Rivojlanish falsafasi


Download 145 Kb.
bet2/11
Sana08.02.2023
Hajmi145 Kb.
#1176289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
RIVOJLANISH FALSAFASI

Taraqqiyot - borliqni, undagi narsa va hodisalarni quyidan yuqori holatga tomon harakat qilish jarayoni bo‘lib, buning natijasida eski sifat o‘rniga yangi sifat vujudga keladi. Taraqqiyotning ibtidosi bo‘lganidek, intihosi ham bo‘ladi. Biror davrning tugashi yangi davrning ibtidosini boshlab beradi. Yangi davrda o‘tgan zamonning baozi xususiyatlari takrorlanishi muqarrar.Taraqqiyotni turli metodlar, nazariyalar o‘rganadi. Masalan: metafizika, dialektika, sinergetika, mantiq va x.k. . Taraqqiyot - borliq, undagi narsa va hodisalar miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘zaro o‘tish, qarama-qarshiliklar birligi va kurashi, inkorni inkor jarayonidir. Taraqqiyot oddiy miqdor o‘zgarishlari emas, balki sifat o‘zgarishlaridir.Falsafada shu asosda rivojlanish va taraqqiyot qonunlari tadqiq etiladi. Qonunlar borliqdagi narsa va hodisalarning aloqa va bog‘lanishlari ifodasidir.
Eng qadimgi zamonlardan buyon odamlar borliqdagi hodisa va buyumlar orasida o‘zaro bog‘lanish, o‘zaro ta’sir va munosabatlar borligini payqaganlar. Bu - olamga taraqqiyot nuqtai nazardan yondashuv natijasi edi.
«Dialektika» so‘zi asli qadimgi yunon tiliga mansub bo‘lib, uni Sharq mamlakatlari ilmida, xususan arab tilida ilk bor Abu Nasr Forobiy «jadl», «jadli», «jadal» tarzida qo‘llagan. «Jadal» so‘zi harakat, tezlik, tezlanish, rivojlanish, o‘zgarish, intilish kabi ma’nolarni anglatadi. Tabiat va jamiyatdagi barcha hodisalar nedir bir narsaning ta’siri, turtkisi, agar u tarkibli tizimi bo‘lsa, qismlarning o‘zaro ta’siri sababli ro‘y beradi2.Bunday yondashuvning dastlabki namunalari zardo‘shtiylikning muqaddas kitobi - «Avesto» da, keyinroq Sharq mutafakkirlari asarlarida, va nihoyat, yunon faylasuflari ijodida uchraydi.
«Avesto» va «Metafizika» (Arastu) kitoblarida bayon etilgan dialektika Forobiy, Ibn Sino va boshqalar asarlarida rivojlantirilib, hozirgi zamongacha yetib keldi va hanuz jahon falsafasida asosiy tamoyillardan muhimi sifatida xizmat qilib kelmoqda.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov kitoblarida hozirgi zamon dialektikasining asosiy masalalari ta’kidlab o‘tilgan. Dialektikaning o‘zagi hisoblangan ziddiyat haqida gapirar ekan, I.A.Karimov shunday yozadi: «endilikda yadro maydonlarida bo‘layotgan qarashlar ko‘p narsani hal qiladi... Aslida hayotning o‘zi turli-tuman g‘oyalar kurashidan, bahsu munozaralardan iborat. Taraqqiyotning ma’no-mazmuni, kerak bo‘lsa, falsafasi ham ana shunda». «Million-million odamlarning qalbidagi ezgu intilishlarini, ularning hayot mazmunini ifoda qilish oson emas. Buning uchun biz dialektika qonuniyatini, ya’ni muayyan bir shaxs bilan butun bir xalq orzu-intilishlarini uyg‘un holda qanday aks ettirish masalasini yaxshi tushunib olishimiz zarur»1.
Taraqqiyot va o‘zaro aloqadorlikning falsafiy g‘oyalari dastlab stixiyali shaklda ifoda etilgan edi. So‘ngra uzoq tarixiy taraqqiyot natijasida olamni bilish nazariyasi va metodologiyasi sifatida tarkib topadi va rivojlanadi. Taraqqiyotning qonunlari va kategoriyalari falsafa ilmining buyuk donishmandlari tomonidan kashf etilgan.Qonun nima?

Download 145 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling