Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya


Pedagogik psixologiya metodlari


Download 370.23 Kb.
bet28/50
Sana28.12.2022
Hajmi370.23 Kb.
#1024514
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50
Bog'liq
маъруза матни ривож

Pedagogik psixologiya metodlari
Pedagogik psixologiyada umumiy va yosh psixologiyada foydalanilgan metodlar qo‘llaniladi. Ular: kuzatish, yozma va og‘zaki savolnomalar, eksperiment va boshqalar. Lekin ular bolalarning yoshi va psixologik va pedagogik muammolariga bog‘liq ravishda qo‘llaniladi.
Umumiy metodlardan tashqari, pedagogik psixologiyaning maxsus metodlari ham mavjud. Masalan, ularga psixologik-pedagogik eksperiment, maxsus psixologik-pedagogik testlar kiradi.Psixologik-pedagogik eksperiment bolaga u yoki bu pedagogik ta’sirning mahsuldorlik darajasini aniqlash uchun maxsus rivojlantiruvchi maqsadni ko‘zlab o‘tkaziladi.Psixologik-pedagogik eksperiment uch bosqichdan iborat:

  1. Aniqlovchi eksperiment.

  2. Shakllantiruvchi eksperiment.

  3. Nazorat eksperimentlari.

Pedagogik psixologiyada qo‘llaniladigan barcha metodlar quyidagilarga bo‘linadi:

  1. Tashkiliy metodlar.

  2. Sharhlash metodlari.

  3. Baholash metodlari.

  4. Natijalarni yig‘ish va qayta ishlash metodlari.

Tashkiliy metodlar o‘tkaziladigan tadqiqotning maqsadi, mazmuni, tuzilishi, tashkil etilishi, tayyorgarlik shakllarini o‘z ichiga oladi. Sharhlash metodlari o‘tkaziladigan tadqiqotning barchasi yoki uning ayrim qismlarini amalga oshirish shakllariga tegishli bo‘ladi. Baholash metodlari tadqiqot natijalarini, jumladan tadqiqotda ishtirok etgan bolalarning psixologik va xulq-atvor xarakteristikalarini aniqlash psixologik-pedagogik baholash usullarini qamrab oladi. Natijalarni yig‘ish va qayta ishlash metodlari deganda tadqiqotda sinaluvchilar haqida zarur ma’lumotlarni to‘plash nazarda tutiladi.
Yuqorida keltirilgan tadqiqot metodlaridan tashqari yana bolaga amaliy psixologik-pedagogik ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq ikki guruh metodlar mavjud.Bu psixologik maslahat va korreksiyadir. Psixologik masalahat bolaning rivojlanishi davomida duch kelgan muammolarni o‘rganish va tanishish asosida unga og‘zaki tavsiyalar va nasihatlar turida yordam ko‘rsatishdir. Korreksiya psixologning qiziqtirayotgan shaxsga bevosita pedagogik ta’sir ko‘rsatishidir.



Download 370.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling