Rezume matni. Maqola va uning turlari


Toshkent moliya instituti “Iqtisodiyot nazariyasi”


Download 22.41 Kb.
bet3/4
Sana04.04.2023
Hajmi22.41 Kb.
#1328843
1   2   3   4
Bog'liq
9-mavzu

Toshkent moliya instituti “Iqtisodiyot nazariyasi”
kafedrasi mudiri Iqtisod fanlari doktori, professor T.Jo‘rayev
Annotatsiya - qandaydir nashr haqidagi qisqa axborot; hujjat, uning bir qismi yoki hujjatlar guruhining maqsadi, mazmuni, shakli va boshqa o‘ziga xos xususiyatlari nuqtayi nazaridan tavsifnomasi. Annotatsiya boshlang‘ich hujjatda so‘z boradigan savolga javob beradi.
Annotatsiya turlari.
Mazmuni va maqsadli vazifasi bo‘yicha
- bildirgichli (matnning tanqidiy bahosiz tavsifnomasini beradi)
- tavsiyali (matnning iste’molchilarning muayyan auditoriyasi uchun yaroqliligi jihatidan tavsifini va bahosini beradi)
Mazmunni to‘liq qamrab olishi bo‘yicha
- umumiy (keng auditoriyani hisobga olib umuman matnning tavsifini beradi)
- ixtisoslashgan (matnning tor doiradagi mutaxassislarni hisobga olib muayyan
jihatlardagi tavsifini beradi)
- guruhli (mavzusi bo‘yicha yaqin bir necha matnlar tavsifini beradi)
Annotatsiyani tuzishga qo‘yiladigan asosiy talablar
1. Kompozitsiyasi mazmunan mantiqiy bo‘ladi va dastlabki matn kompozitsiyasidan farqlanishi mumkin.
2. Ma’lumotlarning tanlanishi, ularning ifodalanishi va joylashuvi annotatsiya tusiga bog‘liq bo‘ladi.
3. Tili lo‘ndaligi, soddaligi, aniqligi bilan ajralib turadi.
4. Dissertatsiya, maqolaga annotatsiya bibliografik varaqada rasmiylashtiriladi, xatboshilarsiz beriladi.
5. O‘rtacha hajmi - 500 bosma belgi, kam hollarda – 800 – 1000.
Annotatsiyani tuzishdagi asosiy xato – axborotning ko‘pligi, fikrlarni ifodalashda gaplarning uzunligi, davrlarning ishlatilishi!
Ortiqcha narsalar: kirish so‘zlari va gaplari, murakkab gaplardan qoching!
Matn mazmunining qisqacha bayoni(rezume)
Hozirgi paytda ko‘plab zamonaviy tashkilotlar va ayniqda xalqaro korxonalar ishga topshirayotgan shaxslardan rezume yuborishlarini talab qilishadi. Rezume o‘zi nima degani? Rezume fransuzcha “résumé” so‘zidan kelib chiqqan va sodda qilib aytganda qisqacha izoh ma’nosini bildiradi. Rezume ishga topshirayotgan inson to‘g‘risida ma’lumotni taqdim etadi, ya’ni uning ismi, ma’lumot darajasi, ish tajribasi, qiziqishlari va hokazo.
Rezume hozirgi kunda ish qidirishda eng muhim hujjat hisoblanadi.O‘zbek tilida bunday hujjat “tarjimayi hol” va “shaxsiy ma’lumotnoma” deb ham atalishi mumkin, lekin rezumening shakli bu hujjatlardan biroz farqlidir. Rezume, asosan, ish izlovchilar tomonidan ishga topshirayotganda yuboriladigan hujjat hisoblanadi, lekin u boshqa maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, tashkilot direktori yoki loyiha menejerining rezumesi grant taklifi bilan birgalikda donor tashkilotga topshiriladi.
Rezumeda ish izlovchi shaxs to‘g‘risida qisqacha ma’lumot yoziladi. Ish beruvchi eng birinchilardan bo‘lib aynan rezumega e’tibor qaratadi. Ya’ni ishga topshirgan insonni ko‘rmasdan va bilmasdan turib rezume orqali u bilan tanishadi. Shuning uchun, rezume ishga topshiruvchi shaxs to‘g‘risida bexato, aniq va eng asosiysi topshirilayotgan ishga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni qamrab olishi kerak. Yaxshi tuzilgan rezume ishni qo‘lga kiritishning birinchi va eng muhim poyqadami hisoblanadi. Agar rezumengiz orqali ish beruvchini ishontira olmasangiz, keyingi bosqichga o‘tish imkoni bo‘lmaydi!

Download 22.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling