Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya


Mavzu:Uzoq umr ko‘ruvchilar psixologiyasi


Download 370.23 Kb.
bet26/50
Sana28.12.2022
Hajmi370.23 Kb.
#1024514
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50
Bog'liq
маъруза матни ривож

Mavzu:Uzoq umr ko‘ruvchilar psixologiyasi
Mavzu rejasi:

  1. Gerontopsixologiya haqida umumiy tushuncha.

  2. Keksayish davridagi shaxs psixologiyasi.

  3. Keksalik davridagi shaxsning psixologik xususiyatlari.

  4. Uzoq umr ko‘ruvchilarning psixologik xususiyatlari.

Gerontopsixologiya (yun. geron —qari, keksa va psixologiya) — gerontologiya va yosh psixologiyasi sohasi. Inson organizmining qarish jarayonini anglatadigan tibbiy va biologik fanlarning bir bo`limi hisoblanadi.
Gerontopsixologiya fani asoschisi Stenli Xoll hisoblanadi. XX asrning II yarmida jamiyatda keksalar soni ko`p bo`lib, ularning ijtimoiy hayotdagi roli ortib borgan. Bu esa “aholining qarishi” deyiladi. Aynan keksalik davrida inson organizmining jismoniy zaifligi va sog`liqning yomonlashuvi natijasida ruhiyatda ham o`zgarishlar kuzatiladi.
Uning vujudga kelishiga ijtimoiy omillar: keksalar sonining koʻpayishi, ularning ish layoqati va turmush sharoiti masalalari sabab boʻldi. Gerontopsixologiya qari kishilardagi umumfiziologik va psixofizik xususiyatlar bilan ularning xatti-harakatlari, feʼlining psixologik xususiyatlari oʻrtasidagi aloqadorlikni, shaxs faoliyati va boshqa omillar bilan bogʻliq oʻzgarishlarni oʻrganadi. Gerontopsixologiyaning umumiy vazifasi —kishilarning qariganda ham bardam, tetik yashashiga yordam beradigan vositalarni izlab topishdir.
Keksalik davrida psixik rivojlanish.
Gerantogenezda 3 bosqich ajratiladi: keksalik (60-75), qarilik (75-90), uzoq umr koʼrish (90 yoshdan yuqori). Keksalikning barcha bosqichlarida organizmda roʼy beradigan salbiy oʼzgarishlar psixik faoliyat sohasida ham muayyan regressiv jarayonlarga sabab boʼladi. Jumladan:
- yuqori chastotali tovushlarga sezuvchanlik pasayadi;
- rang sezish notekis pasayadi (avval qizil va koʼk, soʼngra yashil ranglarni sezish pasayadi, sariq rangni sezish 50 yoshdan keyin ham yaxshi saqlanadi);
- taʼm bilish sezgisi oʼzgarmaydi (ayniqsa, shirin taʼmni sezish yaxshi saqlanadi);
- 70-90 yoshda mantiqiy va verbal xotira yaxshi saqlanadi, ammo mexaniku xotira keskin yomonlashib boradi;
- bilish faoliyatida keksalikdagi asosiy oʼzgarish – aqliy operatsiyalar tezligining pasayishidir;
- motivlar tizimi ancha oʼzgarib, unda oʼzining kerak ekanini his etish, kelajak avlodlarga munosib meros qoldirish kabi motivlar ustunlik qila boshlaydi;
- ijtimoiy hayotda ishtirok etishga ishtiyoq susayib, keksa odam qiziqishlari koʼproq oʼz ichki olamiga yoʼnaltiriladi.
Yoshligida faol aqliy va ijodiy faoliyat bilan shugʼullangan odamlarda koʼpchilik aqliy funktsiyalar keksalikda ham juda yaxshi saqlanib qoladi.
3.Oʼlim va uning psixologik tomonlari.
Odam oʼzining oʼlishi muqarrar ekanini anglaydigan yagona mavjudotdir. Oʼlimni psixologik jihatdan tavsiflash juda qiyin. Negaki, bu mavzu koʼp hollarda ochiq muhokamalar uchun turli diniy va anʼnaviy cheklovlar ostida boʼladi. Shunga qaramay psixologiyada oʼlim bilan bogʼliq qator ilmiy izlanishlar oʼtkazilgan boʼlib ular natijasida quyidagilar maʼlumdir:
- qariyalar yoshlarga nisbatan oʼlimdan qoʼrqishlarini kamroq qayd etadilar (atigi 10% qariya oʼlimdan qoʼrqishini bildiradi);
- Elizabet Kyubler Ros oʼzining koʼplab kuzatishlariga asoslanib, oʼlim quyidagi bosqichlarda roʼy berishini qayd etadi: 1)inkor etish (oʼlayotganini tan olmaydi); 2)jahl (nima uchun aynan u, nega aynan hozir oʼlayotganidan gʼazablanadi); 3)savdolashish (xudo yoki shifokorlarga tirik qolsa nimalarni boshqa hech qachon qilmasligi, aksincha, qanday yaxshi ishlarni qilishi yuzasidan vaʼdalar beradi); 4)depressiya (bunday savdo befoyda ekanini tushungach, tushkunlikka tushadi); 5)tan olish (oʼlimi muqarrar ekanini boʼyniga olib, osudalik holatiga tushish).
- Karlis Osis (35 540 ta oʼlayotgan odamlarni kuzatib) oʼlayotgan odamlar koʼziga oʼlish arafasida nimalar koʼrinishi yuzasidan maʼlumot beradi. Uning taʼkidlashicha, koʼpchilik oʼlayotganlar qoʼrquv his etmaydilar, ular koʼproq qandaydir tushuntirib boʼlmas noqulaylik, ogʼriq yoki befarqlikni his etadilar. Qizigʼi shundaki taxminan har 20 tadan bitta oʼlayotgan odamda ruhiy koʼtarinkilik ham kuzatilishi mumkin. Tadqiqotchi maʼlumotiga koʼra, oʼlayotgan odamlar millati, dini va nasl-nasabidan qatʼiy nazar oʼlim arafasida deyarli bir xil narsalarni koʼradilar. Ular koʼradigan narsalar asosan diniy adabiyotlarda tasvirlangan manzaralar yoki ixtiyoriy mavzudagi chiroyli manzaralar. Tadqiqotchi koʼpchilik asosan avval vafot etgan qarindoshlarini koʼrishi haqida maʼlumot beradi.



Download 370.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling