Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet198/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Ishlab chiqarish miqyosining o‘sishidan doimiy ravishda olinuvchi samara. Ba’zi hollarda ijobiy miqyos samarasi ta’siri barham topuvchi ishlab chiqarish hajmi bilan salbiy miqyos samarasi kuchga kiruvchi ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi tafovut juda ahamiyatli bo‘lishi mumkin. Bu ikkala chegara orasidagi maydonda barcha resurslarning 10%ga o‘sishi ishlab chiqarish hajmining ham mutanosib ravishda 10%ga ko‘payishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish miqyosining kengayib borishi chuqur ixtisoslashuv tufayli boshqarish bo‘yicha mutaxassislar mehnatidan ancha yaxshi foydalanish imkoniyatini beradi. Bu oxir-oqibatda samaradorlikning oshishi va mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga olib keladi.



    1. Foydaning mazmuni va taqsimlanishi

Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi. Lekin bularning ichida foyda korxona faoliyatiga baho berishning asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag‘lar ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi. Aytaylik, korxonada bir oy davomida 100 ming dona «A» mahsuloti ishlab chiqarildi. Har bir mahsulotning narxi 1000 so‘m. Agar barcha mahsulotlar sotilgan taqdirda, korxonaning bir oylik pul tushumi 100 mln. so‘m (100000 × 1000) ga teng bo‘ladi.
Biroq, korxonaning pul tushumlari uning faoliyatining samaradorligiga baho bera olmaydi. Chunki, bu pul tushumlari qanday xarajatlar evaziga olinganligi aks ettirmaydi. Shunga ko‘ra, korxona pul tushumlaridan mahsulot ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar ajratib tashlansa qolgan qismi – foyda hisoblanadi, u korxona ishlab chiqarish samaradorligini aniqlashda muhim o‘rin tutadi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan mahsulot yoki xizmatlarning qiymati sotilgandan keyin ikki qismga: ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash va foyda qismlariga bo‘linadi. Agar yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan qo‘shimcha mahsulot foydaga aylanadi. Albatta har bir korxonada olingan foyda miqdori yaratilgan qo‘shimcha mahsulotga teng bo‘lmasligi, ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin. Bu hol soliqlar va baholar mexanizmi ta’sirida sodir bo‘ladi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling