Rezume matni. Maqola va uning turlari
Download 22.41 Kb.
|
9-mavzu
Taqriz matni
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi “Iqtisodiy fanlar” kafedrasi dotsenti Sh.R.Qobilov va boshqalar tomonidan Akademiya kunduzgi ta’lim tinglovchilari uchun tayyorlangan “Iqtisodiyot nazariyasi” o‘quv dasturi hamda ushbu dastur asosida tayyorlangan ishchi o‘quv dasturiga T A Q R I Z O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida “Taraqqiyotimizning har bir yo‘nalishi bo‘yicha maxsus adabiyotlar yaratish to‘g‘risida fikr yuritib, ko‘pchilik darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari saviyasi talab darajasida emasligini” qayd etgan edi. Yaratilgan darsliklar, qo‘llanmalarning barchasi yangicha qadriyatlar va demokratik prinsiplar hamda biz barpo etishga intilayotgan erkin fuqarolik jamiyati talablariga javob beradigan munosabatlar sifatida ijtimoiy gumanitar fanlarning asosiy tadqiqot mavzulariga aylanishi lozim. Mualliflar tomonidan tuzilgan o‘quv dasturi yuqoridagi talablarni inobatga olib, taraqqiyotning umumiy asoslari, bozor iqtisodiyoti mohiyati va uning qonun-qoidalari, mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot hamda bugungi jahon xo‘jaligi va unda O‘zbekistonning o‘rni kabi masalalarni o‘rganish ehtiyojidan kelib chiqqan. O‘quv dasturi hamda u asosida tuzilgan ishchi o‘quv dasturi kirish, o‘n to‘rtta mavzuni o‘z ichiga olgan to‘rt bo‘limdan iborat. Mualliflar tinglovchilarning iqtisodiy taraqqiyotning mazmuni, umumiy asoslari, jamiyatda ro‘y berayotgan demokratik islohotlar va modernizatsiya jarayonlari mohiyatini tushunib yetishi, iqtisodiyotning sir-asrorlarini idrok etishi hamda O‘zbekiston va jahon mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyotining o‘ziga xos jihatlari, mohiyati, rivojlanish bosqichlari haqidagi bilimlarni shakllantirish maqsadini ko‘zlagan. Shuningdek, o‘quv dasturi “Iqtisodiyot nazariyasi” fanini o‘rganishda nazariya bilan amaliyotning uzviy bog‘lanishi, O‘zbekiston iqtisodiyotida yuz berayotgan hodisalar talqin etilishi va izohlanishi talablari ham inobatga olingan. Iqtisodiy bilimlarni berishda va tinglovchilarning mustaqil ravishda o‘zlashtirishlarida umumiylik va milliylikning uyg‘unligini ta’minlash nazariyasi real iqtisodiy hayot bilan uzviy bog‘lash nazarda tutilgan. Mualliflar har bir mavzuni o‘rganishda tinglovchilarning mustaqil ishlashlarini e’tiborga olib, yangi avlod adabiyotlari ham keltirganlar. Bu tinglovchilarning adabiyotlar bilan mustaqil ishlashlarida qulaylik yaratadi. O‘quv dasturi tinglovchilarni amaldagi qonunlarni o‘rganishga ham undaydi. Mualliflar fan bo‘yicha o‘quv dasturi va ishchi o‘quv dasturini iqtisodiyot nazariyasidagi ilg‘or tafakkur asosida tuzganlar. Ayniqsa, bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri, mamlakatimizda demokratik 1991-yildan 2000-yilgacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga oladigan birinchi bosqich, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilish, aholi turmush darajasining muntazam oshib borishini ta’minlash, 2001-yildan 2010-yilgacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga olgan ikkinchi bosqich- mamlakatimizni faol demokratik yangilash, isloh etish va modernizatsiya qilish bosqichlari o‘z aksini topgan. Ishchi o‘quv dasturida esa mamlakatimizning hozirgi rivojlanish bosqichi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi rivojlanish strategiyasi, deb qarash, uning ahamiyatini ochib berish masalalari o‘rin olgan. Yuqoridagilarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi “Iqtisodiy fanlar” kafedrasi dotsenti, polkovnik Sh.R.Qobilov va boshqalar tomonidan tayyorlangan “Iqtisodiyot nazariyasi” fanini o‘rganish bo‘yicha o‘quv dasturini chop etishga tavsiya etaman. Download 22.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling