Turmush darajasi-bu jismoniy, manaviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqiyosi va ularing qondirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir.
Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari. Tayanch iboralar: umummetodologik usullar, iqtisodiyo matematik modellashtirish, makroiqtisodiy modellar,endogen o’zgaruvchilar, zkzogen o’zgaruvchilar, agregatlash.
Agar fanning predmeti- u nimani o’rganadi degan savolga javob bersa, u holda metod - bu fan qanday o’rganiladi. Metod - bu ma'lum bir fan mavzusini o’rganish usullari, shakllari to’plami; maxsus tadqiqot vositasi. Makroiqtisodiyot, boshqa fanlar singari ham umumiy, ham maxsus tadqiqot usullaridan foydalanadi. Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullariga ilmiy mavhumlashish, analiz va sintez, deduksiya, induksiya, statistik kuzatuv, iqtisodiy matematik modellashtirish usullari kiradi. Juda murakkab tizim hisoblangan milliy iqtisodiyotni tadqiq qilish o’ziga xos usullardan foydalanishni talab etadi. Son-sanoqsiz faktlarni, minglab ko’rsatkichlarni aloxida-aloxida o’rganib chiqish va ular borasida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish o’ta qiyin vazifadir. Shu sababli ham Makroiqtisodiyot fanida agregat kattaliklardan foydalanishga asoslangan tadqiqot usullaridan foydalaniladi. Agregatlash, ya‘ni bir qancha iqtisodiy ko’rsatkichlar va kategoriyalarni yagona makroiqtisodiy ko’rsatkich yoki kategoriyaga umumlashtirish orqali milliy iqtisodiyotdagi makroiqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish imkoniyati yuzaga keladi.. Agregat ko’rsatkichlar yordamida minglab aloxida bozorlarni mamlakatning yagona bozori sifatida ko’rib chiqish mumkin bo’ladi.
Jahon iqtisodiyotida iqtisodiy o’sish muammosi. Tayanch iboralar: Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, milliy iqtisodiyot, siklik tebranishlar, retsessiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |