213
Кreditning vazifalari
Taqsimlash
Ssuda fondi takror ishlab chiqarish jarayoni-
dagi pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojlarni
hisobga olib, kredit vositasida taqsimlanadi va
shu orqali ishlab
chiqarishning uzluksizligi
ta’minlanadi.
Joriy etish
Кredit pulga tenglashtirilgan to‘lov vositalarini
(veksel, chek, sertifikat va h.k.) yuzaga chiqarib,
ularni xo‘jalik amaliyotiga joriy etiladi
Кredit
subyektlari
Bu
kredit
munosabatlarining
qat-
nashchilaridir.
Bular huquqiy va jismoniy
shaxslar, banklar, korxona, firma, davlat
muassasasi va tashkilotlari,
aholining keng
qatlamlari
bo‘lib, bu subyektlar bir
vaqtning o‘zida ham qarz oluvchi ham qarz
beruvchi sifatida chiqishi mumkin.
amortizatsiya ajratmalari;
mahsulot sotish va xizmat ko‘rsatishdan olingan pul
mablag‘lari;
korxonalarning
ishlab chiqarish, fan va texnikani
rivojlantirish hamda moddiy rag‘batlantirish fondlari;
korxonalar foydasi;
budjet tashkilotlari, kasaba
uyushmalari va boshqa
ijtimoiy tashkilotlarning bankdagi joriy pul mablag‘lari;
aholining bo‘sh turgan pul mablag‘lari;
bank resurslari va davlatning zaxiradagi pul mablag‘lari;
chet el investitsiyalari va kreditlari.
Do'stlaringiz bilan baham: