Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet93/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

5.2-rasm. Zamonaviy bozor xo‘jaligi modellari
Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga, barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo‘lgan bir qator shart-sharoitlar bo‘lishi taqozo qilinadi. Bular quyidagilar: ilg‘or texnologiya va yangi texnik vositalardan keng miqyosda foydalanish; ishlab chiqarishning ixtisoslashishi, modernizatsiyalash diversifikatsiyalash va boshqalar.

    1. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari

Ijtimoiy xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo‘lini tanlagan har qanday mamlakat mazkur iqtisodiy tizimning qanday amal qilishini mukammal bilishi muhim hisoblanadi. Buning uchun, eng avvalo, har qanday iqtisodiy tizimning umumiy muammolarini ifodalovchi quyidagi savollarga javob topish kerak bo‘ladi:



  1. qanday mahsulot va xizmatlarni, qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur?

  2. ushbu mahsulot va xizmatlarni qanday texnika va texnologiya vositasida ishlab chiqariladi?

  3. bu mahsulot va xizmatlar kim uchun ishlab chiqariladi?

Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu muammolar qisqacha – «nima, qanday qilib, kim uchun ishlab chiqarish zarur?» tarzida ifodalanadi. Bu muammolar an’anaviy iqtisodiyotda asosan urf-odatlar, ko‘p yillar davomida mavjud bo‘lib kelayotgan an’analar, milliy, diniy, iqlim va boshqa omillar ta’sirida hal etilsa, ma’muriy- buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizimda markazlashtirilgan holdagi taqsimot va rejalashtirish orqali hal etiladi. Lekin bozor iqtisodiyoti bu muammolarni o‘zgacha tarzda hal etadi. Bunda bozor iqtisodiyoti tizimining o‘ziga xos xususiyatlaridan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib chiqadi.
Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarurligi bozor iqtisodiyoti sharoitida eng avvalo iqtisodiy resurslar bilan ta’minlanish darajasiga, talab va taklif nisbatiga bog‘liq. Bunda mavjud bo‘lgan resurslar qanday hajmda band qilinishi yoki qaysi qismi ishlab chiqarish jarayonida foydalanishi ham hisobga olinishi lozim. Bu savolga javob berishda korxona zarar ko‘rmaslik va yuqori darajada foyda olish uchun intilish qoidasiga amal qiladi. Shu bilan birga mahsulot va xizmatlarning qanday to‘plami jamiyat talablarini to‘la qondira olishi e’tiborga olinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat talab mavjud bo‘lgan, binobarin, foyda keltirishi mumkin bo‘lgan mahsulot va xizmatlar yaratiladi. Bunda korxona foydasi hajmini tovarni sotishdan olinadigan umumiy pul daromadi va uni ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari o‘rtasidagi nisbat aniqlaydi.
Bozor iqtisodiyoti fan-texnika taraqqiyotini rag‘batlantiradi. Birinchi bo‘lib tejamli texnologiyalarni qo‘llash korxonaning o‘z raqobatchilari oldidagi vaqtinchalik ustunligini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi korxonaning iqtisodiy foyda olishini bildiradi. Bundan tashqari, bozor tizimi yangi texnologiyaning tez tarqalishi uchun sharoit ham yaratadi. Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona yuqori foyda berishi mumkin bo‘lgan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqarishni amalga oshiradilar. Qisqacha
xulosa qilinadigan bo‘lsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida «nima, kim uchun va qanday qilib ishlab chiqarish zarur» degan muammoga quyidagicha javob beriladi:

    1. yuqori foyda beradigan barcha tovarlar va xizmatlar to‘lovga layoqatli iste’molchilar talabiga yetarli hajmda ishlab chiqariladi;

    2. tovar va xizmatlar to‘lov layoqatiga ega, yuqori foyda olish imkonini beradigan xaridorlar uchun ishlab chiqariladi;

v) yuqori foyda olishni ta’minlaydigan, resurslarni tejash imkonini beradigan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi.
Oldingi bobdan ma’lumki, mavjud iqtisodiy tizimlar orasida bozor iqtisodiyoti o‘zining afzalliklari bilan ajralib turadi. Aynan shu afzalliklar mazkur iqtisodiy tizimning samarali va barqaror amal qilishi, rivojlanishiga zamin yaratadi. Eng avvalo, bozor iqtisodiyotining uchta ustun jihatini ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi.


  1. Download 1.87 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling