Respublikasi oliy va o’rta maxsus
II BOB. TADQIQOTNING MAQSADI, VAZIFALARI, USLUBLARI VA UNING TASHKIL ETILISHI
Download 0.71 Mb.
|
jismoniy tarbiya darsi jarayonida oyin va musobaqa metodlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish
II BOB. TADQIQOTNING MAQSADI, VAZIFALARI, USLUBLARI VA UNING TASHKIL ETILISHITadqiqotning maqsadi, vazifa va usullariUmumiy o’rta ta’lim maktab 1-4 sinf o’quvchilarini jismoniy tarbiyalash, o’rgatish metodlarini tanlash, metodik tavsiyalar ishlab chiqish, jismoniy tarbiya sog’lomlashtirish tadbirlarini ilmiy metodiy asoslarini yaratish. Ish jarayonida quyidagi vazifalar hal qilindi: O’quv adabiyotlari va respublikamizning me’yoriy hujjatlarini o’rganish; Maktab (1-4 sinf) yoshidagi bolalarni nazariy bilimlarini o’rganish; 1-4 sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan jismoniy tarbiya darslarida uslublarni qo’llashni o’rganish. Jismoniy tarbiya darslarida jismoniy tayyorgarligini oshirishga beriladigan vositalarni belgilash. Tadqiqot ishi ikki bosqichda olib borildi. Birinchi bosqich (2012-2013 yillar) da tadqiqot mavzusiga oid bo’lgan ilmiy-nazariy adabiyotlar yig’ildi va tahlil qilindi. Umumiy o’rta ta’lim maktabi 1- 4 sinf o’quvchilarini jismoniy rivojlanishi, tayyorgarligi va harakat faolligi bilan bog’liq ishlar va ilg’or jismoniy tarbiya o’qituvchilarini ishlari o’rganildi. Tanlangan umumiy o’rta ta’lim maktabi 1-4 sinf o’quvchilari ustida izlanuvchan tajriba o’tkazildi. Ikkinchi bosqich (2013-2014 yillar)da o’quvchilarni jismoniy tarbiya bo’yicha nazariy bilimlarini hamda bolalarni oilaviy sharoiti va ota-onalarning jismoniy tarbiyaga bo’lgan qiziqishlarini, jismoniy tarbiya o’qituvchilari fikrlarini bilish maqsadida so’rov varaqalari javoblari olindi. SHuningdeq jismoniy tarbiyaning tanlangan uslublari ishlab chiqildi va amaliy tajribalar o’tkazildi. Olingan natijalar matematik-statistik holatda ishlab chiqildi. Ish 100 betlik kompьyuter matnlaridan iborat bo’lib, kirish, uchta bob, har bir boblarga xulosalar, umumiy xulosalar, adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iboratdir. Magistrlik dissertatsiya mazmunida 13 ta jadval, 1 ta chizma, 2 ta gistogramma, 8 ta rasmlar mazmunan yoritilgan. Adabiyotlar ro’yxati 131 ta nomda berilgan bo’lib, shundan 42 tasi xorijiy mualliflarniki hamda 6 ta internet manbalaridan foydalanildi. Tadqiqotning uslublari: Ilmiy-metodiy adabiyot manbalarini tahlil etish va amaliy tajribalarni umumlashtirish. ilmiy-metodiy adabiyotlar tahlili; so’rov varaqalari. Pedagogik kuzatishlar. Pedagogik sinov-tajriba o’tkazish. Jismoniy rivojlanish darajasini aniqlash. Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash. Olingan ma’lumotlarni matematik-statistik usulda tahlil qilish. Jismoniy tarbiya darslarida yuklamalarning shiddati, ichki va tashqi o’lchamlarini o’quvchilarning yoshiga, jismoniy tayyorgarligiga va funktsional imkoniyatlariga qarab aniqlandi. Jismoniy tarbiya darslari jarayonida dasturdagi asosiy mashqlarni bajarishda yurak-qon tomir urishi, nafas olishi tezligi charchashning tashqi belgilari, mashqlarni bajarish texnikasini baholash, mashqlarning davom etishi, seriyalar va takrorlashlar oralig’idagi dam olish vaqti, urinishlarda va seriyalarda takrorlaganda sodir bo’ladigan o’zgarishlar kuzatildi. Butun yil davomida o’quv-tarbiya jarayoni kuzatilib, darsning alohida qismlaridagi yuklamaning berilishi, o’quvchilarning yosh xususiyatlariga mos holda dasturdagi asosiy mashqlarning, milliy va harakatli o’yinlarning tanlanishi, jismoniy yuklama shiddati va davom etishi, mashqlar oraliqlarida dam olish, darsga qatnashish, qo’llanilgan uslublar pedagogik kuzatishlar ob’ekti bo’ldi. Asosiy e’tibor jismoniy yuklamalar me’yoriga, jismoniy sifatlarni rivojlantirish uslublari va sog’lomlashtirishga, ta’lim-tarbiya vazifalarini oshirishga qaratildi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining jismoniy tarbiya vositalari ularning jinsiga, yoshiga qarab jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligini hisobga olgan holda aniqlandi. Boshlang’ich sinf o’quvchilar jismoniy tarbiyasi vositalariga jismoniy tarbiya darslari, maktab o’quv kun tartibidagi sog’lomlashtirish tadbirlari, sinfdan tashqari olib boriladigan mashg’ulotlar, harakatli va milliy sport o’yinlari va boshqalar kiradi. Yuqoridagi ko’rsatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun Toshkent shaxar Yakkasaroy tumanidagi №91 sonli sinov tajriba maktabida pedagogik sinov-tajriba ishlari olib borildi. Maktab o’quvchilar bilan xaftasiga uch soatli jismoniy tarbiya darsi, ochiq havodagi harakatli o’yinlar, sport va umumiy jismoniy tayyorgarlik bo’yicha to’garak ishlari jarayonida o’quvchilar harakat faolligini oshirishga qaratilgan tarzda o’tkazildi. 81-sonli nazorat maktabida o’quvchilarining jismoniy tarbiya darslari haftasiga ikki soatli dars jadvali asosida boshlang’ich sinf jismoniy tarbiya dasturiga suyangan holda o’tkazildi. Sinov-tajriba vaqtida bizlar tomonimizdan nazorat maktabida jismoniy tarbiya darsiga hech qanday o’zgarishlar va ta’sir ko’rsatilmagan. Tajribada jami 40 tadan o’quvchi ishtirok etdilar. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling