Respublikasi oliy va o’rta maxsus
Download 0.71 Mb.
|
jismoniy tarbiya darsi jarayonida oyin va musobaqa metodlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning vazifalari
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi
- Himoyaga chiqariladigan asosiy holatlar
Tadqiqotning ob’ekti. Tajriba ishlari Toshkent shaxar, Yakkasaroy tumanida joylashgan № 91 sonli hamda Chilonzor tumanida jeoylashgan
№81 sonli umumiy o’rta ta’lim maktablarining boshlang’ich (1-4) sinflarida jismoniy tarbiya darslari va darsdan tashqari sog’lomlashtirish tadbirlari. Tadqiqotning predmeti. Maktab 1-4 sinf o’quvchilarini jismoniy tarbiyalash va sog’lomlashtirish jarayoni. Tadqiqotning maqsadi: Umumiy o’rta ta’lim maktab 1-4 sinf o’quvchilarini jismoniy tarbiyalash, o’rgatish metodlarini tanlash, metodik tavsiyalar ishlab chiqish, jismoniy tarbiya sog’lomlashtirish tadbirlarini ilmiy metodiy asoslarini yaratish. Tadqiqotning vazifalari:O’quv adabiyotlari va respublikamizning me’yoriy hujjatlarini o’rganish; Maktab (1-4 sinf) yoshidagi bolalarni nazariy bilimlarini o’rganish; 1-4 sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan jismoniy tarbiya darslarida uslublarni qo’llashni o’rganish. Jismoniy tarbiya darslarida jismoniy tayyorgarligini oshirishga beriladigan vositalarni aniqlash. Tadqiqotning farazi: Faraz qilinadiki, umumiy o’rta ta’lim maktab 1-4 sinf o’quvchilari jismoniy tarbiya darslarida tanlangan metodlarni qo’llash va takomillashtirish o’quvchi-bolalarni sog’lomlashtirishga va jismoniy tayyorgarligini yaxshilanishiga olib keladi. Mavzu bo’yicha adabiyotlar tahlili: Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan jismoniy tarbiya darsi jarayonida o’yin va musobaqa metodlarini nazariy va amaliy tomondan tahlil qilish Tadqiqotning metodlari: Pedagogik tahlil; kuzatish; suxbat; ota-onalar hamda jismoniy tarbiya o’qituvchilar fikrlarini o’rganish va ularni tahlil etish, pedagogik tajriba. Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati: dissertatsiyaning xulosalari va tavsiyalaridan, umumiy o’rta maktabning 1-4 sinflardagi jismoniy tarbiya o’qituvchilari ishida va rejalashtirishda; o’rta maxsus va oliy o’quv muassalaridagi talabalarga ma’ruzalar o’qishda; jismoniy tarbiya o’qituvchilarini malaka oshirish kurslarida; jismoniy tarbiya va 1-4 sinflar o’qituvchilarini seminarlarda, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat yo’nalishiga oid bo’lgan adabiyot va monografiyalarni yangi avlodini yaratishda kursishi va bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlashda; jismoniy tarbiya dasturlariga o’zgartirishlar kiritishda yordam beradi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:Belgilangan vositalarga nisbatan uslublarni tanlash darsni samaradorligini oshiradi; Jismoniy tayyorgarlik vositalarini qo’llash 1-4 sinf o’quvchilarini fanga qiziqishini uyg’otadi; O’quvchi-bolalarni salomatlik darajasini va jismoniy tayyorgarligini oshiradi. Himoyaga chiqariladigan asosiy holatlar:umumiy o’rta ta’lim maktab 1-4 sinf o’quvchilarini jismoniy tarbiyalash va o’rgatish metodlarini tanlash; jismoniy tayyorgarlik vositalarini qo’llash (yugurish, sakrash, irg’itish mashqlari); o’quvchi-bolalarni sog’lomlashtirish va jismoniy tayyorgarligini oshirish; Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling