Respublikasi oliy va o’rta maxsus
Download 0.71 Mb.
|
jismoniy tarbiya darsi jarayonida oyin va musobaqa metodlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish
Masalan: erkin usulida suzish texnikasini o’rganishda bo’lib-bo’lib tashlash va keyin elementlarni yaxlit qilib birlashtirish quyidagicha sodir bo’lishi mumkin:
Suv ustida sirpanish (skolьjenie na vode); Basseyn qirg’og’ida oyoq harakatlarini o’rganish; Sirpanish bilan oyoq harakatlarini qo’shib bajarish; Sayoz joyda tik turib qo’l harakatlarini o’rganish; SHuning o’zini nafas olish bilan qo’shib bajarish; Barcha elementlarni birgalikda bajarish. Yaxlit mashq tuzilishi, oldin odatda ayrim detallarini chiqarib tashlash hisobiga soddalashadi, bu detallar keyin o’rganilayotgan mashqning asosiy mexanizmi bilan asta sekin birlashadi va uni yaxlit bajarish fondi takomillashadi. Masalan: yugurib kelib qaychi usulida uzunlikka sakrash texnikasi quyidagi tartibda o’rgatiladi: qisqa joydan qadamlab sakrash shuning o’zi, lekin eng baland nuqtaga chiqqan oyoqni qaychisimon qilib, harakat qildirib sakrash; sakrashga yordamlashadigan taxta yoki tramplindan foydalanish. Ko’tarilish fazasida diqqatni qo’l va oyoqlarning birgalikda harakat qilishiga qaratilgan holda sakrash; o’rtacha tezlikda yugurib kelib to’la koordinatsiya bilan sakrash; yerga tushishga tayyorlanish harakatlariga e’tibor bergan holda sakrash (oyoqni oshirib tashlash, qo’llarni orqaga qilish va h.k.); tez yugurib kelib sakrash. Harakatga o’rgatishda asosiy metodlar bilan birga bir qator yordamchi metodik usullar (orientirlar, tashqi sharoitni yengillashtiruvchi usullar va h.k.)dan foydalaniladi. Qoida bo’yicha agar murakkab harakat butunligicha o’rgatilayotgan bo’lsa yaqinlashtirish deb atalgan mashqlar keng qo’llanilib ular asosiy harakatni o’zlashtirishga ularni butunlay imitatsiya yoki soddalashtirilgan shaklda o’rgatish yo’lidan foydalaniladi. Harakat faoliyatlarini mukammallashtirish bosqichlarida ularning sifatlarini o’ziga xos shakllarini bir paytda yaxshilash muhim ahamiyatga ega. Bunda asosiy rolni jismoniy sifatlar harakat tarkibini o’zgartirmasdan bajariluvchi harakatlar bilan xarakterlanuvchi metodlarning ahamiyati katta. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling