Rivojlanishidagi kritik davrlar


Muskul to‘qimasining turlari


Download 0.83 Mb.
bet4/7
Sana31.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1143168
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Rivojlanishidagi kritik davrlar

Muskul to‘qimasining turlari.

  • Muskul to‘qimasi uch turga, ya’ni ichki a’zolar va qon tomirlari devorini tashkil etuvchi silliq muskullar, o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lgan ko‘ndalang yo‘lli yurak muskullari va ko‘ndalang yo‘lli skelet muskullariga bo‘linadi. Tayanch - harakatlanish tizimining tarkibiy qismi bo‘lgan ko‘ndalang yo‘lli skelet muskullari tayanch - harakatlanish tizimining faol qismi hisoblanadi, Muskul qisqarishi suyaklarni harakatga keltiradi va odamning qo‘l - oyoqlari ma’lum ishni bajaradi (yurish, yugurish, sakrash, yuk ko‘tarish, ovqatlanish, so‘zlash, yozish va hokazo).

Muskullar harakatining boshqarilishi.

  • Muskullar harakatini nerv tizimi boshqaradi. Muskullar harakatini ta’minlovchi nerv hujayralari motoneyron deb ataladi. Ular harakatlanuvchi nerv hujayralari bo‘lib, orqa miyada hamda bosh miyaning uzunchoq va o‘rta miya qismlarida joylashgan. Miya markazlaridagi motoneyronlarning uzun tolalari, ya’ni aksonlar tananing turli qismlaridagi muskul tolalari bilan tutashadi. Bitta nerv hujayrasining uzun o‘simtasi bir nechta mayda tolalarga bo‘linib, yuzlab muskul tolalari bilan tutashgan. Ular nerv - muskul harakat birligi deb ataladi.

Muskullar harakatini ta’minlovchi motoneyronlarning orqa miya, uzunchoq va o‘rta miyadagi markazlarning funksiyasi bosh miya yarim sharlari po‘stloq qismining oldingi markaziy egatida joylashgan nerv hujayralari - harakatlanish oliy nerv markazlari tomonidan boshqariladi. Agar bosh miya po‘stlog‘idagi nerv markazlarining ishi buzilsa, u markaz boshqaradigan muskullarda markaziy shol yuzaga keladi. Bunda ularning tarangligi ortadi, shol bo‘lgan qo‘l - oyoq tarashadek qotib qoladi. Bu bosh miya shikastlanganda yoki miyaga qon quyilganda yuzaga keladi. Orqa miyada joylashgan nerv markazlarining ishi buzilganda, ular boshqaradigan muskullarda periferik shol yuzaga keladi. Bunda ularning tonusi pasayib, shol bo‘lgan qo‘l yoki oyoq harakatsizlanib, osilib qoladi.

  • Muskullar harakatini ta’minlovchi motoneyronlarning orqa miya, uzunchoq va o‘rta miyadagi markazlarning funksiyasi bosh miya yarim sharlari po‘stloq qismining oldingi markaziy egatida joylashgan nerv hujayralari - harakatlanish oliy nerv markazlari tomonidan boshqariladi. Agar bosh miya po‘stlog‘idagi nerv markazlarining ishi buzilsa, u markaz boshqaradigan muskullarda markaziy shol yuzaga keladi. Bunda ularning tarangligi ortadi, shol bo‘lgan qo‘l - oyoq tarashadek qotib qoladi. Bu bosh miya shikastlanganda yoki miyaga qon quyilganda yuzaga keladi. Orqa miyada joylashgan nerv markazlarining ishi buzilganda, ular boshqaradigan muskullarda periferik shol yuzaga keladi. Bunda ularning tonusi pasayib, shol bo‘lgan qo‘l yoki oyoq harakatsizlanib, osilib qoladi.
  • Odam organizmida 600 dan ortiq skelet muskullari bo‘lib, ular tana massasining o‘rtacha 40 % ini tashkil etadi. Jismoniy mehnat va sport bilan shug‘ullanuvchilarda muskullar yaxshi rivojlangan bo‘lib, ular 50 % ini va undan ko‘prog‘ini tashkil etadi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling