Respublikasi oliy va o’rta maxsus


Download 0.71 Mb.
bet4/29
Sana22.07.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1661607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
jismoniy tarbiya darsi jarayonida oyin va musobaqa metodlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish

Tadqiqotning bosqichlari: Ilmiy tadqiqot ishlari ikki bosqichda olib borildi.
Birinchi bosqich (2012-2013 yillar) da tadqiqot mavzusiga oid bo’lgan ilmiy-nazariy adabiyotlar yig’ildi va tahlil qilindi.Maktab 1-4 sinf o’quvchilarini jismoniy rivojlanishi, tayyorgarligi va harakat faolligi bilan bog’liq ishlar va ilg’or jismoniy tarbiya o’qituvchilarini ishlari o’rganildi.
Tanlangan umumiy o’rta ta’lim maktabi 1-4 sinf o’quvchilari ustida izlanuvchan tajriba o’tkazildi.
Ikkinchi bosqich (2013-2014 yillar)da o’quvchilarni jismoniy tarbiya bo’yicha nazariy bilimlarini hamda bolalarni oilaviy sharoiti va ota-onalarning jismoniy tarbiyaga bo’lgan qiziqishlarini, jismoniy tarbiya o’qituvchilari fikrlarini bilish maqsadida so’rov varaqalari javoblari olindi.
Shuningdek, jismoniy tarbiyaning shakl va uslublari ishlab chiqildi va amaliy tajribalar o’tkazildi. Olingan natijalar matematik-statistik holatda ishlab chiqildi.
Tadqiqotning tarkibiy tuzilishi. Tadqiqot ishi kirish, uchta bob, har bobga xulosa, umumiy xulosa, amaliy tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat bo’lib, 114 betni tashkil qiladi.

I BOB. UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI O’QUVCHILARINING JISMONIY RIVOJLANISHI VA JISMONIY TAYYORGARLIK HOLATINING PEDAGOGIK TAHLILI

  1. Jismoniy tarbiya metodlarining tuzilish asoslari


Jismoniy tarbiya jarayonida turlicha metodlar qo’llaniladi. Ular bilvosita yoki bevosita, hissiy qabul etish so’z orqali yoki ko’rgazmaliliq yoki amaliy harakat faoliyatidan foydalanishga asoslangandir. Jismoniy tarbiya metodlariga asosan amaliy harakat faoliyati kiradi, lekin birorta ta’lim tarbiyani so’z va ko’rgazmalilik metodlarga asoslanmasdan turib olib borib bo’lmaydi. Bu esa jismoniy tarbiya metodlari bilan bir qatorda shu jarayonga kiruvchi boshqa hamma metodlarni aks ettiradi.
Jismoniy tarbiya metodlarining muhim asoslaridan birini jismoniy yuqlanishni boshqarish va uni dam olish bilan almashtirish tarkibi tashkil etadi.
Jismoniy yuklanish - deb jismoniy mashqlarni organizmga ta’sir etuvchi hamda sodir bo’ladigan ob’ektiv va sub’ektiv qiyinchiliklarni yengish darajasiga aytiladi. Jismoniy yuklamaorganizmning ish potentsiali sarflanishi va charchash bilan bevosita bog’liq bo’lib charchash jismoniy yuklanishi bilan ifodalangan tiklanish jarayoni ro’y beradigan dam olish bilan bog’liqdir. Shunday qilib, jismoniy yuklamacharchash orqali ish qobiliyatini tiklash va oshirishga olib keladi.
Jismoniy yuklanishning samaradorligi uning hajmiga va shiddatiga ko’p proportsional.
Jismoniy yuklanishning hajmi deb ayrim mashqlarning ko’p vaqtli ta’sirchanligi shuningdek ma’lum bir vaqtda bajarilgan jismoniy ishlarning miqdoriy yig’indisiga aytiladi (ayrim mashg’ulot yoki uning bir qismi davomida, bir hafta va h.k.).
Jismoniy yuklanishning shiddati uning har bir momentdagi ta’sir kuchi, funktsiya kuchlanganligi, ta’sirning bir vaqtdagi qiymati bilan xarakterlanadi. SHiddat ko’rsatkichlari: harakatni tezligi, ishlarning quvvati, qarshiliklar og’irligi, shuningdek mashqlar bajarilishini tezligi va h.k. Jismoniy yuklanishning hajmi va
shiddati ko’rsatkichlari orasida teskari proportsional munosabat mavjud. Bundan shu narsa kelib chiqadiki ba’zi mashqlarni shidati qancha yuqori bo’lsa shunchalik hajm imkoniyati kam bo’ladi, va aksincha.
Jismoniy yuklama jismoniy tarbiyaning turli metodlarida standart, takrorlash mashљ metodi har bir vaqtida o’zining tashqi parametrlari bilan amaliy bir xil va o’zgaruvchan bo’ladi. Ikkala tipdagi jismoniy yuklanishlardan foyda charchash hosil qilgan bir faoliyatdan boshqa ikkinchi faoliyatga o’tish bo’lishi mumkin.
Jismoniy yuklama qismlari oralig’ining uzoqligi tiklanish jarayonlarining sodir bo’lishi qonuniyatlari va yo’naltirish ta’sirlari asosida o’rnatiladi. Intervalni 3 tipi mavjud:

  1. To’liq interval.

  2. Qattiq yoki subintervalli.

  3. Ekstrimalli yoki subintervalli.

  1. To’liq yoki ordinar interval bu keyingi jismoniy yuklamaqismigacha amaliy to’liq ish qobiliyati tiklanishi. Bunda ishni qo’shimcha funktsiya kuchlanishsiz amalga oshirish imkoniyatini beradi.

  2. Qattiq intervalda keyingi jismoniy yuklamaqismi yetarlicha tiklanmagan vaqtga to’g’ri keladi - ma’lum vaqtgacha ishni davom ettirish mumkin, lekin tashqi son ko’rsatishida o’zgarishsiz bo’lishi va fiziologik hamda psixologik ko’rsatkichlari ortib boradi.

  3. Ekstrimal yoki subintervalli interval - bunda keyingi jismoniy yuklamaqismi yuqori ishchanlik qobiliyati fazasiga to’g’ri keladi. Tiklanish jarayonining qonuniyatlari natijasida paydo bo’ladi. Shunday qilib jismoniy tarbiya metodlari asoslarida jismoniy yuklamava dam olishda to’g’ri foydalanish zarur.

Harakat faoliyatlarini tartiblashtirilgan usullari va o’zlashtirish yo’llari. Jismoniy tarbiya metodlarida jismoniy yuklama va dam olishni yuqori ko’rsatilgan usullari bilan bir qatorda harakat faoliyatlarini o’zlashtirishning turlicha usullari va umumiy boshqarishni (tashkil etish) ma’lum shakllari mavjud. Harakat faoliyatlarini o’zlashtirishda 2 ta qarama-qarshi shakllar mavjud:

  1. Tarkibiy elementlarga dastlabki bo’linish (qismlab qo’llanish); 2. Bo’laklarga ajratmasdan (butunlay qo’llanish).

Bu ikkala yondashish ham o’rganilayotgan harakat xususiyatiga ularni murakkabligi yoki oddiyligi shug’ullanuvchilarning dastlabki tayyorgarlik saviyasiga va boshqa shartlarga bog’liq holda qo’llaniladi. Hozirgi davrda jismoniy tarbiyaning ixtiyoriy biror bir tizimi turlicha metodlarni o’z ichiga oladi. Lekin har bir metod o’z holicha yetuk bo’lmasdan, har bir muvoffaqiyat ilmiy ravishda asoslangan va amaliyotda tasdiqlangan metodlar majmuasini qo’llash natijasida amalga oshiriladi.
Jismoniy tarbiya metodlari quyidagicha bo’lib o’rganiladi:

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling