Toshkent amaliy fanlar universiteti «tasdiqlayman»


Download 81.87 Kb.
bet1/6
Sana12.10.2023
Hajmi81.87 Kb.
#1700326
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-курс Молия амалиёт дастури (1)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI





«TASDIQLAYMAN»
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
B. Rajabov
____________________
«___» ____________ 2023 yil.



“Moliya va moliyaviy texnologiyalar”

ta’lim yo‘nalishi


bakalavriat bosqichining 1-kurs talabalari uchun

O‘QUV – TANISHUV MALAKAVIY AMALIYOTI
DASTURI


Toshkent-2023
“Ma’qullandi”
2-fakultet Kengashida muhokama qilingan.
Kengash raisi ___________ O.Xamraev

“_____”________________2023 yil.


3-fakultet Kengashida muhokama qilingan.


Kengash raisi ___________ B.Shamsiyev

“_____”________________2023 yil.


“Ishlab chiqildi”
“Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri
___________ dots. N.Rustamov


Kafedra yig‘ilishining 2023 yil
“ ” ________________ - sonli bayonnomasi


Taqrizchilar:
Xudoyqulov X.X. - TDIU «Moliya» kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari doktori, professor.
Saparov T.A. – TAFU «Iqtisodiyot » kafedrasi dotsenti, i.f.n.


Tuzuvchilar:

© N.I.Rustamov - “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” ta’lim yo‘nalishi bakalavriat bosqichining 1-kurs talabalari uchun o‘quv – tanishuv malakaviy amaliyoti dasturi, TAFU. 2023 y. – 12 bet.




KIRISH
Raqamli iqtisodiyot sharoitida raqobatbardosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Shu bois fanlar bo‘yicha bilimlar majmuasini o‘zlashtirish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uzviyligida malaka va ko‘nikmalarni mukammal shakllantirishda ishlab chiqarish amaliyoti muhim ahamiyatga ega.
Ushbu dastur “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” ta’lim yo‘nalishi talabalarining o‘quv amaliyotini to‘g‘ri tashkil qilish, bo‘lajak mutaxassislarni moliya tizimida samarali faoliyat yuritishlari uchun uslubiy ko‘rsatma bo‘lib hisoblanadi.
Mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi
O‘RQ-637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga, 2019-yil 8-oktabrdagi
PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni, 2017-yil 27-iyuldagi
PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 25-avgustdagi 744-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti, 230000 - Iqtisod ta’lim sohasining davlat ta’lim standartlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 1998-yil 30-oktabrdagi 305-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti to‘g‘risida”gi Nizom talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan.
Dasturda o‘quv-tanishuv malakaviy lamaliyotining maqsadi, amaliyotni o‘tashga oid umumiy qoidalar, uni samarali tashkil etish masalalari, amaliyot rahbari va amaliyotchining vazifalari hamda majburiyatlari, amaliyot o‘tash natijalarini va hisobotni rasmiylashtirish tartibi ko‘rsatib o‘tilgan.

O‘quv – tanishuv malakaviy amaliyoti bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmaga qo‘yiladigan talablar


1. O‘quv-tanishuv malakaviy amaliyoti moliyaviy tashkilotlarda moliyaviy hisobotni tashkil etilish tartibi haqida ma’lumot va tushunchalarni bilishi va foydalana olishi;
2. Moliya va moliya asoslarining usullarini amaliyotda qo‘llanilish tartibini bilish;
3. Moliyaviy hisob hujjatlarini to‘ldirish va hisobotlarni to‘ldirish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish.



Download 81.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling