Iqtisodiy qonun – iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi barqaror takrorlanib turadigan muhim ichki sabab-oqibat aloqalari, ularning o‘zaro bog‘liqligi.
Iqtisodiy kategoriya – barqaror takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushuncha.
Uslubiyat – ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari, qonun-qoidalari va aniq hadislari.
Ilmiy abstraksiya usuli – tahlil paytida xalal berishi mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tiborni qaratish.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
Iqtisodiyot tushunchasi va uning bosh masalasi nima?
Ehtiyoj nima? Uning qanday turlarini bilasiz?
Iqtisodiy resurs tushunchasiga va uning turlariga ta’rif bering.
Nima uchun hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib berish insonning turli xil faoliyatlari ichida eng asosiysi hisoblanadi?
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan iborat? U boshqa iqtisodiy fanlar ichida qanday o‘rin tutadi?
Iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanishida qanday ilmiy maktab va yo‘nalishlar vujudga kelgan?
Iqtisodiyot nazariyasining qanday vazifalari mavjud? Bu vazifalarning bugungi kundagi ahamiyati nimalarda namoyon bo‘ladi?
Iqtisodiy qonunlar nima va ularning qanday turlari mavjud? Iqtisodiy qonunlarning iqtisodiy kategoriyalardan farqi nimada namoyon bo‘ladi?
Iqtisodiyot nazariyasini o‘rganishda qanday usullardan foydalaniladi?
Makroiqtisodiy tahlil bilan mikroiqtisodiy tahlil o‘rtasidagi farq nimadan iborat?
BOB. ISHLAB CHIQARISH JARAYONI VA UNING NATIJALARI
Do'stlaringiz bilan baham: |