Rivojlanish falsafasi


Download 145 Kb.
bet4/11
Sana08.02.2023
Hajmi145 Kb.
#1176289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
RIVOJLANISH FALSAFASI

Dogmatizm - aqidaparastlik demakdir. U bir xil andozada qotib qolgan qoidalarga suyanadi, yangilanishni, ijodiylikni inkor etadi. Haqiqat sharoit, o‘rin va vaqtga bog‘liq degan qoidaga amal qilmaydi. Dialektika nomi bilan yuritiluvchi taraqqiyot g‘oyasi esa har bir hodisa, ta’limot vaqtga, joyga, sharoitga bog‘liq holda o‘zgarib turadi, deb ta’lim beradi. Eklektika - bir-birini inkor qiladigan tuturiqsiz fikrlarni Sun’iy ravishda birlashtiradigan nuqtai nazar, turli qarashlarni bir-biriga aralashtirib yuborish usulidir. Indeterminizm hodisalar o‘rtasidagi sababiyatning qonuniy ekanligini rad etadi. Boshqacha aytganda, sababiy qonuniyatning Ob’ektivligini asoslab beruvchi determinizmning aksidir. Sofistika - eng qadimgi soxta munozara yuritish sanoati bo‘lib, tinglovchini adashtiradigan, haqiqatni yolg‘on, yolg‘onni haqiqat deb e’lon qiladigan usuldir. Bu haqda oldingi Ma’ruzalarda aytib o‘tildi. Regress - taraqqiyotning yuqori bosqichidan quyi bosqichiga qarab qaytishi bo‘lsa, progress taraqqiyotning quyidan yuqorilab borishini bildiradi.
Borliqni o‘rganishda falsafa o‘z tamoyil(prinsip)lari asosida ish ko‘radi. Tamoyillar borliqni bilish va izohlashdagi eng muhim g‘oyalardir. Hozirgi zamon falsafasida quyidagi tamoyillardan keng foydalaniladi: 1) taraqqiyot tamoyili; 2) umumiy aloqadorlik tamoyili; 3) tarixiylik tamoyili; 4) sababiylik tamoyili; 5) tizimiylik tamoyili va x.k.
Bulardan eng xarakterlisi taraqqiyot va o‘zaro bog‘lanish tamoyili to‘g‘risida yuqorida aytib o‘tildi.Taraqqiyot qonunlaridan birinchisi miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘zaro o‘tish qonuni deb yuritiladi. Mazkur qonun sifat, miqdor, me’yor kategoriyalari bilan ish ko‘radi.
Sifat deb narsa va hodisalarning muhim xususiyatlari majmuasiga aytiladi. Har bir narsa asosiy va asosiy bo‘lmagan, muhim va muhim bo‘lmagan xususiyatlarga ega. Asosiy hususiyatlar o‘zgarsa, sifat ham o‘zgaradi. Sifat narsa va hodisalarning o‘zaro bir-biridan farqini bildiradi, ayni vaqtda sifat narsalarning umumiy tomonlarini ham ifodalaydi. Masalan, paxta o‘simligini olaylik. Uning oqligi, tolasining yumshoqligi, mayinligi paxtaning asosiy bo‘lmagan xususiyatlaridir. Paxta tolasining uzun-kaltaligi, pishiqligi, yo‘g‘on-ingichkaligi asosiy asosiy xususiyatlari bo‘lib, ular birgalikda ''paxta'' degan sifat(narsa)ni tashkil etadi. Shakarning sifati uning maydaligi yoki oqligi emas, balki shirinligidir. Qalampirning sifati uning qizilligida emas, balki achchiqligidir.Sifat miqdor bilan bog‘langan. Miqdor nima? Miqdor deb narsalarning soni, katta-kichikligi, hajmi va boshqa kattaliklarni ifodalovchi tushunchaga aytiladi. Miqdor narsalar o‘xshashligi, bir xilligini bildiradi. Masalan: aholining soni miqdorni bildiradi.
Sifat va miqdor o‘zaro bog‘langan, ular birligining me’yor(o‘lchov) ta’minlaydi. Sifat va miqdor nisbati shundayki, miqdor o‘zgarsa, narsa o‘zgarmay qolishi mumkin. Biroq uning ham me’yori bor. Xalq maqolida aytilganidek, «toma-toma ko‘l bo‘lur, tommay qolsa, cho‘l bo‘lur», «oz-oz o‘rganib dono bo‘lar». Boshqa bir misol: suvni qizitishni ma’lum nuqtagacha davom ettirsak, suv o‘z sifatini o‘zgartirmaydi, biroq bu jarayon yanada davom ettirilsa, harorat yuz darajagacha yetgach, suv bug‘ga aylanadi, demak sifat o‘zgarishi yuz beradi. Bunda suvning me’yori buziladi.

Download 145 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling