Rivojlantirish instituti


Fosfat-sement ildiz kanalini plombalash uchun


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

Fosfat-sement ildiz kanalini plombalash uchun
Argil
Polikarbokislat sement
Gidrofosfat sement
Metalli plombalar:
a) Kumushli: SSTA-01,AS.
b) Misli: tabletkali, TMAS-01,
kapsulali SMTA-56.
c) Gallodent-M.
Sun’iy katron (smola) asosi-
dagi plombalar:
a) Akrilli plombalar: Norakril-
65.
b) Epoksidli plombalar: Epo-
dent.
c) Kompozision plombalar.
Akriloksid.
Norakril-100
Karbodent
Evikrol
Epakril
Konsayz
 
 
6- rasm. 
a — kamitsin (poroshok va
suyukligi); 
b — katsin-pasta.


3 7
Mikrorest
Vkladkalar
a) plastmassali.
b) chinnidan (farforli).
c) metalli.
Tagliklar.
Davolovchi tagliklar:
a) kalmesin;
b) kalsin-pasta;
c) stomatologik taglik material;
d) sinkoksidevignol sement;
e) adgezor birikmali pastalar (quyuq surtma), tarkibida har xil
moddasi mavjud.
Ajratuvchi tagliklar:
a) fosfat-sement;
b) tarkibida kumushi bor fosfat-sement;
c) visfat-sement;
d) dioksivisfat-sement;
e) adgezor;
f) argil;
g) laklar;
j) polikarboksilat sement.
Ildiz kanalini plombalashda qo‘llaniladigan moddalar
Qotmaydigan yumshoq (plastik) plombalar.
a) yog‘li antiseptik pastalar.
Qotuvchi yumshoq pastalar:
a) fosfat-sement;
b) parasin;
c) endodent, introdont;
d) gvayakril;
e) rezorsin-formalinli;
f) bakelit;
g) sebanit.
Birlamchi qattiq moddalar (shtiftlar):
a) plastmassali;
b) guttaperchali;
c) metalli.
Plomba materiallari tarkibiga ko‘ra tish to‘qimalari xossasiga mos
kelishi, og‘iz bo‘shlig‘ida mexanik va kimyoviy omillarga chidamli
bo‘lishi kerak. Hamisha ogiz bo‘shlig‘ida so‘lak bilan yuvilib turishi
orqali plomba o‘z ta’sirini inson organizmiga o‘tkazishi mumkin. Shuning
uchun, plomba materiallari xalqaro talablarga javob bermog‘i kerak:
mexanik va kimyoviy mustahkam, tish to‘qimalariga, og‘iz shilliq
qavatiga va organizmiga zaxarli ta’sir etmasligi, shaklini, doimiyligini


3 8
saqlash, issiq-sovuq ta’sirida plombani o‘zgarish koeffitsenti tish qattiq
to‘qimasinikiga yaqin bo‘lishi, yaxshi yopishqoqligi, kosmetik talabga
javob bera olishi (rangi, yarqirashi, musaffoligi), rentgen nurida
ko‘rinishi, kam yedirilishi, tish rangini o‘zgarmasligi, tezda qota olishi,
bakterisid ta’siriga egaligi, kerak bo‘lganda engil ko‘chirish mumkinligi,
tish-plomba oralig‘ini qisqaligiga erishmoq kerak.
Ushbu talablarga to‘liq javob bera oladigan plomba materiali hozircha
yaratilmagan, lekin qo‘yilgan talablarga ko‘ra kerakli xususiyatga ega
bo‘lgan plomba materialidan foydalanish tavsiya etiladi.
Vaqtinchalik plomba tish kovagini 1—2 hafta mobaynida berkitish
uchun ishlatiladi. Bu vaqt ichida tish kovagiga qo‘yilgan dorini ushlab
turishga yoki masallikni diagnostika va taqqosiy diagnostika qilishga
yordam beradi. Doimiy plomba qo‘yishda vaqtinchalik plomba ajratuvchi
taglik sifatida ham ishlatiladi (chuqur kariyesda).
Eng ko‘p ishlatiladigan vaqtinchalik plomba materiallaridan biri bu
sun’iy dentin — sink-sulfat sementdir. Sun’iy dentin — oq rangdagi
poroshokdir, tarkibi 66% rux oksidi, 24% rux sulfati, 10% kaolindan
iboratdir.
Plomba tayyorlash uchun poroshokdan kerakli miqdorda oyna plastin-
kasining yuzasiga solinadi va distillangan suvni 2:1 hisobida botguncha
qo‘shiladi. Metall shpatel bilan 30 soniya davomida qaymoqsimon
holatga kelguncha aralashtiriladi. U ma’lum darajada yopishqoq bo‘ladi
va karioz kovakka yaxlit bo‘lakda kiritilgandan so‘ng 3-4 daqiqa ichida
devorlarini paxta tamponchasi yordamida shakllantiriladi. Plombani
so‘lakdan muxofaza qilish kerak, aks holda qotmaydi.
Dentin pasta ishlatish uchun tayyor holatda chiqariladi. Sun’iy
dentinni o‘rik, shaftoli yoki qalampir moyiga quyuq pasta holatiga
kelguncha aralashtirib tayyorlanadi.
Tarkibida xushbo‘y modda mavjud, antiseptik va suv ta’siri qilmaslik
xususiyatiga ega. Bunday dentin og‘iz bo‘shlig‘i xaroratida bir soatda
qotadi. Uni og‘zi yaxshi yopiladigan shisha idishda saqlanadi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling