Respublikasi oliy va o’rta maxsus
BOB. Tadqiqotning maqsadi, vazifalari, uslublari va uning tashkil etilishi
Download 0.71 Mb.
|
jismoniy tarbiya darsi jarayonida oyin va musobaqa metodlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOB. Jismoniy tarbiya darsi jarayonida o’yin va musobaqa metodidan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo’yicha tajriba-sinov ishlari natijasi 52
- UMUMIY XULOSA 86 ADABIYOTLAR RO’YXATI
BOB. Tadqiqotning maqsadi, vazifalari, uslublari va uning tashkil etilishi 34
Tadqiqotning maqsadi, vazifa va usullari 34 Jismoniy tarbiya darsi jarayonida 1-4 sinf o`quvchilarining jismoniy tayyorgarligini aniqlashga doir ilmiy izlanishlarni tashkil qilish… 37 O’quvchilarning jismoniy rivojlanishini aniqlashda pedagogik tajribani amalga oshirish 44 Bob bo’ yicha xulosa 51 BOB. Jismoniy tarbiya darsi jarayonida o’yin va musobaqa metodidan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo’yicha tajriba-sinov ishlari natijasi 52 O’tkazilgan tajriba-sinov natijalari ko’rsatkichlari 52 1-4 sinf o’quvchilarining tajribadan keyingi jismoniy rivojlanishi taxlili 59 1-4 sinf o’quvchilarining tajribadan keyingi jismoniy tayyorgarligi tahlili 69 Dars jarayonida o’yin va musobaqa metodidan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo’yicha metodik ko’rsatmalar 76 Bob bo’yicha xulosa 84 UMUMIY XULOSA 86 ADABIYOTLAR RO’YXATI 89 ILOVALAR 102 KIRISHTadqiqotning dolzarbligi. Mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirish, Vatan ravnaqini ta’minlaydigan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish masalalariga jiddiy e’tibor berilmoqda. Bu borada bir qancha davlat hujjatlari «Ta’lim to’g’risida»gi qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni qabul qilinishi katta ahamiyatga ega. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng jismoniy tarbiya va sportga katta e’tibor berildi. Sportchilarimiz Osiyo hamda jahon miqyosidagi musobaqalarda yaxshi natijalarga erishib, O’zbekiston bayrog’ini yuqori ko’tarishmoqda. Jismoniy tarbiya va sportning bu darajaga ko’tarilishida xurmatli Prezidentimiz I.A.Karimovning hissasi kattadir. Jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish uchun bir qancha ishlar amalga oshirildi. Bulardan O’zbekistonda “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonuni, «Sog’lom avlod uchun» dasturi, «O’zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida»gi farmoni va boshqa bir qator xukumat qarorlari jismoniy tarbiya va sport harakatini rivojlantirishga yo’l ochmoqda 1. Jismoniy tarbiya va sport tug’risidagi qonunining 10-moddasida Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya uzluksiz ta’lim tizimining eng muhim majburiy qismi bo’lib, davlat ta’lim standartlari, o’quv rejalari va dasturlariga muvofiq yukori malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya bo’yicha majburiy darslar, darsdan tashqari mashg’ulotlar va test sinovlari barcha ta’lim muassasalarida o’quvchilarning fiziologik imkoniyatlariga mos ravishda o’tkaziladi deb, - ta’kidlangandir. O’quvchi va talaba - yoshlarimiz orasida jismoniy tarbiya va sportga kundan- kunga qiziqish uyg’onib borilmoqda. (uch bosqichli musobaqa “Umid nixollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” misol bo’la oladi). Azaldan insonlarning sog’lomligini takomillashtirish, salomatlik darajasini saqlab turish jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishining ajralmas qismidir2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yosh avlodni sog’lomlashtirish muammolarining har tomonlama hal qilish to’g’risida»gi Qarori. 1993. 3 dekabrь. O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi Qonuni. (2000. 26 may). Xalq so’zi. –Toshkent, 2000. 21iyunь. Yosh avlodni har tomonlama: aqliy, ahloqiy va jismoniy jihatdan rivojlanishida jismoniy tarbiya asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Shuning uchun O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonunida «Maktabgacha yoshdagi bolalar, o’quvchi-yoshlar, talabalar salomatligini asrash va mustahkamlash, ularda jismoniy barkamollik ehtiyojini shakllantirish maktabgacha tarbiya muassasalari va o’quv yurtlarining asosiy vazifasi hisoblanadi» deyiladi. Shunga binoan o’quvchilarda jismoniy tarbiya vositalarini amalga oshirishda bir qator mutaxassislar L.P.Matveev (1967), M.M.Bogen, L.Jeleznyak o’z metodlarini tavsiya etishgan. Lekin hozirgi kunda o’quvchilarni tayyorlashda o’qituvchilar uslublarni tanlashga kam e’tibor berilmoqda. Kollejlarda dastur materiallarida kasb amaliy tayyorgarligini amalga oshirishda ko’pchilik o’qituvchilar ommaviy dars o’tish bilan chegaralanmoqdalar. O’quvchilar qanchalik amaliy jismoniy tayyorgarlikni egallasalar, dars shunchalik qiziqarli o’tadi va o’quvchilar kerakli ma’lumotni oladilar. Uslublarni tanlash, birinchidan: yurak-qon tomiri faoliyatini kuchaytirishni; ikkinchidan, funktsional tizimlarning faoliyati jarayonida paydo bo’ladigan quvvatni tejam-tergab sarflashni; uchinchidan, funktsional imkoniyatlardan iloji boricha to’la foydalanishni ko’zda tutadi (L.P.Matveev) Qat’iy tartiblashtirilgan uslublar kollejlarda mashg’ulotni bir tekisda va har xil o’zgaruvchan mashqlar metodini variantlaridan foydalanishni taklif qiladilar. Bir tekislik uslubning ijobiy tomoni shundaki, u faoliyat tizimini bir-biriga bog’liqligini ish bajarishda kislorod talabini ta’minlovchi yuklamani oshib borishi bilan bog’liq. O’quv muassasalarida kurash, yengil atletika va boshqa sport turlari musobaqalar dasturiga kiritilgan. O’smirlar bu musobaqada ishtirok etishlari uchun umumiy tayyorgarlikni amalga oshirish zarur. Bu esa o’quvchining organizmini ushbu musobaqaga tayyorlangan bo’lishi kerakligini ta’kidlaydi. Lekin, o’quvchi yoshlarni ko’pchiligi berilgan mezonlarni bajara olishmaydi. Shu sababli, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida»gi Farmoni. (2002 y. 24 oktyabrь). Sport. –Toshkent, 2002. № 80. 30 oktyabrь. Karimov I. A. O’zbekiston kelajagi buyuk davlat. Toshkent: O’zbekiston, 1992 . -62 b. yuqoridagi ma’lumotlarni inobatga olgan holda, kollejlarda uslublarni tanlash va uni amalga oshirish bugungi kunning dolzarb muammosidir. Yuqorida qayd etilgan muammoning hal qilinishi yengil atletika, kurash, suzish, gimnastika va boshqa sport turlaridagi natijalarni yaxshilaydi. Shunga asoslanib aytish mumkinki, tadqiqot ishining tanlangan mavzusi dolzarb masalalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Hozirgi maktab o’rindiqlarida o’tirgan yosh avlod ertangi bizning qo’limizdan ish oladigan, hayotimizni davom ettirib, o’zidan keyingi avlodga yetkazuvchi vorislarimiz, O’zbekistonning buyuk kelajagining egalaridir. Shu bois Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab diqqat e’tiborini yosh avlod tarbiyasiga qaratib kelmoqda. Mamlakatimizda «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni qabul qilinishi, ularni hayotga tadbiq etish yo’l-yo’riqlarini ishlab chiqqanligi fikrimizning yorqin dalilidir3. Mustaqil O’zbekistonimizning ma’naviy sog’lom-yosh avlodlarini, bo’lajak vatanparvarlarini tarbiyalash vazifasi pirovard natijada o’qituvchilarning zimmasiga tushadi. Ular nafaqat bilimdon bolalarni, balki eng avvalo ana shu bilimni egallashni o’zining burchi deb biluvchi milliy kadrlar shaxsini shakllantirishga mas’uldir. Milliy istiqlol mafkurasi asosida yoshlarimizni tarbiyalash respublikamizning maktablar oldida turgan dolzarb vazifalaridan biridir. Prezidentimiz I.A.Karimov yosh avlodni har tomonlama barkamol, yetuk inson bo’lib yetishishida jismoniy tarbiya va sportning muhim vazifalarini ko’rsatib bergan. «Yoshlarimizni har tomonlama yetuq sog’lom qilib o’stirishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati kattadir». Sport tinchlik elchisi, xalqlar o’rtasida do’stlik va xamjixatlikni mustahkamlashda noyob vosita bo’lib kelgan va shunday bo’ladi. Sportchilarning mardligi, iste’dodi va maxorati inson O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning «Sog’lom avlod uchun» ordenini topshirish marosimida so’zlagan nutqi. Sport. – Toshkent, 1994. № 18. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni. (1997. 29 avgust). Turkiston. –Toshkent, 1997. 30 avgust. O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi». Ma’rifat. –Toshkent, 1998. 1 aprel. imkoniyatlari cheksizligi kuch nafosat uyg’unligini, xammamiz uchun faxralanadigan fazilatlarini doimo namoyish qilib kelmoqda4. «Ajdodlarimizni ruhi poklari va urf odatlari, bizning eng yaxshi an’analarimizni qayta tiklanganda isloxatlar muvaffaqiyatiga erishadi. O’ta o’qimishli, ruhan bardam, jismonan baquvvat kishilargina istiqlol va tarraqiyot yo’lini bosib o’ta oladilar» . «O’zini salomatligi haqida g’amxo’rlik qilib borish madaniyatini yoshlikdan oila, maktab, maxalla, sog’liqni saqlash tizimi, jismoniy tarbiya va sportning ko’magida singdirish kerak. Shunisi muhimki, odamlar so’zda emas, balki amalda o’z salomatligini qadriga yetib uni milliy boylik sifatida avaylab asrasinlar»5. «Sog’lom avlodni tarbiyalash buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurish deganidir»6. «Barchangiz yaxshi bilasizki, kelajak avlod haqida qayg’urish, sog’lom, barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir».7 Prezidentimiz va xukumatimiz raxbariyati xozirgi kunda Respublikamizda aholi turmush farovonligini oshirish, sog’lig’ini mustahkamlash, jismoniy tarbiya va sportning aholi o’rtasida ommalashtirish, o’sib kelayotgan yosh avlodni aqlan sog’lom, ruhan tetik va jismoniy barkamol qilib tarbiyalash bo’yicha katta ishlarni amalga oshirmoqdalar Jismoniy tarbiya va sport tug’risidagi qonunining 9-moddasida Jismoniy tarbiya va sportni, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish to’g’risidagi fikrlar quyidagicha berilgan bo’lib, unda Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish davlat organlari, sog’liqni saqlash organlari, ta’lim muassaslari va jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalari jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari hamda sog’lom turmush tarzi keng tartib qilinishini uyushtirishlari hamda sportda shafqatsizlik va Abu Ali ibn Sinoning sog’liqni saqlashga doir risolalari.// Tarjimon E. Talaboev. –Toshkent: Fan, 1978. -131 b. Abu Ali ibn Sino. «Salomatlik sirlari» (Tibbiy risolalar) –Toshkent: A.Qodiriy, 2000. - 208 b. A. Avloniy «Turkiy guliston yohud axloq». –Toshkent: O’qituvchi, 1992. -160 b. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sog’lom avlod uchun» ordenini ta’sis qilish to’g’risidagi Farmoni. (1993. 4 mart). Turkiston. – Toshkent, 1993. 6 mart. Ayrapetьyants L. R. Pedagogicheskie osnovы planirovaniya i kontrolya sorevnovatelьnoy i trenirovochnoy deyatelьnosti v sportivnыx igrax. Avtoref. disc. … d-ra ped. nauk. –M.: 1992. – 41 s. Aripov Yu. Yu. Kichik yoshdagi o’quvchilarda uloqtirish harakatlari texnologiyasini takomillashtirishning zamonaviy uslub va shakllari. Diss. … ped. fan. nomzodi. -Toshkent: 2007. -149 b. zulmni, inson qadrqkimmatini kamsitishni, inson sog’ligiga zarar yetkazadigan stimulyatorlarni qo’llashni targ’ib qilish tadqiqlanadi deb,- belgilab qo’yilgan. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling