Respublikasi oliy va o‘rta


Asosoiy tayanch tushunchalar


Download 1.87 Mb.
bet24/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Asosoiy tayanch tushunchalar: Qo‘shimcha mahsulot, Ishlab chiqarish omillari, Ishchi kuchi, Mehnat qurollari, Mehnat predmetlari, Ishlab chiqarish jarayoni, Ishlab chiqarishning pirovard natijasi, Ishlab chiqarishning umumiy natijasi, Ijtimoiy takror ishlab chiqarish, Oddiy takror ishlab chiqarish, Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, Sof mahsulot, Zaruriy mahsulot, Qo‘shimcha mahsulot massasi, Qo‘shimcha mahsulot normasi, Ishlab chiqarish funksiyasi, Umumiy mahsulot, O‘rtacha mahsulot, So‘nggi qo‘shilgan mahsulot, Mehnat unumdorligi.

Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida, barcha mamlakatlarda inson hayotining asosini moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish tashkil etadi. Chunki, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari bo‘lmasa, ayirboshlaydigan, taqsimlaydigan va iste’mol qiladigan ne’matlarning o‘zi bo‘lmaydi. Har qanday jamiyatda insoniyat iste’molsiz yashay olmaganidek, ishlab chiqarmasdan ham turolmaydi. Bu masala hozirgi kunda jahon mamlakatlarining katta muammosiga aylangan. Chunki, dunyoda ro‘y berayotgan jahon iqtisodiy inqirozlari, aholi sonining oshib borishi va boshqa sabablarga ko‘ra, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan maxsulotlar miqdorining o‘sish sur’atlari susayishi, bu ko‘rsatkichning ayrim mamlakatlarda sezilarli darajada pastligi kuzatilmoqda. Dunyo mamlakatlari reytingida bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston ham 187 ta mamlakatlar ichida 134-o‘rinda turishi ham yaxshi ko‘rsatkich emas. Agar aholi sonining oshib borishi va har bir kishining tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabi oshib borishini hisobga olsak, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish o‘ta jiddiy va dolzarb hayotiy masala ekanligi hammaga ayon bo‘ladi. Shuning uchun ham mamlakatimiz prezidenti va xukumati mustaqillikka erishgan kundan boshlab to hozirgi kungacha ishlab chiqarish jarayonini1 aholi turmush darajasi va sifatini oshirishning asosiy manbai va yo‘li deb qarab uni rivojlantirishga alohida e’tibor berib kelmoqda.


Aholining o‘sib boruvchi talablarini mavjud imkoniyat va resurslarimizni real hisobga olgan holda 2030 yilgacha YaIM hajmini 2 baravardan ko‘proq oshirish vazifasi qo‘yilgani va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan investitsiyalar hajmining asosiy qismini ishlab chiqarishni, unda qo‘llaniladigan yangi texnika va texnologiyalarni rivojlantirishga sarflanayotgani bu sohaga qaratilgan katta e’tiborning dalilidir. Buning ustiga O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida “ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-
kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish1 vazifasi qo‘yilgani muammoning jiddiyligidan dalolat beradi.
Biroq, bugungi kunda Iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha yozilgan ayrim ilmiy ishlar, risolalar, darslik va o‘quv qo‘llanmalarda ishlab chiqarish jarayonining mazmun-mohiyatini yoritish tamomila e’tibordan chetda qolmoqda. Bu bir tomondan, ko‘pgina o‘quvchi yoshlarning, jumladan, talabalarning mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) qayerda, kimning mehnati bilan, kim tomonidan, qanday ishlab chiqarilishini, uni qanday rivojlantirishni, shu sohalarda kishilarning ter to‘kib qilayotgan mehnatlarining ahamiyatini tushunmaslikka olib keladi, ikkinchi tomondan, iqtisodiyotga qiziquvchi va u bilan shug‘ullanuvchi barcha kishilarning butun ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida sodir bo‘layotgan ishlab chiqarish munosabatlaridan bexabar qolishiga sabab bo‘ladi, uchinchidan esa, butun jahonda sodir bo‘layotgan iqtisodiy inqirozlarning tub sababini tushunmaslikka olib keladi. Xolbuki inqiroz ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish o‘zining turlari, sifati, hajmi bo‘yicha talabga javob bermasligi ya’ni muomaladagi pul agregati ya’ni pul miqdori bilan tovarlar va xizmatlar hajmi, turlari va sifati o‘rtasidagi nisbatning buzilishi sababli kelib chiqadi. Ishlab chiqarishni rivojlantirish esa bunday inqirozlarning oldini olish omili bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu bobda bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish omillari, uning infratuzilmasi va ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar va muammolar bayoni beriladi. Ishlab chiqarishning omillari va infratuzilmasi tavsifi, maqsadi va mazmuni ochib beriladi, uning natijalari va samaradorligi bilan bog‘liq masalalar bayoni ham yoritiladi va «ishlab chiqarish imkoniyatlari» tushunchasiga ham o‘rin ajratiladi. Shuningdek, AQSh, Yevropa va Rosiiya kabi mamlakatlarda keng tarqalgan keyingi qo‘shilgan mahsulot nafliligi va uning kamayib borishi, keyingi qo‘shilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib borish qonuni kabi g‘oyalar bilan tanishtiriladi, ularning kamchilik jihatlari
ochib beriladi. Bu yerda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonining har taraflama rivojlantirilishi, bu jarayonlarni modernizatsiyalash, tarkibiy jihatdan o‘zgartirish, diversifikatsiyalash hamda muvozanatli va mutanosibli rivojlantirilishi iqtisodiy inqirozdan qutilishning yoki uning oldini olishning muhim yo‘li sifatida qaraladi. Undan tashqari, 2017 yil 7 fevralda mamlakatimiz Prezidenti Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish strategiyasining mazmuniga, unda belgilangan ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish vazifalarini, ularni amalga oshirishning natijalarini yoritishga alohida e’tibor qaratilgan.




    1. Download 1.87 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling