Rivojlanish falsafasi


Download 145 Kb.
bet7/11
Sana08.02.2023
Hajmi145 Kb.
#1176289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
RIVOJLANISH FALSAFASI

Inkorni inkor qonuni. Bu qonun inkor, inkorni inkor, taraqqiyot bilan bog‘liq inkor kabi tushunchalar orqali ifodalanadi. Bu qonunning asosiy xususiyatlari quyidagilar: inkorni inkor qonuni - tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy, Ob’ektiv xarakterga ega bo‘lgan qonunidir;metafizik inkordan tubdan farq qiladi; dialektik inkorning mohiyatini ifodalaydi; yangi sifat bilan eski sifat o‘rtasidagi aloqadorlikni aks ettiradi; yangi sifat eski sifatning qonuniy merosxo‘ri ekanligini ifodalaydi; inkorni inkor taraqqiyotning aylanma yo‘llar bilan quyidan yuqoriga ko‘tarilib borishini, yangilik g‘alabasini aks ettiradi; inkorni inkor yangining yengilmasligi, uning ruhi bilan yashashni o‘rgatadi; inkorni inkor olamni bilishda muhim metodologik ahamiyatga ega.
Qonunlar tizimini taraqqiyotning ifodasi bo‘lgan kategoriyalar mazmunan to‘ldiradi, turli tomondan ularga aniqlik kiritadi. Kategoriyalarni o‘rganishda ularni uch toifaga bo‘lish mumkin: umumfalsafiy kategoriyalar; taraqqiyot va o‘zaro aloqadorlikni ifodalovchi kategoriyalar, ijtimoiy falsafa kategoriyalari.
Umumfalsafiy kategoriyalar o‘zining umumiyligi bilan xarakterlanadi, masalan, materiya, borliq, harakat, miqdor, sifat, ziddiyat, inkor, qarama-qarshilik, qonun, qonuniyat va h.k. Bu haqda yuqorida aytib o‘tildi. Ijtimoiy falsafa kategoriyalari esa jamiyat taraqqiyoti bilan aloqador narsa-hodsalarning eng umumiy xususiyatlarini ifodalovchi tushunchalardir: ijtimoiy borliq, ishlab chiqarish, shaxs, qadriyat v ax.l.
Taraqqiyotning falsafiy g‘oyasi bilan bog‘liq kategoriyalar ichida juft kategoriyalarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Ularning ba’zi birlarini qarab chiqamiz.
Ayrimlik va umumiylik. Ayrimlik deb alohida narsa, hodisalarga xos bo‘lgan nodir belgi, tomon, xususiyatlarni aks ettiruvchi tushunchalarga aytiladi. Masalan, Farg‘ona davlat universiteti - tushunchasida ayrimlik va umumiylik mavjud. Farg‘onadagi oliygoh ekanligi uning ayrimligi, universitet ekanligi umumiyligi. Daraxt - umumiylik, olma daraxti - ayrimlik. Umumiylik deb bir guruh, doiraga kiradigan narsa va hodisalarga xos bo‘lgan takrorlanadigan muhim tomonlar va belgilarga aytiladi.Umumiylik bilan ayrimlik o‘rtasida xususiylik mavjud. Xususiylik buyumlarning o‘ziga xos tomonlarini aks ettiradi. Masalan, yong‘oq daraxti - ayrimlik, mevali daraxt - xususiylik, daraxt - umumiylik. Yoki bug‘doy - ayrimlik, don - xususiylik, o‘simlik - umumiylik.

Download 145 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling