Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet27/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

2.1-rasm. Ishlab chiqarish omillarining turkumlanishi
Ishchi kuchi insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisi bo‘lganligi uchun bozor iqtisodiyoti davrida inson emas, mehnat jarayoni ham emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi. Ishchi kuchining boshqa tovarlar kabi qiymati va nafliligi mavjuddir va binobarin, uning bozori ham mavjud bo‘ladi. Shuning uchun hozirgi kunda keng qo‘llanilayotgan mehnat bozori tushunchasi o‘rniga ishchi kuchi bozori, mehnat resurslari o‘rniga ishchi kuchi resurslari deyilsa to‘g‘ri va tushunarli bo‘lar edi.
Kapital tushunchasi ham turli adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Ko‘pchilik kapital tushunchasini tarixiy tushuncha deb qarab, uning kapitalizmga xosligini isbotlaydi va kapitalni o‘z egasiga qo‘shimcha qiymat keltiruvchi qiymat, o‘z-o‘zidan ko‘payuvchi, o‘suvchi qiymat deb hisoblaydi. Ayrim g‘arb iqtisodchilari ham, masalan, J.Klark, L.Valras, I.Fisherlar kapitalga daromad keltiruvchi, foyda keltiruvchi, foiz keltiruvchi qiymat deb qaraydilar.
Qator g‘arb iqtisodchilarining jumladan, D.Xayman, P.Xeyne, E.Dolon, J.Robinson, R.Dornbush va boshqalarning fikrini keltirib va ularni umumlashtirib, prof. V.D.Kamaev o‘zining rahbarligida yozilgan darsligida «haqiqatdan ham — kapital o‘zidan o‘zi ko‘payuvchi qiymat»1 deb yozadi. Bunday fikr D.D.Moskvin, V.Ya.Ioxin, A.G.Gryaznova, E.F.Borisov va boshqalarning rahbarligida nashr etilgan qator iqtisodiyot nazariyasi kitoblarida ham aytiladi. Lekin, Amerika va Yevropa mamlakatlaridan kirib kelgan «Ekonomiks» darsliklari va boshqa ayrim adabiyotlarda kapitalni barcha ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida qo‘llaniladigan moddiy vositalardan, ya’ni hamma turdagi mashinalar, asbob- uskunalar, inshootlar, zavod-fabrikalar, omborlar, transport vositalari va boshqa shu kabilardan iborat deb ko‘rsatadi, unga pul va tovarni kiritmaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ayrim iqtisodchilar kapitalistik iqtisodiy tuzumning sotsial mohiyatini ochish uchun masalaga bir tomonlama qarab, ishlab chiqarish omillarining qiymatiga e’tiborni kuchaytirgan. Iqtisodchilarning ayrimlari esa kapitalni bir tomonlama qarab, uning qiymat tarafini e’tiborga olmasdan faqat moddiy ashyoviy tomonini ko‘rsatadilar va kapital tushunchasining tarixiyligini e’tibordan chetda qoldiradilar. Shuning uchun ham ular uni qotib qolgan doimiy, o‘zgarmas tushuncha deb ishlab chiqarish vositalarini (uning faqat moddiy- ashyoviy tomonini hisobga olib) kapital deb ataydilar. Biz bu kapital tushunchasiga bo‘lgan ikki tomonlama yondashuvni bir tanganing ikki tomoni, bir tushunchaning, ya’ni kapital tushunchasining ikki tomoni: uning bir tomoni moddiy va ashyoviy ko‘rinishi, ikkinchi tomoni esa uning qiymat ko‘rinishi ekanligini e’tiborga olamiz va uni bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital deb ishlatamiz. Biz kapital deganda yollanma mehnat tomonidan harakatga keltirilib, o‘z egalariga daromad, foyda keltiradigan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning hamma sohalarida qo‘llanadigan ishlab chiqarish vositalarini, sotishga tayyor turgan tovarlarni, yangi vositalar va ishchi kuchini sotib olishga mo‘ljallangan pul mablag‘larini, ularning ashyoviy tomoni va qiymatining birligini tushunamiz. Boshqacha qilib aytganda, 2«kapital» ham qiymatga, ham naflilikka ega bo‘lgan, ma’lum foyda olish maqsadida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida foydalaniladigan, yollanma ishchi kuchi tomonidan harakatga keltiriladigan vositalardir.
Hamma adabiyotlarda yerga deyarli bir xil tushuncha beriladi, ya’ni yer deganda tuproqning unumli qatlami, o‘tloqlar, yaylovlar, suv, havo, o‘rmon, qazilma boyliklar, umuman tabiiy resurslar tushuniladi. Ma’lumki, keyingi vaqtlarda quyoshdan, shamoldan energiya olinmoqda, havodan foydalanilmoqda. Shularni hisobga olgshan holda yer degan so‘z o‘rniga tabiat so‘zini ishlatsak to‘g‘ri bo‘lar deb o‘ylaymiz.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida katta e’tibor beriladigan omillardan biri tadbirkorlik qobiliyatidir. Tadbirkor deb iqtisodiy resurslar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy resurslarning bir- biriga qo‘shilishini ta’minlaydigan, tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo‘rqmaydigan kishilarga aytiladi; bu xislatlar majmui esa tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi. Mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyev aytganlaridek, “Faol tadbirkorlik biznes faoliyatini innovatsion, ya’ni zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or texnologiya va boshqaruv usullari asosida tashkil etadigan iqtisodiy yo‘nalishdir”1. Hozirgi davrda ayrim adabiyotlarda axborot va uning vositalarini, ekologiyani ham alohida omil deb ko‘rsatadilar. Bizning fikrimizcha, ular tabiat va kapital omillarida o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun ularni alohida omil deb qarashga hojat yo‘q.
Ishlab chiqarish omillari hech qachon bir joyda qotib turmaydi, balki doimo rivojlanib o‘sib boradi. Ishlab chiqarish vositalari ham, ishchi kuchi ham doimo harakatda, rivojlanishda bo‘ladi. Ilgarigi oddiy omoch-bo‘yintiriqqa, bolg‘a va boltaga asoslangan ishlab chiqarishdan hozirgi zamon avtomatlashgan ishlab chiqarishgacha kelish fikrimizning dalilidir.
Ishlab chiqarish jarayonining sodir bo‘lishi uchun uning omillari bilan bir qatorda infratuzilmasi ma’lum darajada rivojlangan bo‘lishi zarur. Chunki, shu infratuzilma bo‘lmagan, rivojlanmagan joyda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning ko‘pgina turlarini amalga oshirib bo‘lmaydi. Shuning uchun ular bir-biriga mos ravishda rivojlanib borishi zarur.
Milliy iqtisodiyotining taraqqiy etishida ishlab chiqarish infratuzilmasining roli hisobga olingan holda uning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mazmun- mohiyatini chuqurroq tushunishni hamda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashdagi o‘rnini aniqlab olishni taqozo etadi.
“Infratuzilma” tushunchasi lotincha “infra” – quyi, osti va “struktura” – tuzilma so‘zlaridan paydo bo‘lgan (ya’ni, “ostki tuzilma” yoki “qo‘shimcha” ma’nosida talqin qilish mumkin). XX asr boshlarida bu atama orqali qurolli kuchlarning harakatini ta’minlovchi front orti inshootlar majmui ifodalangan (moddiy vositalar omborlari, harbiy bazalar, poligonlar va h.k.). 40-yillarning o‘rtalaridan boshlab mazkur tushuncha g‘arb iqtisodiy fanidan boshlab amaliy iqtisodiyotga kirib keldi. U orqali sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga xizmat qiluvchi xo‘jalik tarmoqlari majmui tushunila boshlandi1.
Yuqoridagi bir qator fikr-mulohazalardan xulosa qilish mumkinki, ishlab chiqarish infratuzilmasi deganda asosiy ishlab chiqarish sohasiga xizmat qiluvchi, ya’ni ijtimoiy ishlab chiqarishning normal amal qilishi uchun zarur bo‘lgan umumiy shart-sharoitlarni yaratuvchi va ta’minlovchi obyektlar majmuini tushuniladi.
Bundan ko‘rinadiki, ishlab chiqarish infratuzilmasining tabiati asosiy ishlab chiqarishga yordamchi xizmatlar ko‘rsatuvchi subyektlarni muntazam ajratib borish hamda tarmoqdagi alohida korxonalar ko‘rinishida tashkil etish orqali namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqarish infratuzilmasi korxonalari asosiy ishlab chiqarishga nisbatan ikkilamchi darajani namoyon etib, o‘z taraqqiyotida doimo tovar ishlab chiqaruvchilarning ehtiyojlariga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ishlab chiqarish infratuzilmasi iqtisodiy tizimda takror ishlab chiqarish barcha


1 Комаров М.П. Инфраструктура регионов мира. – М., 2006. – стр.20.
fazalarining (ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol) birligini, uning uzluksiz amal qilishini ta’minlab, iqtisodiy tizim amal qilishi va rivojlanishining bevosita va majburiy shartlaridan biriga aylanadi.
Ishlab chiqarish jarayoni, uning omillari va infratuzilmasining bir-biri bilan bog‘liqligini va o‘zaro ta’sirini quyidagicha ifoda etish mumkin (2.2-rasm).



Ishlab chiqarish omillari




Tabiat
Kapital Ishchi kuchi


Tadbirkorlik qobiliyati

2.2-rasm. Ishlab chiqarish jarayoni va uning infratuzilmasining bir-biri bilan bog‘liqligini va o‘zaro ta’siri

Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, uning mutanosib va barqaror o‘sishini ta’minlash ko‘p jihatdan ishlab chiqarish infratuzilmasining rivojlanganlik darajasiga bog‘liq.


Mana shu sabablarga ko‘ra, iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida umuman infratuzilmani, xususan ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Shunga ko‘ra, keyingi yillarda O‘zbekistonda ishlab chiqarish infratuzilmasini, transport va kommunikatsiya qurilishini kompleks va jadal
ravishda rivojlantirish ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishi sifatida qaralmoqda.
Shuning uchun ham mamlakatimiz Prezidenti va xukumati tomonidan iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mazkur yo‘nalishga infratuzilmaga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan harakatlar strategiyasida “Yo‘l-transport yanada rivojlantirish, iqtisodiy-ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish”1 vazifalari belgilangan. Bunday alohida e’tiborning bir qator sabablari bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

  1. infratuzilmani rivojlantirish yangi korxonalarni joylashtirish va butun iqtisodiyotni taraqqiy ettirish uchun zarur qulay shart-sharoitlar yaratishi, mamlakatimizning turli mintaqa va hududlarida mavjud bo‘lgan boy mineral- xomashyo resurslarini o‘zlashtirish imkoniyatlarini kengaytirishi;

  2. ishlab chiqarish infratuzilmasi ishlab chiqarishdagi umumiy xarajatlarni kamaytirishning muhim sharti va omili hisoblanib, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va butun iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini oshirishi;

  3. ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholini toza ichimlik suvi, energiya bilan ta’minlash, ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish, pirovard natijada aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qilishi;

  4. infratuzilmani rivojlantirish ko‘p mehnat talab qiladigan keng ko‘lamli soha hisoblanib, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, ishchi kuchi bandligini ta’minlash, aholi daromadlari va farovonligini oshirish imkonini berishi va h.k.

Shunga ko‘ra, keyingi yillarda O‘zbekistonda ishlab chiqarish infratuzilmasini, transport va kommunikatsiya qurilishini kompleks va jadal ravishda rivojlantirish ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishi sifatida qaralmoqda. Jumladan, zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirishni ta’minlash, shu asosda iqtisodiyotni izchil va barqaror yuksaltirish uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi




1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni.
Prezidentining 2018 yil 20 iyundagi “Investitsiya va infratuzilma loyihalarini jadal amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risidagi”gi PQ-3794- sonli Qarori hamda 2020 yil 10 yanvardagi “2020-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4565-son Qarori asosida “2020-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi” qabul qilingan.
Ushbu dastur asosida avtomobil yo‘llari, ko‘priklar hamda yo‘l o‘tkazgichlarini va boshqalarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha manzilli dasturlarni o‘z ichiga oladi. Dasturni amalga oshirish uchun jami 48598,9 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi.
Bu chora-tadbirlarning barchasi pirovardida mamlakatimiz iqtisodiyotining jadal sur’atlar bilan o‘sishi uchun zamin yaratadi.


    1. Download 1.87 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling