Respublikasi oliy
Download 304.33 Kb.
|
Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi majmua
Stol-bosma o‘yinlari bolalarning tevarak-atrof haqidagi
tasavvurlarini aniqlash, bir tizimga solish, tafakkurini (tahlil qilish, umumlashtirish, tavsi- flash) o‘stirish imkonini beruvchi o‘yin turidir. Bu o‘yin turiga lotto, juft rasmlar, domino va labirint kiradi. Og‘zaki so‘z o‘yinlari bolani eshita olish, zudlik bilan javob topa olish, o‘z fikrlarini tez va aniq ifoda eta olishga o‘rgatadigan o‘yinlar sanaladi. Bu kabi o‘yinlar odatda katta mak- tabgacha yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladi. Bunday o‘yinlar bolaning aqliy rivojlanishida katta ahamiyatga ega. YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘yin turlarida didaktik maqsad va o‘yin materiallarining mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi. Buyum va o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar bolaning ilk yoshidan boshlab, to mak- tab yoshiga etgunga qadar o‘ynaladigan o‘yin turi hisoblanadi. Bunda bolalarning tasav- vurlari, diqqatlari o‘yin sosini tashkil etadi. Ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, ularning sifati, foydali tomonlari to‘g‘risida umumiy tushuncha hosil bo‘ladi. O‘yinda o‘ynaladigan har bir buyum yoki o‘yinchoq o‘zining tashqi ko‘rinishiga ega bo‘lishi, narsaning asosiy belgisini ajrata bilish imkonini berishi lozim. Bunday o‘yinlar bolalarning narsalarning shakli, hajmi, belgisi, sifati haqidagi bilimlarini kengaytiradi. Demak, o‘yin kishilik faoliyatining muhim turi hamda ijtimoiy munosabatlar mazmunining bolalar tomonidan imitatsiyalash (ko‘chirish, taqlid) O‘yinning maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar hayotida o‘rni nimalarda namoyon bo‘ladi? MTTda qo‘llaniladigan bolalar o‘yinlari necha turga ajratiladi? Ijodiy o‘yinlar nima? Qanay o‘yinlar qurilish o‘yinlari sanaladi? Tarbiyachi syujetli-rolli o‘yinlarga rahbarlik qilishda qaysi jihatlarga e’tibor qaratishi lozim? Sahanalashtirilgan o‘yinlar qanday bosqichlarda tashkil etiladi? Qurilish materiallari bilan tashkil etiladigan o‘yinlarni uyushtirishda nimalarga e’tibor qaratilishi zarur? Didaktik o‘yinlarning qanday turlari mavjud? mavzu. BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHDA MTT, OILA VA MAKTABNING XAMKORLIGI Tayanch tushunchalar: oila, MTT hamkorlik, oila va MTThamkorligi, ota-onalar bilan ish- lash, ota-onalar bilan ishlash shakllari. R E J A: «Oila» tushunchasi va uning mohiyati Oilaning bolani maktabga tayyorlashda o‘rni Oila bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish qoidalari. Oila – nikohga yoki a’zolarining ijtimoiy turmush tarzi, o‘zaro axloqiy javobgarligi va o‘zaro yordamiga asoslangan qon- karindosh- larning kichik guruhi3. Insonparvar demo- kratik huquqiy davlatda mavjud bo‘lgan oilaga quyidagicha ta’rif mavjud: «Oila jamiyat- ning tabiiy va asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, yuridik ma’noda nikoh, qarindoshlik, farzandlikka olish yoki boshqa shakllarda bolalarni doimiy tarbiyaga olishdan kelib chiqadigan tegishli huquq va majburiyatlar bilan bog‘langan shaxslar doirasidan iborat bo‘lgan milliy mus- taqillik mafkurasiga, umuminsoniy qadriyatlar va sharqona an’analarga asoslangan oilaviy munosabatlarni rivojlantirib, uni mustah-kamlashga qaratilgan fuqarolar ittifoqidan iboratdir»4. Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, u nikoh va qon-qarindoshlikka asoslanishi hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega, shuningdek, jamiyat va davlat oilani, otalik, onalik va bolalikni himoya qiladi va oilaviy munosabatlarga umuminsoniy va milliy qadriyatlar joriy etilishini ta’minlaydi5. Psixolog olimlar oilani kichik bir ijtimoiy guruh sifatida ta’riflaydi. Oilani tashkil etuvchi ushbu guruh nikoh orqali hamda yaqin urug‘chilik rishtalari bilan bir-biriga bog‘langan bo‘lib, ular o‘rtasidagi munosabatlarga xos bo‘lgan muhim jihatlar – o‘zaro mehr-muhabbat, g‘amxo‘rlik, mas’uliyatlilik va albatta, hayot, tur- mush tarzidagi umumiylikdir6. Sotsiologiya oilaga yaxlit ijtimoiy organizmning qismi, jamiyat bo‘g‘ini, ijtimoiy tarbiya jamoasi sifatida qaraydi. Ijtimoiy-iqtisodiy sohada sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar albatta, oilada o‘z aksini topadi. Biroq boshqa – ishlab chiqarish, kasbiy, siyosiy ijti-moiy birlashmalardan farqli ravishda oila to‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta qurishga uchramaydi. Oilan- ing axloqiy, psixologik jihatdan yangi-lanishi uzoq, murakkab, qarama-qarshiliklarga bog‘liq jarayondir. Oila hayoti mazmunidan kelib chiqqan holda ko‘p tomonlamaMuno-sabatlar bilan tavsi- flanadi, SHunga ko‘ra oilaviy munosabatlar quyidagi shakllarga ega: Ijtimoiy-biologik,Xo‘jalik-iqtisodiy Axloqiy, Psixologik ,iqtisodiy munosabatlar. Iqtisodiy sohadagiga qaraganda, yangi munosabat, yangi axloq me’yorlari oilada sekin sur’atlarda amalga oshadi. Oilaviy o‘zgarishlarning amalga oshishida bi- ologik, psixologik, demografik omillar ham ishtirok etadi. Olimlarning fikricha, odamlar hayotining birdan-bir to‘g‘ri yo‘li oilaviy hayotdir. Binobarin, oila inson uchun mehnat qobiliyatini tiklash va dam olish joyi. SHuningdek, oila muhim tarbiya o‘chog‘i hamdir. Oilada bolalar tarbiyasida ota-bobolar, momolardan qolgan, ming yillar mobaynida hayot sinovlaridan o‘tgan yaxshi udum, odatlar mavjud. M.Inomova oilaning quyidagi jihatlarini alohida ajratib ko‘rsatgan: birinchidan, oila o‘ziga xos va takrorlanmas ta’sirga ega; ikkin- chidan, oila bola uchun o‘ziga xos «ko‘zgu» bo‘lib, ota-onaning namunasi, ibrati bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi; uchinchidan, oila o‘ziga xos hissiyotlar olamidan iborat bo‘lib, unda ijobiy va ba’zan salbiy his-tuyg‘ular jamuljam bo‘ladi; to‘rtinchidan, oila sharoitida bolalarda o‘zgalarga nisbatan hamdardlik tuyg‘ulari ham tarbiyalanadi; beshinchidan, oiladagi maishiy turmushda bolaning ishtirok etishi ham axloqiy tarbiyaning muhim omili sanaladi; oltinchidan, oila – er-xotinlik, ota-onalik vazifalarini aks ettiradi. Ota- onaning bir-biriga bo‘lgan muhabbati bolaga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy tarbiyaviy omillardan biriga aylani- shi mumkin7. Oila rivojining har bir bosqichi bir funksiya-sining tugashi,boshqa-sining paydo bo‘lishi, uning a’zolarining ijtimoiy faoliyati-ning o‘sib borish ko‘lami va tavsifi bilan bog‘liq. V.A. Slastenin, I.F. Isaev, E.N. Isaevlarning fikricha, oila jamiyat va odamlarga munosabati bo‘yicha muhim ijtimoiy ahamiyatga ega funksiyalarni bajaradi. Oilaning bolani maktabga tayyorlashda o‘rni Bolalarni maktabga tayyorlashda oila alohida ahamiyat kasb etadi-gan maskandir. Bola tarbiyasida oilaning barcha a’zolaridan nafaqat bolalarga nisbatan to‘g‘ri munosa- batni, balki ularning taqdiri uchun yuksak ma’suliyat xissini ham talab qiluvchi qiyin va murakkabishdir. Oila bolani maktabga tayyorlashda tarbiyani har tomonlama, jumladan ma’naviy, axloqiy, aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyalarini birgalikda olib borish yaxshi samara beradi. Download 304.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling