Rivojlanish”,“strategiya”,“konsepsiya” va “innovatsion rivojlanish” tushunchalarining mazmuni


O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi - milliy taraqqiyotimizning yangi bosqichi


Download 43.8 Kb.
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi43.8 Kb.
#1060994
1   2   3   4
Bog'liq
Rivojlanish”,“strategiya”,“konsepsiya” va “innovatsion rivojlani

4. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi - milliy taraqqiyotimizning yangi bosqichi.
Mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning bevosita tashabbusi va rahbarligida qabul qilingan hamda izchil amalga oshirilayotgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi. Bu jarayonning amaliy

natijalari, belgi va xususiyatlari bugungi kunda hayotimizning barcha jabhalarida, eng muhimi, xalqimizning ongu tafakkuri, intilish va harakatlarida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Shu ma’noda, Harakatlar strategiyasi O‘zbekistonni tez sur’atlar bilan o'zgarayotgan zamon talablari asosida jadal rivojlantirishning ilmiy-nazariy, amaliy-konstruktiv asoslarini belgilab beradigan, taraqqiyotning yangi davri uchun mo’ljallangan muhim dasturilamaldir, desak, ayni haqiqat bo‘ladi.


Harakatlar strategiyasi odamlarni ochiqlik, oshkoralik, shaffoflik muhitida yashash va ishlashga da’vat etmoqda. Har bir soha faoliyati ulkan ta’sir kuchiga ega bo’lgan, fuqarolik jamiyatining ajralmas bir qismi bo’lgan jamoatchilik nazorati ostida rivojlanishi zarurligini kun tartibiga qo‘ymoqda. Bunday muhitda insonning davlat, jamiyat va o‘zi oldida mas’uliyatni to’la xis etib yashashi, so‘zi bilan ishi bir bo’lishiga rioya etish fazilatlari asosiy mezon sifatida namoyon bo’ladi. Harakatlar strategiyasi O‘zbekistonda huquqiy demokratik asosdagi xalq davlatini barpo etish yodini har tomonlama asoslab beradigan hujjat hisoblanadi.
O‘zbekistonda 2016 yil 4 dekabrda bo’lib o’tgan O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti saylovidan keyin xalq, davlatining mustahkam poydevorini ko’rish, demokratik imkoniyatlarni kengaytirish, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatining mustaqil hokimiyat sifatida faoliyat olib borishi bo'yicha asosiy
talabdan kelib chiqadigan bosh tamoyil - xalqga xizmat qilish va uning oldida hisob berish masalasi kun tartibiga qo’yildi. Agar ana shu tamoyilga amal qilinmasa, har qanday hokimiyat faqat byurokratik tuzilmadan iborat bo’lib qolishi xaqli ravishda ta’kidlab kelinmoqda. Haqiqatan ham, xalqga yaqinlashish, uning ichiga kirib, eng dolzarb muammolarini hal etish, elu-yurt dardu tashvishlari bilan yashash har qanday hokimiyatning borligini bildiradi. Chunki u shu tariqa hokimiyatning birdan-bir manbai bo’lgan xalq tomonidan e’tirof etiladi, qullab-quvvatlanadi.
Ijtimoiy jarayonlarni o’zaro hamkorlik asosida maqsadli optimallashtirish, ya’ni sinergetik yondashuv nazariyasi keng qo’llanmoqda. Sinergetikani hamma sohaga
nisbatan keng qo’llash amaliyoti yo’lga qo’yilmoqda. Masalan, jamiyatda sinergetika
o’zini-o’zi eng maqbul tashkil etish imkoniyati sifatida turli muassasa tashkil etish
imkoniyati sifatida turli muassasa va sohalararo hamkorlik tarzida ham amal
qilmoqda.


  1. Download 43.8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling