‘zlashtirishda me’yorli bajarilishini ta’minlashshiga, qo‘llanmalarning monan- dligiga bog‘liqdir. Bu masalalar maktabgacha ta’limda o‘z echimi ifodasini topishi va o‘z ona tilida ravon gapira oladigan qilib tarbiyalashga qaratilishi zarur. Bolalarning aqliy ja- rayonini rivojlantirish uchun ularning nutqini o‘stirish zarur: Bola har bir so‘z manosini tushuna olishi uni o‘z nutqida erkin ifoda-lashga muvofiq bo‘lishi kerak. Tushunchalar tizimiga moslashgan bola o‘z fikrini jamlab gapirishga va ifodalab berishga o‘rganadi. Og‘zaki nutqni o‘stirish bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda, asosan, bolalarning og‘zaki nutqini o‘stirishga, nutqni grammatik tomondan to‘g‘ri shakllantirishga, nutqning morfologik va sintaksis tomon-larini shakllantirishni davom et- tirish: sodda va qo‘shma gaplar tuzish, bunda barcha so‘z turkumlaridan foydalanishga o‘rgatish, bolalarni gapirganda sonni otga, sifatni otga, sifatni fe’lga to‘g‘ri ishlatish mala- kalarini takomillashtirish, tovush va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etishga, ravon gapirishga, mustaqil hikoya qilishga e’tibor beriladi. Og‘zaki nutqini o‘stirishda mustaqil hikoya qi- lishga o‘rgatish katta o‘rin egallaydi: bolalalarni o‘z hayotlarida uchragan voqealar, suratlarga qarab, tarbiya-chining taklif qilgan mavzusi asosida hikoyalar tuzishga o‘rgatiladi. Tayyorlov guruh bolalarining hikoyalari mazmunan bog‘langan, ma’lum izchillikda, grammatik tomondan to‘g‘ri tuzil- gan bo‘lishi kerak. Maktabgacha ta’lim tashkilotining asosiy vazifalaridan biri bolalarning o‘z xalqining badiiy tilini o‘zlashtirib olishlari nati-jasida ularning to‘g‘ri og‘zaki nutqini shakllantirishdan iboratdir. Bu umumiy vazifa quyidagi maxsus vazifalar- dan iborat: nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, lug‘atni boyitish, mustahkamlash va faollashtirish, nutqning grammatik to‘g‘riligini takomillashtirish, og‘zaki (dialogik) nutqni shakllantirish, ravon nutqni rivojlanti- rish, badiiy so‘zga qiziqishni tarbiyalash, savod o‘rgatishga tayyorlash. Bolalar nutqini rivojlantirishni tegishli dastur asosida amalga oshirish zarur. Ushbu dasturda atrof-olam haqidagi bilimlar doirasi va lug‘at hajmi, har bir yosh bosqichida bolalarda shakllanishi lozim bo‘lgan nutqiy mahorat va ko‘nikmalar bel- gilangan bo‘lib, u shaxsning muayyan sifatlarini (kirishimlilik, xushmuomalalik, bosiqlik) tarbiyalashni ko‘zda tutishi lozim. Nutqni rivojlantirish dasturi ilmiy asoslarga qurilgan bo‘lib, u butun mazmuni bilan bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan. Nutqni rivojlantirish dasturi bola faoli- yatining o‘quv, o‘yin, mehnat va maishiy kabi shakllarida amalga oshadi. Jamoat tarbiyasi sharoitida ta’lim - bola nutqini shakllantirishning etakchi vositasi hisoblanadi. Ona tilini o‘qitish – bolalarning bilish qobiliyatini rejali, aniq maqsadni ko‘zlagan holda rivojlan- tirish, ularning atrof-olam haqidagi eng oddiy bilimlarni va tegishli lug‘atni o‘zlashtirish, nutqiy mahorat va ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonidir. Maktabgacha yoshdagi bo- lalarni o‘qitishning asosiy shakli – mashg‘ulotlardir. Didaktik maqsadlar bo‘yicha quyidagi mashg‘ulotlar turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: o yangi materialni ma’lum qilish mashg‘uloti; o bilimlar, mahorat va ko‘nikmalar mustahkamlashga oid mashg‘ulotlar; o bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirishga oid mashg‘ulotlar; o yakuniy mashg‘ulotlar yoki hisob-tekshiruv (nazorat) mashg‘ulotlari. 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirishga doir mashg‘ulotlarni didaktik o‘yinlar, ermak o‘yinlar, sahna ko‘rinishlari shaklida o‘tkazish tavsiya qilinadi. Ular nafaqat ko‘ngilochar tusga, balki albatta ta’lim tusiga ega bo‘lishi lozim. 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish emotsional tusga ega bo‘lishi lozim. Bunda ko‘rgazmaviylik, o‘yin usullari va didaktik o‘yinlarni keng qo‘llash zarur. 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirishga doir mashg‘ulotlar muayyan vazifaga ega – ya’ni, u bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlashni ko‘zda tutadi. Mashg‘ulotlarda pedagog nutqiy vazifalardan tashqari o‘quv faoliyati-ni yo‘lga qo‘yish qobiliyatini shakllantirish (diqqat-e’tiborli bo‘lish, pedagog topshirig‘ini tinglash, tushunish va uni aniq bajarish, bolalar jamoasi oldida fikr oldira olish, tengdoshining javo- biga oddiy baho bera olish va h.k.) vazifasini ham bajaradi. Savodga tayyorlash bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda savodga o‘rgatish ikki davrga ajratiladi. Tayyorgarlik davri. Asosiy davr (Savodga tayyorlash). Savodga o‘rgatishning tayyorgarlik davri vazifalari sentyabr, oktyabr oylarida rejalashtiriladi. Bu davrda quyidagi ishlar olib boriladi: Tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etish va so‘zning tovush tarkibi xaqidagi tasavvurlarini aniqlash va shakllantirish. Unli va undosh tovushlar haqida tushuncha berish. Jarangli va jarangsiz tovushlarni ajratishga o‘rgatish asosida fonematik idrokni va tasavvurni rivojlantirish. Oddiy tahlil va sintez qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish. gapni so‘zlarga bo‘lish, so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lish; ma’lum tovushlarning o‘rnini aniqlash (so‘zning boshida, o‘rtasida va oxirida); v) so‘zda tovushlar ketma-ketligini va sonini aniqlash; g) tovushlardan bo‘g‘inlar, so‘zlar tuzishga o‘rgatish; d) tovushlarni eshitishda farqlashga o‘rgatish; Tayyorlov guruhida nutq, o‘qish va savodga tayyorlash yo‘nalishining savodga o‘rgat- ish bo‘limi 2-bosqichi - asosiy davrida (oktyabr-may) quyidagi ishlar olib boriladi: Berilgan tovushni harf belgisi bilan tanishtirish. Kesma harflar yordamida tovush-harf tahlil va sintezi bo‘yicha mashqlarni bajarishga o‘rgatib borish; Bo‘g‘in o‘qish; 2. Kesma harflar yordamida bo‘g‘in va so‘zlarni tuzish va ularni bo‘g‘inlab o‘qishga o‘rgatish. Tayyorlov guruhlarida yil davomida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar bola-lar yoshiga mos bo‘lishi va ketma-ketlikda olib borilishi kerak .Mashg‘ulotlar ishlanmasida mavzun- ing maqsad-vazifalari, kutila-yotgan nati-jalar, kerakli jihozlar, mashg‘ulotning borishi to‘liq ritiladi.Mash-g‘ulot mavzulari bolalar uchun tushunarli, amaliy ishlar va turli in-ter- faol o‘yinlar bolalar yoshiga mos, qiziqarli va turli bo‘lishi lozim. Mashg‘ulotlar davomida bolalar barmoq mashq-larini tetiklashtiruvchi daqiqalarda bajaradilar, harflar bilan maxsus o‘yinlar (yig‘ish, terish),amaliy ishlarni bajarib, alifbeni bilib, bo‘g‘inlarni o‘qiy olish ko‘nikmalari mustahkamlanib boradi. Bola nutqi rivojlanganligini aniqlash(savodxonlikka o‘rgatish). Download 304.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling