Respublikasi oliy va o’rta maxsus
Download 0.71 Mb.
|
jismoniy tarbiya darsi jarayonida oyin va musobaqa metodlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish
Musobaqa metodi - musobaqa metodi musobaqa uchun xarakterli bo’lgan ko’pgina belgilarini egallaydi. Ammo keyingisi bilan taqqoslash bo’yicha ko’proq
keng qo’llanishga ega, musobaqa musobaqalashuvchi usulning eng yaqqol ifodalanishidir. Biroq musobaqalashuvchi usul ishiga ko’ra ham qo’llanishning keng sohasini egallaydiki, mashg’ulotlarni har qanday shaklda tashkil etish vaqtida foydalanilsa bo’ladi. Masalan: musobaqalashuvchi usul bilan dars boshlanishidan oldin safga tortish bilan boshlab va zaldan chiqish bilan tugallab jismoniy tarbiya darsini o’tkazish mumkin. Yuqorida qayd etildiki, ushbu uslub o’yin metodi bilan ko’pgina umumiylikka ega. U shundan iboratki, ta’lim jarayonining o’yin metodida har doim syujetli mazmunga ega. Musobaqalashuvchi uslubda bu moment yo’q bo’ladi va harakatni bajarish jarayonida to’laligicha uning mazmuniga bo’ysundirilgan. Demak, bu ikkita uslubni farqiga faqat harakatning syujetli rasmiylashtirishning yo’qligi yoki mavjudligi bo’yicha yetish mumkin. Agar yog’och bo’ylab siljish takomillashtirilsa, «daryocha orqali o’tkazish» ko’rinishida syujetli mazmunga ega bo’ladi. Binobarin, u holda o’yin metodi ko’llanilgan. Agar usha mashq o’xshash syujetli rangga ega bo’lmasa, lekin harakatning texnikasini takolmillashtirishga bo’ysundirilgan bo’lsa, demak u holda musobaqalashuvchi uslub qo’llanilgan. Bu farqlar qay darajada bo’lmasin o’yin metodidagi musobaqalashuvchi momentni olib tashlamaydi, biroq u mashqning syujetli mazmuniga bo’ysundirilgan. Agar o’yin metodining mazmuni biror bir harakatlanadigan yoki sport o’yinidan iborat bo’lsa va shu o’yin bilan musobaqa o’tkaziladi. Bunday holda ikkala uslub o’rtasidagi farq yo’qoladi. Musobaqalashuvchi uslubning eng xarakterli belgilari quyidagilardan iborat: Oldindan belgilab qo’yilgan qoidalar bilan muvofiqlikda u yoki bu harakatda g’alaba qozonish vazifasiga barcha faoliyatning bo’ysundirilishi. Yuqori sport yutug’iga erishish uchun birinchilik uchun kurashda jismoniy va ruhiy kuchlarni maksimal namoyon qilishi. O’quvchilarni boshqarishda ularning yuklamalarini tartibga solish imkoniyati chegaralanganligi. Bu uslub harakatda vujudga kelgan vazifalarni yechishda katta mustaqillikni talab qiladi. Binobarin, musobaqalashuvchi usul harakatni mukammallashtirish vaqtida eng samaralidir. Biroq uni o’rganishning dastlabkisida emas. Harakatlantiruvchi sifatlar rivojlanishining yetarlicha yuqori darajasini talab qiladi. SHu bilan birga ularning majmuali namoyon bo’lishida omadsizlikka va g’alabaga o’quvchilarning ruhiy mustahkamligi rivojlangan sharoit vaqtida o’zini pedagogik oqlaydi. Bu uslub bir tomondan o’quvchilarni oldindan har tomonlama tayyorgarligi sharoiti vaqtida eng ko’p pedagogik samara beradi. Boshqa tomondan esa uning yordami bilan mavjud tayyorlik darajasini yuksaltirish mumkin. Yugurishga o’rgatish Odatda bolalar yurishdan ko’ra ko’proq yugurishga harakat qiladilar. Ular ko’pincha tengdoshlari bilan o’ynab yuguradilar. Ayniqsa, kichik maktab yosh ko’rsatkichidagi bolalar quvnab shodon yugurib o’ynaydilar. Bolalar bir-birlari bilan doimo turli harakatlar orqali o’ynaydilar va o’yinlarda albatta yuguradilar. Ammo shunchaki yugurish boshqa, to’g’ri yugurish butunlay boshqacha xususiyatga egadir. Yugurish texnikasiga o’rgatishga boshlashdan avval terminlar bilan tanishtirib chiqish zarur: yerda turgan oyoqni itariluvchi, yerdan ko’tarilgan oyoqni esa, - silkinuvchi deb ataladi. Yugurganda qo’llar egilgan bo’lishi va oyoqlar bilan bir tezlikda harakatlanishi zarur deb,- tushuntiriladi, boshqacha qilib aytganda nazariy bilimlar singdiriladi. rasm 2- rasm 3-rasm 4-rasm Yugurish asosini orqa oyoqlar bilan itarilish deb ataluvchi harakat tashkil etashi, (1-2-rasm), yugurish tezligi mana shu harakatning kuchi va yo’nalishiga bog’liq bo’lishi, oyoqlar bilan old tomonga itarilish ham muhimligi tushuntiriladi. (3-rasm), chunki oyoqni yerga noto’g’ri qo’yilganida yugurishni sekinlashtiruvchi kuchlar yuzaga kelishi mumkinligi, oyoqlar yerga vertikal emas, o’tkir burchak ostida qo’yilganida shunday holat yuzaga kelishi yuguruvchi bola go’yo yo’lda qoqilib ketishi va albatta, tezlik pasayishi uqtiriladi. Sнunday holatga yo’l qo’ymaslik uchun oyoqlarni orqaga qilib, go’yo itarilayotgandek qo’yish kerak bo’ladi. Old oyoq bilan itarilgandan so’ng, itarilgan oyoq yerga tegmasdan yuguruvchi boalning tana og’irligini ko’tarib va og’irlik markazi tayanch nuqtasi ostidagi holatiga kelishi bilan u shu zahoti itarilishni boshlaydi, ya’ni orqaga itarilish boshlanadi (4-rasm). O’yin metodi orqali yugurish elementlarini o’zlashtirish mashg’ulotlar jarayonida amalga oshirildi. Tajriba sinov jarayonida qo’llanilgan dars ishlanmasini namuna sifatida (komplekslarimizdan) xavola qilmoqdamiz. Yosh ko’rsatkichi - 1 sinf o’quvchilari uchun Maqsad: yugurish, irg’itish harakat va ko’nikmalarini rivojlantirish (tezkorlik va chaqqonlik sifatini tarbiyalaish) Tayyorgarlik qismi Sinf ikki jamoaga bo’linadi. Maydon o’rtasida koptok uchun kurash o’tkaziladi. Koptokni qo’lga kiritgan jamoa raqibini urib tekkizadi. O’qituvchi tomonidan urilgan koptokning aniq tegishi hisobga olininib boriladi. Sinf a’zolari koptokni bir-birlariga oshiradilar. Belgilangan vaqt davomida eng ko’p irg’itishlarni amalga oshirgan jamoa g’olib bo’ladi. (5 rasm) rasm Asosiy qismda 2 jamoa har biri zalda o’z tomonidan o’qituvchi signal bermagunga qadar (har bir jamoa uchun alohida signal mavjud) u yoqqa va orqaga yugurib yuradilar. O’zlarini signallari eshitgan jamoa a’zolari raqibni tutib olishga boshlaydilar. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling