Respublikasi oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti


Download 1.25 Mb.
bet1/15
Sana13.04.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1355305
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Behzodjon


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O’RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
“Tabiiy fanlar” fakulteti

Biologiya yo’nalishda 03/21 – guruh talabasi


Haydarov Behzodning
“Baliqlarda uchraydigan parazitlar va uning oldini olish choralari” mavzusidagi

KURS ISHI


BAJARDI _________________


TEKSHIRDI _________________

QO’QON 2023


MUNDARIJA
KIRISH 3
I BOB. PARAZIT HAYVONLAR HAQIDA UMUMIY
MA’LUMOT… 6

    1. Baliqlarda uchraydigan parazitlar turlari 13

    2. Baliqlarda uchraydigan parazitlar o’rtasidagi farq va oxshashlar 15

II BOB BALIQLARDA UCHRAYDIGAN PARAZITLARGA QARSHI
KURASHISH CHORALARI 18

    1. Baliqlardagi parazitlarni aniqlash turlari kelib chiqish sabablari va xavfli kasaliklari 18

    2. Baliqardagi parazitlarning odamlarda keltirib chiqaradigan xavfli kasaliklari 19

Xulosa 35
Foydalanilgan adabiyotlar 36



Kirish


Parazitologiya (yunoncha parasites - tekinxo‘r, parazit va logos - ta’limot, fan demakdir) - biologiya fanining bir tarmog‘i hisoblanib, parazitizm hodisalari, ya’ni parazit bilan xo‘jayin o ‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, ulaming tashqi muhit omillariga bog‘liqligi, odam, hayvon, o‘simliklarda uchrovchi parazitlar va ular qo‘zg‘atadigan kasalliklar hamda bu kasalliklarga qarshi kurash usullarini o‘rganadigan fan. Parazitologiya parazitlar morfologiyasi, anatomiyasi, gistologiyasi, fiziologiyasi, embriologiyasi, ekologiyasi, geografiyasi, tasnifi, filogeniyasi hamda parazit va xo‘jayin o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlami tekshiradi.Akademik K.I. Skryabin parazitlaming kelib chiqishi xususiyatiga ko‘ra, ulami o‘rganadigan fanni ikki guruhga bo‘ladi. Birinchi guruh - fitoparazitologiya deyilib, u o‘simliklar dunyosidan kelib chiqadigan bakteriya, virus va boshqa parazitlar hamda ular ta’sirida sodir bo‘ladigan yuqumli kasalliklami o‘rgatadi. Ikkinchi guruh - zooparazitologiya deyilib, qo‘zg‘atuvchisi hayvonot dunyosidan kelib chiqadigan (protozoolar, gelmintlar, zuluklar, bo‘g‘imoyoqlilar va boshqalar) har xil parazitlar ta’sirida paydo bo‘ladigan kasalliklar hamda ularga qarshi kurash choralarini o‘rgatadi. Umuman, parazitlami o‘rganish obyektlariga ko‘ra tibbiyot parazitologiyasi veterinariya parazitologiyasi, fitoparazitologiya va umumiy parazitologiyaga bo‘linadi. Parazitologiya ko‘pgina biologik, tibbiyot va veterinariya sohasidagi maxsus fanlar bilan chambarchas bog‘langan. Parazitlaming tavsifi, morfologiyasi, biologiyasi va tasnifini o‘rganish bilan zoologiya fani shug‘ullansa, ular qo‘zg‘atadigan kasalliklar patogenezi, klinikasi, diagnostikasi va davolashini o‘rganish bilan esa patologik anatomiya, patologik fiziologiya, immunologiya, vimsologiya, mikrobiologiya, terapiya, farmakologiya, epizootologiya, xirurgiya, bioximiya, veterinariya-sanitariya ekspertizasi, zoogigiyena va boshqa fanlar shug‘ullanadi hamda ulardagi tadqiq etish usullaridan keng foydalaniladi. O’lkamiz tabiati nihoyatda jozibali, uning hayvonot dunyosi esa juda xilma-xil. Hayvonlarni inson qadami yetgan hamma joyda: gullab turgan vodiylardan tortib baland tog’li cho’qqilarda, osmonno’par binolar qad ko’tarib, hayot qaynab turgan shaharlar-u go’yo hayotsiz ko’ringan
jazirama qumli cho’llarda ham uchratish mumkin. Vatanimiz hayvonot dunyosi juda qadimdan shakllanib kelgan. Hayvonlarning bir qancha turlari dastlab mana shu o’lkada paydo bo’lgan. Mamlakatimizda hayvonlarni muhofaza qilish, yo’qolib borayotgan turlarni saqlab qolish va ko’paytirishga kata e’tibor berilmoqda. Bu muhim ish O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham o’z ifodasini topgan. Biroq faqat davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning o’zi hayvonot dunyosini muhofaza qilish uchun yetarli emas. Bu ishga umumxalq e’tiborini qaratish kerak.buning uchun har bir o’quvchi o’z vatani tabiiy boyliklaridan biri bo’lgan hayvonot dunyosini asrab-avaylash va muhofaza qilish chora-tadbirlarini yaxshi bilishi vaularga qat’iy amal qilishi lozim.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling