Respublikasi oliy va o’rta maxsus
Mashg’ulotlardan namunalar
Download 0.71 Mb.
|
jismoniy tarbiya darsi jarayonida oyin va musobaqa metodlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1- chizma
Mashg’ulotlardan namunalarYangi harakat texnikasini o’rgatish va o’zlashtirish mavjud harakat tajribasiga asoslanadi. Harakat yoki harakatlar majmuasining texnikasini o’zlashtirish shug’ullanuvchida kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik, egiluvchanlik kabi jismoniy sifatlarni yetarli darajada rivojlantirilishini taqozo etadi. Bu sifatlarni rivojlantiruvchi, mashqlarni bajarilishi va yo’nalishi o’rgatiladigan o’zlashtiriladigan o’yin malakasi texnikasiga “hamohang” bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Musobaqalarda asosiy vositalar ma’lum uslublar asosida qo’llaniladi. Metod (usul) - yunoncha so’zdan olingan bo’lib, “Metodos”- biror narsaga yo’l ma’nosini anglatadi Ta’lim berish usuli - belgilangan ta’lim berish maqsadiga erishish bo’yicha ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o’zaro faoliyatini tartibli tashkil etish yo’li Usul samaradorligining asosiy mezoni belgilangan vazifani hal etish uchun uni qo’llashning mosligi va tejamkorligi bilan belgilanadi. Uslublar – bu o’rgatish texnologiyasining quroli bo’lib, ular shartli ravishda 3 turga bo’linadi: -tushuntirish (co’z), -ko’rgazmali, -amaliy (o’yin, musobaqa, qat’iy tartiblashtirilgan mashqlar metodi) Texnik tayyorgarlik jarayonida shug’ullanuvchilarning yoshiga, imkoniyatlariga, o’rgatish bosqichiga qarab u yoki bu uslublarni ustunligi mavjud bo’lishi mumkin. (1-rasm) Tushuntirishga oid so’z metodi o’z ichiga so’zlab berish, suhbat, ko’rsatma, tahlil va muhokama kabilarni oladi. Ko’rgazmali uslublar: o’quv filmlari, tasviriy filьmlar, suratlar, texnikani trener tomonidan namoyish qilinishi, o’yinlarni kuzatish va hokazo. Amaliy metod (o’yin, musobaqa va qat’iy tartiblashtirilgan mashqlar metodt)lari: Harakat texnikasini to’liq holda o’rgatish. Harakat texnikasini qismlarga bo’lib o’rgatish. Boshqaruv metodi. Harakatli ko’rgazma metodi. Qaytarish metodi. Murakkablashtirish metodi. CHarchov holatida o’yin malakalarini bajarish metodi. Harakatlarni bajarish va texnik mahoratini oshirishda shunday omillar mavjudki, ularni tashkil qilishda va boshqarishda e’tiborga olish samara zaminidir. Bular jumlasiga quyidagilar kiradi: maxsus jismoniy sifatlarni va qobiliyatlarni yuqori darajada rivojlangan bo’lishi: o’yin malakalarining barcha usullarini texnik jihatdan o’zlashtirilgan bo’lishi: musobaqaning o’zgaruvchan vaziyatlarda hamda tashqi va ichki ta’sirlar sharoitida harakat o’yin texnikasini barqaror va mukammal bajarilishi: 1-chizmao’quvchilarni har xil sport turlariga xos o’yin ixtisosini yuqori mahorat bilan bajarilishi: o’yin qoidalariga va o’yin intizomiga rioya qilgan holda ko’rsatish, zukkolik, makkorlik, tadbirkorlik sifatlarini namoyish qila bilish: organizmning funktsional imkoniyatini yuqori darajada rivojlanganligini ta’minlash, uni jismoniy yuklama (nagruzka) ga bardosh berish darajasini oshirish. Yuqorida qayd etilgan omillar nafaqat texnik mahoratni takomillashuvida e’tiborga olinishi kerak, balki o’quvchilarga qo’yiladigan shart va talablardir. SHuning uchun mazkur omillar sport tayyorgarligini boshqarishda asosiy mo’ljal bo’lib xizmat qilishi kerak. Olingan ma’lumotlarni matematik-statistik usulda tahlil qilishda pedagogikada umum qabul qilingan usullardan hamda V. S. Ivanova, Yu. D. Jeleznyak P. K. larni adabiyotlaridan foydalanildi. Har bir harakat faoliyatiga jismoniy tarbiya jarayonida, maxsus mashg’ulotlarda bilim berish uchun jismoniy tarbiya o’qituvchisi turli o’rgatish usullarini, yo’llarini bilishi kerak bo’ladi va o’quvchilar esa harakatlarga o’rganish usullarga ega bo’lishlari lozim. Jismoniy tarbiya darsi mavzusi asosida qanday qilib o’quvchilarga nazariy va amaliy bilim berish, ko’nikma va malaka hosil qilish, ya’ni turli harakatlarga o’rgatish o’qituvchining eng muhim vazifalaridan biridir. Buning uchun jismoniy tarbiya o’qituvchi har xil metodlardan foydalanadi. Turlicha jismoniy metodlari mavjud bo’lib, ular shug’ullanuvchi o’quvchilarga jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida, hattoki shug’ullanuvchilarning ruhiy holatiga, ularning emotsiyasiga (his tuyg’usiga), irodasiga, axloqining namoyon bo’lishiga ham ta’sir ko’rsatadi. Ana shular hisobiga tarbiyaviy vazifalarning hal qilinishi uchun kerak bo’lgan sharoit yuzaga keladi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling