Respublikasi oliy va o’rta maxsus


Dars jarayonida o’yin va musobaqa metodidan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo’yicha metodik ko’rsatmalar


Download 0.71 Mb.
bet23/29
Sana22.07.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1661607
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Bog'liq
jismoniy tarbiya darsi jarayonida oyin va musobaqa metodlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish

Dars jarayonida o’yin va musobaqa metodidan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo’yicha metodik ko’rsatmalar


O’yin metodi - o’yin metodi jismoniy tarbiya o’yinlari uchun xarakterli bo’lgan ko’pgina belgilarga ega. O’yin nafaqat jismoniy tarbiyaning vositasidir (ya’ni jismoniy mashqlar xarakterli tizimlari bilan), balki tarbiyaning va ta’limning samarali metodi hamdir. SHuning uchun o’yin metodining tabiatini umuman o’yinning mohiyatini faqat tushunish asosida mumkin.
Uslub sifatidagi o’yin nafaqat umum qabul qilingan o’yinlar orqali singdirish amalga oshiriladi. O’yin metodining tushunchasi rasmiy o’yinlardan ko’ra singdirish shakllari bilan va vositalari bo’yicha ancha keng. SHu bilan birga birorta ham harakatli yoki sport o’yinlaridan foydalanmasdan, butun darsni o’tkazish mumkin.
O’yin metodining eng xarakterli belgilar quyidagilardan iborat:

    1. O’yin harakatlarida emotsionallik va raqobatlilikning yorqin ifodalanishi. Uslub odamlar o’rtasida nisbatan murakkab o’zaro munosabatni qayta tiklashga

imkon beradi. SHu munosabat bilan o’yin metodida o’yinchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar sinchkovlik bilan reglamentatsiya qilinadi.

    1. Harakatlar bajarilishining sharoitlari kurash olib borishning shartlari haddan tashqari o’zgaruvchanligi. Buning natijasida o’yinchilar vujudga kelgan vazifalarni yechishning turli xil usullarini egallashlari kerak. Ularda shakllangan ko’nikmalar esa o’zgaruvchan sharoitlarga uyg’unlashuvchanligi, bukiluvchanligi bilan farq qilishi kerak.

    2. Harakatlarda ijodiy tashabbuskorlikka yuqori talabchanlik. O’yin vaziyatlarining variantivligi jismoniy mashqlarning eng rezulьtativligi tanlashda mustaqillikni talab qiladi.

    3. Yuklamada va harakatlar xarakterida qattiq talab qiluvchi tartibni yo’qligi, o’quvchiga tushadigan yuklama uning o’yinda bajaradigan vazifalar va faolligidan to’laligiga qaram.

Reglamentatsiyaning darajasi nisbatan kam hollarda, qachonki o’yin metodi yangi harakatlarni o’rganish uchun qo’llanilgan paytda oshadi.

    1. Xilma xil harakatlantiruvchi ko’nikmalar va sifatlarning majmuali namoyon bo’lishi. O’yinda muvofaqqiyatga erishish uchun o’quvchiga bir qancha harakatlar majmuasidan (yugurish, sakrashlar, uloqtirish va h.k.) foydalanishiga to’g’ri keladi. Bularning hammasi o’ynovchilarning organizmiga majmuali ta’sir o’tkazishni ta’minlaydi.

Unitmaslik kerakki, o’yin metodi uchun qayd qilingan belgilarning hammasi yoki ko’pchiligining mavjudligi xarakterlidir. U ta’limning samarasini tekshirish va umumiy jismoniy tayyorlik darajasi oshishining vositasi sifatida foydalaniladi. O’yin metodidan to’g’ri foydalanilgan vaqtda ongli intizomni va o’zini tuta bilish, dadillik, matonatlik, tashabbuskorlik, faollik, jamoatchi xissiyotini tarbiyalashda katta ahamiyat egallaydi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling