Respublikasi oliy
Download 304.33 Kb.
|
Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi majmua
Bayramni o‘tkazishning namunaviy tuzilishi:
o majlislar zalida o‘ttiz daqiqa davomida turli guruh ota-onalari uchun MTT faol tarbiya- lanuvchilarining chiqishlari tashkil etiladi, eng yaxshi guruh va alohida tarbiyalanuvchilar belgilanadi; o guruhlar bilan tanishish (tarbiyalanuvchilar ota-onalarga qanday yashayotganliklari, qanday ta’lim olayotganliklari, nimani o‘rgangan-liklari, o‘zlarining ko‘nikma va malakalarini namoyish etishadi; maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchi- lari suvenirlar tayyorlashadi va ota-onalarga topshirishadi); o ko‘rgazmalarga tashrif buyurish: «Eng yaxshi rasmlar», «Eng yaxshi ko‘lda bajarilgan ishlar», «Kichik musavvirlar va konstruktorlar» va boshqalar; o ota-onalar qo‘mitasi sovrini uchun tashkil etilgan sport musobaqalari; o tarbiyalanuvchilarning badiiy film ko‘rishi; o ota-onalar uchun film namoyish etish. Albatta bunday ochiq eshiklar kunini o‘tkazish variantlari ko‘p. Eng asosiysi – MTTda olib borilayotgan ishlarni namoyish etish, ota-ona-larning e’tiborini tarbiyaviy masalalarga qaratish. Ota-onalar majlisi – an’anaviy, hammaga yaxshi ma’lum ish shakli. SHu bilan birga bugun majlis o‘tkazish metodikasi uni takomillash-tirishni talab etadi. Guruh majlisini tashkil et- ishga yondashuvlardan biri – majlis mavzularini muammoli tarzda shakllantirish: «Qiyin- chiliklardan qochish yoki ularni chetlab o‘tish bolalarni tarbiya-lashga yordam beradimi?», «Rahmdil, g‘amxo‘r qilib tarbiyalashni kechik-tirish mumkinmi?», «Bolalardagi dangasal- ikni qanday yo‘qotish kerak?», «Bolalarni o‘zini-o‘zi tarbiyalash ishlariga qanday jalb et- ish kerak?» Faqatgina muammo shakllantirilib qolmasdan, o‘tkazish uchun qiziqarli ham bo‘lishi kerak. MTTda tashkil etiladigan individual ishlar ota-onalar bilan ishlashda muhim o‘rin tutadi. Individual ish shakllaridan biri – tarbiyalanuvchining oilasiga tashrif buyurishdir. Bu shakl tarbiyachi va ota-onalarga juda yaxshi ma’lum, biroq, ikki holatda tashrif buyurish to‘xtatilishi zarur. Oila tashrif buyurish oldindan kelishilgan holda amalga oshirilishi zarur. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, bugun 90% bolalar ota ham, ona ham ishlaydi- gan oilalarda tarbiyalanadi. Demak, har qanday vaqt ham tarbiyalanuvchiga tashrif buyurish uchun qulay emas. Noo‘rin tashrif buyurish biror ish bilan mashg‘ul bo‘lib turgan ota-onalarda norozilik uyg‘otishi mumkin. Ba’zan shunday ham bo‘ladiki, tarbiyachi uyga borgan-da kim bilan suhbatlashishni ham rejalashtirmaydi. Oila tarbiyasiga doir qator tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, «taklif bo‘yicha tashrif buyurish» tarbiyachining oilaga tashrif buyurishiga nisbatan tarbiya-lanuvchilarning salbiydan ijobiy, faolgacha bo‘lgan radikal munosabatlarini o‘zgartiradi. Pedagogik maslahat – MTT tomonidan ota-onalarga maktabgacha ta’lim yoshi bolalarini samarali tarbiyalashga doir muammolarni hal qilishda ko‘rsatiladigan amaliy-metodik yordam. Maslahatning peda-gogik-psixologik shartlari o‘zida tarbichi va psixologning ota- onalar-ning tashabbuslariga ijobiy munosabati, oilaga yordam ko‘rsatishga tayyor turish, ota-onalarda paydo bo‘lgan savollar bo‘yicha aniq tavsiya maslahatlar berishni aks ettiradi. Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni MTTda ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha yillik reja tuziladi. Bu reja pedagogik kengashda muhokama qilinadi. Rejada umumiy va guruhiy majlislar, ota-onalar uchun ochiq eshik kunlari, suhbat va maslahatlar, otaliq tash- kilotlarida ko‘rgazmalar tashkil etishva konsertlar qo‘yib berish, shuningdek bu tadbirlarni o‘tkazish vaqtlari va unga ma’sul bo‘lgan shaxslar (kuzatuv guruxi) belgilanadi. Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mavzulari va mazmuni tarbiyachi-metodistning rejasida va tarbiyachining kalendar rejasida aks etadi. Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha juda ko‘p ishlarni tarbiyachi – pedagog amalga oshiradi, chunki u bola tarbiyasida yuz berayotgan o‘zgarishlarni xammadan ko‘proq ko‘radi va bolalar hayoti bilan yaqindan tanish bo‘ladi. U ota- onalarga bolalar tarbiyasida nimalarga ko‘proq e’tibor Berish kerakligi, ularni maktab ta’limiga tayyorlash, sog‘lig‘ini saqlash, ovqati va kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish va boshqalar sohasida tavsiyalar berib boradi. Tarbiyachilarning ota-onalar bilan olib boradigan ishlari shakl va metodlarini tavsiflashdan oldin ularning o‘zaro birgalikdagi faoliyati va oila bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish usullarining ba’zi psixologik-pedagogik ta’sirlariga to‘xtalib o‘tish lozim. Download 304.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling