Rivojlanishidagi kritik davrlar


Download 0.83 Mb.
bet6/7
Sana31.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1143168
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Rivojlanishidagi kritik davrlar

Muskullarnivg charchashi.

  • Ma’lum vaqt davomida ish bajarish natijasida muskullar charchaydi. Muskullar charchashining sababi quyidagilardan iborat:
  • - birinchidan, uzoq vaqt davomida qo‘zg‘alish natijasida miyaning muskul ishini boshqaradigan nerv hujayralari charchaydi, ularda qo‘zg‘alish jarayoni pasayadi, hujayralar tormozlanish holatiga o‘tadi;
  • - ikkinchidan, uzoq vaqt davom etadigan jismoniy ish natijasida muskul tolalaridagi ATF, KF, glikogen moddalarning zahirasi tugab, muskulning ishi uchun zarur bo‘lgan energiya tugaydi;
  • - uchinchidan, qisqa vaqt davomida, ammo katta tezlikda bajarilgan ish jarayonida organizmda kislorod yyetishmay qoladi.
  • Charchash yuzaga kelganda, asta - sekin muskul tolalarining qisqarish kuchi kamaya boshlaydi va ular bora - bora bo‘shashib, qisqara olmay qoladi. Buning natijasida harakat asta-sekin susayib, keyin to‘xtaydi.

Qad - qomatning shakllanishi.

  • Har bir odam tanasini o‘zi odatlangan holatda erkin tutishi qad - qomat deb ataladi. Odamning qad - qomati uning skeleti, muskullari va nerv sistemasining rivojlanishiga bog‘liq. Qad - qomatning shakllanishida, ayniqsa, umurtqa pog‘onasining normal rivojlanishi muhim ahamiyatga ega.
  • Normal holda umurtqa pog‘onasi bemalol egiladi. Bo‘yin va bel qismida umurtqa pog‘onasi bir oz oldinga, ko‘krak va dumg‘aza qismida bir oz orqaga egilgan bo‘ladi. Shuning uchun oldinga egilish, orqaga egilish deb ataladi. Bu tabiiy egilishlar bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda bo‘lmaydi. Bolaning tik turishi, yurishi, boshni tik tutishi natijasida asta-sekin bu egilishlar hosil bo‘ladi. Ularning normal holda bo‘lishi yoki normadan ortiqcha egilishi qad-qomatning noto‘g‘ri shakllanishiga ta’sir etadi.

Qad - qomatning noto‘g‘ri shakllanishi bir necha xil bo‘ladi: egilgan, kifotik, lordotik va skoliotik qad -qomat.

  • Qad - qomatning noto‘g‘ri shakllanishi bir necha xil bo‘ladi: egilgan, kifotik, lordotik va skoliotik qad -qomat.

  • Download 0.83 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling