Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet12/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Mualliflari

Ta’rif

Manba

M.N.Chepurin, Kiseleva E.A.

Iqtisodiyot nazariyasi kishilarning iqtisodiy xatti-harakatini, ya’ni ularning moddiy va nomoddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq harakatlarini o‘rganadi

Kurs ekonomicheskoy teorii: uchebnik / Pod obщ. red. prof. Chepurina M.N., prof. Kiselevoy
E.A. – 6-ispravlennoe, dopolnen-noe i pererabotannoe izdanie. – Kirov:
«ASA», 2007, s.28.

S.S.Nosova

Ishlab chiqaruvchi kuchlarning erishilgan darajasi asosida moddiy ne’mat va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish bo‘yicha kishilar o‘rtasida vujudga keluvchi ishlab chiqarish
munosabatlarining yig‘indisi

Nosova S.S. Ekonomicheskaya teoriya. Elementarniy kurs: uchebnoe posobie / S.S.Nosova. - M.: KNORUS, 2008, s.16.

G.P.Juravleva,
V.I. Vidyapin

Umumiy iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo‘lib, u cheklangan resurslar sharoitida ehtiyojlarni qondirish maqsadida moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarida kishilar va guruhlarning xatti-harakatini
o‘rganadi

Ekonomicheskaya teoriya (politekonomiya): Uchebnik/ Pod obщ. red. akad. V.I.Vidyapina, akad. G.P.Juravlevoy. – 4-e izd. - M.: INFRA-M, 2004, s.31.

V.D.Kamayev

Boylik va resurslarning cheklanganligi, ulardan samarali foydalanish bilan yaxlit holdagi ishlab chiqarish munosabatlari tizimini, ishlab chiqaruvchi hamda iste’molchi
sifatidagi insonning xatti-harakatini o‘rganadi.

Kamaev V.D. Ekonomicheskaya teoriya: Kratkiy kurs: uchebnik / V.D.Kamaev, M.Z.Ilchikov, T.A.Borisov-skaya, 2-e izd., ster. –
M.: KNORUS, 2007, s.21.

D.D.Moskvin

Ishlab chiqarish munosabatlarini va ularning ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganadi

Osnovi ekonomicheskoy teorii. Politekonomiya: Uchebnik /Pod red. d-ra ekon. nauk, prof. D.D.Moskvina. Izd. 3-e, ispravl. M.: Editorial URSS,
2003, s.24.

E.F.Borisov

Ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishda tarkib topuvchi kishilar o‘rtasidagi
munosabatlarni o‘rganadi

Borisov E.F. Ekonomicheskaya teoriya: voprosi – otveti: Ucheb. posobie. – 2-e izd., pererab. i dop.
M.: INFRA-M, 2008, s.16.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti to‘g‘risida bildirilgan barcha fikrlardan ko‘rinib turibdiki, siyosiy iqtisodga doir darslik va boshqa ayrim kitoblarda ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida sodir bo‘ladigan munosabatlarni o‘rganishga alohida e’tibor berilgan bo‘lsa, «Ekonomiks»da va keyingi paytlarda Rossiyada chiqarilgan darsliklarning ko‘pchiligida asosan kishilarning resurslarga, moddiy ashyo va buyumlarga bo‘lgan munosabatini, xatti- harakatini o‘rganishga, cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanishga alohida e’tibor berilib, masalaga tor doirada (faqat ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlar) yoki bir tomonlama (faqat kishilarning moddiy ashyolarga munosabati) yondashuvga yo‘l qo‘yilgan.
Bizning fikrimizcha, iqtisodiyot nazariyasi fani masalaning u tomonini ham, bu tomonini ham chetda qoldirmasligi, masalaga bir tomonlama yondashuvga va tor doirada qarashga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Chunki har qanday mehnat, har qanday ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, eng avvalo, tabiat ashyolari, moddiy vositalar, pul mablag‘lari orqali amalga oshiriladi va ulardan foydalaniladi.
Shuning uchun mavjud resurslarga, ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarga, ulardan unumli foydalanishga bo‘lgan munosabat, ishlab chiqarish omillarining o‘zaro bog‘liqligi va bir-biriga ta’sirida o‘rganilishi lozim. Boshqa tarafdan, hech qanday mehnat yoki ishlab chiqarish alohida olingan kishi yoki guruh tomonidan, boshqalar bilan aloqalarsiz, munosabatlarsiz amalga oshirilmaydi. Ular ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida bir-birlari bilan albatta o‘zaro munosabatda bo‘ladilar va shu munosabatga qarab harakat qiladilar, o‘z xulq- atvorlarini, xatti-harakatlarini belgilaydilar.
Mana shularni hisobga olib, iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning to‘xtovsiz oshib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy ne’matlarni (moddiy ne’matlar va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida sodir bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo‘jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini o‘rganishdan iborat, deb aytish mumkin.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, ya’ni ham amaliy va ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin. Aksariyat hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida iqtisodiyot nazariyasining to‘rtta asosiy vazifasi ajratib ko‘rsatiladi:


  1. Download 1.87 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling